Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə91/121
tarix14.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#98142
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

2. Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta’rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, ham subyektidir. A.N.Leontyev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin