Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
2. Temperamentning fiziologik asoslari Temperament haqidagi ta’limot dastlab qadimgi (bizning eramizdan oldingi 460–356 yillarda yashagan) grek olimi Gippokrat tomonidan yaratilgan. Uning ta’limotiga muvofiq sur’atda, keyinchalik «temperament» termini ham ishlatiladigan bo’ldi, shuningdek, hamma to’rt tip temperament nomlari o’rnashib qoldi.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq, odamlarning temperament jihatdan turlicha bo’lishi, ularning organizmidagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda bo’lishi bilan bog’liqdir. Gippokrat fikricha, odam tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) bordir. Chunonchi, o’t yoki safro (grekcha sholye), qon (latincha sandus), (qora o’t- grekcha melanhole) va balg’am (grekcha rhlegma) bordir. Bu suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, ularning o’z vazifasi, ishi bordir. Chunonchi, o’tning xususiyati – quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqliknisaqlab turish, ya’ni badanni quruq tutishdir. Qonning xususiyati – issiqlikdir. Uning ishi – organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati – namlikdir. Uning ishi badan namligini saqlab turish, uning namligini tutib turishdir. Balg’am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir. Uning ishi – badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq, har qaysi odamda shu to’rt xildagi suyuqlikdan biri ko’proq bo’lib, ustun turadi. Bu aralashma (latincha tyemperamentum) lardan qaysi biri ustun bo’lishiga qarab, odamlar temperament jihatdan har xil bo’ladilar. Xoleriklarda sariq o’t ustun; sangviniklarda – qon; melanxoliklarda – qora o’t; flegmatiklarda esa balg’am (shilimshiq modda) ustun bo’ladi deb ko’rsatadi.
Gippokratning mana shu to’rt xil moddalar aralashmasp to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan temperament so’zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyat turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.
I.P.Pavlov itlar ustida ko’p tajribalar o’tkazib, reflekslarni tekshirishi natijasida, hayvonlar nerv sistemasining a) qo’zg’alish va tormozlanishning kuchiga, b) bu jarayonlarning muvozanatiga va v) ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi.
I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning zapas miqdori bilan belgilanadi.
Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zapas ko’p miqdorda bo’lib, kuchsiz tipda ozdir.
Nerv sistemasining kuchi qo’zg’alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo’zg’ovchilarga «bardosh» bera olish qobiliyatida ko’rinadi.
Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko’rinib turadiki,– deydi I.P.Pavlov,– atrofdagi muhitda odatdan tashqari, favqulodda hodisalar, zo’r kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar ma’lum darajada tez-tez voqye bo’lib turadi, shu bilan birga, tabiiy ravishda, ko’pincha, bu qo’zg’ovchilarning ta’sirini boshqalarning talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo’lgan tashqi sharoitning talabiga muvofiq bosmoq, to’xtatib turmoq zaruriyati tug’iladi. Nerv hujayralari esa o’z faoliyatining bunday haddan tashqari zo’riqishiga bardosh berishi kerak»1. (I.P.Pavlov, Polnoye sobraniye sochineniy, III tom, 2-kitob, 268-bet).
Nerv sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar holda tutib tura bilish qobiliyatida ko’rinadi. Qo’zg’alish va tormozlanish baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo’lganda, nerv sistemasida muvozanat bo’ladi. Shu jarayonlardan biri kuchliroq yoka kuchsizroq bo’lsa, nerv sistemasida muvozanat bo’lmaydi.
Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po’stining biron qismidagi qo’zg’alishning tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo’zg’alish bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I. P. Pavlov nerv sistemasining bu xususiyatiga ayniqsa katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi ildamlikdir,– deydi u,– hayot o’zi deganicha qila beradi, hamma sharoitni o’zgartirib yuboradi, u juda ham o’zgaruvchan, kimki sergaklik bilan bu o’zgarishlarni darrov payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv sistemasi bo’lsa, o’sha yutadi». («Pavlovskiye sredo’», II tom, 244-bet).
Yuqorida ko’rsatilgan belgilariga qarab, nerv sistemasining quyidagi to’rt asosiy tiplarini ajratiladiki, bular, I. P. Pavlov fikricha, Gippokratning to’rtta temperament tipiga to’g’ri keladi:
a) kuchli muvozanatli va epchil tip. Serharakat tip. Bu tip sangvinik temperament asosini tashkil etadi.
b) kuchli, muvozanatli inert (sustkash) tip og’ir vazmin tip. Flegmatik temeperamentning asosini tashkil etadi.
v) kuchli, lekin muvozanatsiz, ya’ni qo’zg’alish tormozlanishdan ustun chiqadigan, qizg’in, jo’shqin, tip. Bu–xolerik temperamentning asosini tashkil etadi.
g) kuchsiz tip. Melanxolik temperamentning asosini tashkil etadi.
I. P. Pavlov nerv faoliyatinnng bunday tiplari odamlarga ham xos deb hisoblaydi. «Hayvonlar nerv sistema tiplarini klassifikasiyalashning elementar fiziologik asoslariga suyanib turib, deydi I. P. Pavlov ana shu tiplarni ko’pchilik odamlarga nisbatan ham qabul qilish lozim».
Shunday qilib, temperament, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, yuksak nerv faoliyat tiplarining kishi hulkida namoyon bo’lishidan iboratdir.