Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə98/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

ShAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYaTLARI.
Mavzu: Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning urni. Temperament
REJA

  1. Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushuncha

  2. Temperamentning fiziologik asoslari

  3. Temperamentning o’zgarishi

Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo’ladigan individual xususiyatlardir. Kishining temperament va xarakter xususiyatlari bir-biriga shunday yaqindan bog’lanib (to’g’rirog’i qo’shilishib) ketgandirki, ularning qaysi biri xarakter xususiyatlariga taalluqli ekanligini odatda hayot sharoitida ajratish qiyin bo’ladi.


I.TEMPERAMENT
Temperament lotincha «temperamentum» degan so’zdan olingan bo’lib,uning ma’nosi «aralashma» demakdir.
Temperament va temperament tiplari haqida umumiy tushuncha
Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug’ma xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan individual xususiyatlarini tushunamiz.
I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy xarakteristikasidir». (Polnoye sobraniye sochineniy, III tom, 2-kitob, 103-bet).
Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har xil bo’ladi. Bir xil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo’zg’alish sust, zaif bo’lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har xil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko’rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyat­lari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlarni «tez», «betoqat», «serg’ayrat», «jo’shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog’larida yaqqol namoyon bo’ladi.
Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday indivi­dual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlar­ning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Hamma xilma-xil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga: 1) xole­rik, 2) sangvinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo’lgan.
Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar.
Bu xil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’ladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin