Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə100/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu xil temperamentli odam­larni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo’min qobil bo’ladi. Ular ko’pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo’ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo’lsa, o’zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o’yinlarga moyil bo’lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda ular o’yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko’rsatishga moyil bo’lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo’lga qo’yilsa, ancha qunt bilan ish ko’radilar, yaxshi o’qib ketishlari mumkin.
Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig’dirib» bo’lmaydi albatta. Tip tushunchasining o’zi faqat bir-birlariga o’xshash bir guruh odamlarnigina o’z ichiga olishligini nazarda tutadi. Har qaysi odam temperamentida o’ziga xos individual xususiyatlari bo’ladi, bu xususiyatlarni batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar ayni individual xususiyatlardir, ya’ni shu shaxsning o’zigagina xos xususiyatdir. Ko’pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari ikkinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo’shilgan bo’lishini ko’ramiz; chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik temperament alomatlari bo’lishi, sangvinik tem­peramentli kishida xolerik va flegmatik temperament alo­matlari bo’lishi mumkin va hokazo.
Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo’lsa, shunga qarab, ma’lum bir temperament tipiga kiritish mumkin.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin