Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə95/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Odamning o’z faoliyati
Har bir shaxsning kamolga yetishi faqat organizmning o’sishiga, muhit hamda ta’lim va tarbiya vositalarining ta’sir etishiga bog’liq bo’lish bilangina qolmaydi; har bir shaxs­ning kamol topishi shu kamolga yetayotgan kishining aktiv ishtiroki bilan bo’ladi. Bu faoliyat avvalo shunda ko’rinadiki, bola muhitning, tarbiyachilar va o’qituvchilarning o’ziga ko’rsatayotgan ta’siriga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’ladi.
Bolaning tashqaridan bo’ladigan ta’sirlarga biror munosabatda bo’lishi avval organizmning tuzilish va faoliyat hususiyatlariga, shuningdek unda kelib chiqqan ehtiyojlarga bog’liq. O’sayotgan organizmning hususiyatlariga va paydo bo’layotgan ehtiyojlariga qarab, bolaning ba’zi psixik hususiyatlari yoshlik davridan tarkib topa boshlaydi. Shunga qarab, takomil etayotgan odam o’ziga ko’rsatiladigan ta’sirlarni bolalik davridanoq, turlicha va turli darajada o’zlashtiradi. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq ko’rinadigan aktiv munosabat keyinchalik faoliyatga aylanadi. Bu faoliyat esa odamning tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir etishi demakdir. Agar bo­la mutlaqo qimirlamay turaversa (amalda bunday bo’lishi mumkin emas, albatta), psixikasi taraqqiy etmagan bulur edi.
Har bir zotning o’z taraqqiyoti uning kamolga yetishida katta rol o’ynaydi. Odamning o’z taraqqiyoti faoliyatda yuzaga chiqadi. Odamning o’z taraqqiyoti yosh sayin ongli prosessga aylanib, faoliyatning o’z-o’zini tarbiyalash degan mahsus turiga aylanadi. Odam boshqalarni tarbiyalash bilangina qolmay, o’z-o’zini ham tarbiyalaydi.
Shuning uchun har bir odam umrining qandaydir yoshidan boshlab qandaydir darajada, maktab yoshidan boshlab esa o’zining hatti-harakatiga tegishli tarzda javobgar bo’ladi.
Yosh psixologiyasi degan mahsus fan odam psixikasining yosh sayin taraqqiy etishini tekshiradi.
Bu fan odam yoshining turli bosqichlarida psixikaning ketma-ket taraqqiy etish hususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganadi. Odam umri davomida (ontogenezda) ong va shaxs ketma-ket qanday tarkib topishini tekshirish, odam yoshining har bir bosqichida go’daklik davridan tortib to keksayguncha bu psixika stgukturasining qanday spesifik hususiyatlari borligini bilish, odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy etishi qanday faktorlarga bog’liq ekanligini aniqlash yosh psixologiyasining vazifasidir.
Yosh psixologiyasi sistemasida bolalar psixologiyasi alohida muhim o’rinni egallaydi. Bu fan chaqaloqlik, go’daklik, maktabgacha tarbiya yoshi, maktab yoshida psixika qanday taraqqiy etishini o’rganadi. Bu o’sish davrlari odam shaxsi va ongining tarkib topish davri hamdir.
Psixologiyaning mahsus sohalari «Yoshlar psixologiyasi», «Kattalar psixologiyasi», «Keksalar psixologiyasi» ham yosh psixologiyasi sistemasida o’ziga munosib o’rinni egallaydi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin