malakalarni hosil qilish yullari, bunda tarix fanining ahamiyati.
Tarix kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va ko’nikmalarini
hosil qila borish vaziflari – bu tarixiy bilimlarni mustaqil sur'atda topib, bir tizimga solib, ularni
amalda tadbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa o’quvchilarni o’tmishdagi hamda hozirgi
zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy materialistik nuqtai nazardan yondashishga
o’rganish demakdir. Nutqni o’stira borish ham o’quvchilarning va ularda aqliy mehnat
malakalari hamda ko’nikmalarini hosil qila borish bilan bog’langandir. Biz maktabda
o’qitiladigan tarixning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tarix kursini o’qitish
davomida hosil qilina boradigan malakalar guruhlarni shartli ravishda ajratib ko’satamiz.
1. Tarixiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish hamda tarixiy voqealar va hodisalardagi
eng asosiy va muhim narsani, ularning muhim belgilari va bog’lanishlarini ajratib chiqish,
tarixiy tushunchalarga ta'riflar berih malakalari.
2.Tarixiy bilim beruvchi manba mazmunini mantiqiy jihatdan bir necha qismga ajratish,
umumiy mantiqiy sxemasni bir turdagi tarixiy hodisalar hamda voqealarni tahlil qilishda
deduktiv suratda tadbiq etish malakalari.
3. Tarixiy dalillar va jarayonlarni o’z doirasida qarab chiqish hamda vaqt jihatdan ular
o’rtasidagi nisbatni aniqlash xronologik va sinxronistik jadvallar tuzish malakalari.
4. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani "tilga kirgizish", undagi izohlar va
shartli belgilardan xatosiz foydalanish, yozuvsiz xaritani tarixiy mazmunda to’ldirish malakalari.
5. Tarixiy voqealar, hodisalarni taqqoslash, ularning umumiy xususiyatlarini topish
malakalari ;
6. Tarixiy dalillarni tahlil qilish va taqqoslash asosida indektuv va deduktiv xulosalar
chiqarish usulidan foydalangan holda yakunlar yasash, yakunlarni berilgan baholarini asoslab
berish, taxiriy dalillar umumiy xulosalarga tayangan holda to’g’ri isbotlay olish malakalari;
7. Tarixiy materiallarni og’zaki yoki yozma tarzda bayon eta bilish, izchil tarzda obrazli
qilib bayon etishning turlaridan hikoya qilish, tasvirlash, usullaridan foydalana bilish,
savollarga qisqa atroflicha javob berish, hamda o’z o’rtoqlariga savollar berish, ularning
javoblarni tanqidiy nuqtai nazardan baho berish malakalari;
8. Axborotlar, dokladlar, referatlar, siyosiy axborotlar tayyorlash, hamda ularni
o’tkazish, kichikroq hajmdagi ilmiy – ommabop materiallari tayyorlash malakalari;
9. Tarixiy matn mazmunini yoki o’qituvchi hikoyasini rejalarini, tarixiy voqea yoki
hodisani tahlil qilish rejasini, taqqoslash rejasini tuzish, reja, ishlanma, tezislar tuzish, o’qituvchi
tushuntirib bergan asosiy qoidalarni qisqacha yozib borish, kitoblardan ayrim joylarini yozib
olish, ma'lumotlar beruvchi tarixiy adabiyotlardan foydalana bilish malakalari.
O’quvchilar tafakkuri va nutqining o’sa borishi, malaka va ko’nikmalarning hosil bo’la
borishi, bilimlarni egallash va ularni tadbiq etish, ular bilan ish olib borish jarayonida yuz beradi.
Bilimlar bilan malakalar o’rtasida o’zaro bog’lanish va bir – biriga bog’liqlik bor. Kishi aqliy
faoliyatning onglilik xarakteri unda hosil bo’lgan bilimlar tizimi bilan belgilanadi. Bilim hamma
vaqt tegishli malaka va ko’nikmalar tizimiga tayanadi. O’z navbatida yangi malaka va
ko’nikmalar vujudga kelishi uchun zamin hisoblanadi. O’qitish jarayonining har qaysi
bosqichida bilimlar, malaka va ko’nikmalar o’rtasidagi o’zaro nisbat o’quvchining aqliy
jihatdan yetuklik darajasini ham belgilaydi. O’quvchilarning malaka va ko’nikmalarini hosil qila
borishga qaratilgan ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko’pgina shart – sharoitlarga bog’liq. Tarix
o’qituvchisi birinchi navbatda u yoki bu sinfda bundan ilgari hosil qilingan bilim va
malakalarning qanday doiraga tayana olish mumkinligini, ayrim o’quvchilarda qanday malaka
yaxshi hosil bo’lmaganligi yoki yo’qligini aniqlab olishi zarur. Ana shu asosda o’quvchilarni
turli guruhlarga hamda ayrim o’quvchilarga nisbatan bundan keyin differensial yo’sinda
yondashishga o’tiladi. O’qituvchi ish jarayonida o’quvchilarning bilim va malakalar hosil
qilishda qanday darajada ekanliklarini doim tekshirib va hisobga olib boradi. Hosil qilingan
malaka o’qituvchilarning o’zlariga tanish turdagi yangi sharoitlar, yangi o’quv materiali asosida
mustaqil suratda bajara olish, ya'ni o’quv vazifasini bajarishda tashabbus ko’rsatib yangi
sharoitlarda tadbiq eta olish vazifalarini hal etishning yangi usullarini topa bilish qobiliyati
demakdir. Aqliy faoliyatning muayyan usullarini egallab olish malakalar hosil qilishning asosini
tashkil etadi. Malaka egallab tadbiq etishda qanchalik mustaqil ish tutishi hamda usulda tadbiq
etiladigan hodisalar doirasining qanchalik kengligi bilan belgilanadi.
Aqliy faoliyatning muayyan usullarini egallab olish malakalar hosil qilishning asosini
tashkil etadi.
O’quvchilar bironta malakani, masalan, tarixiy hodisalarni taqqoslash, isbotlash berish
malakasini hosil qilmoq uchun o’qituvchiga o’sha mantiqiy vazifaning maqsad va mohiyatini,
hamda uni bajarish usullarini tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga tadbiq etgan holda
ko’rsatib beradi. Ko’rsatib berish paytida mazmuni uncha murakkab bo’lmagan material:
taqqoslash uchun – moddiy madaniyatga doir ikki narsa, xulosa chiqarish uchun – darslikning
bir necha rejasidan iborat matni va shu singari tanlangani ma'qul.
Shundan keyin o’qituvchilar qanday ishlash usullarini ko’rsatib berilgan materialga
o’xshash tarixiy materiallar va mantiqiy materiallar bilan ish olib borishni o’qituvchi
rahbarligida endi o’zlari bajaradilar. O’qituvchilar bu usullarni qadam – ba qadam o’zlari
bajaradigan bo’ladilar. Dastlab bu ishni yaxshi o’quvchiga topshirish yoki shu ishni izchil
suratda pog’onama – pog’ona bajarishga butun sinfni jalb etib, uni evristik usulda o’tkazish
mumkin.
Keyinchalik o’qituvchi o’quvchilarni bunday usullarni shunga o’xshash materilga tadbiq
etgan holda, ularni yagona sharoitlarda qo’llay olishga ham o’rgatadi.
Usullarni yangi sharoitlarda qo’llash o’qituvchilar tomonidan avvalgi o’qituvchi
rahbarligida jamoa bo’lib ishlash jarayonida, masalan evristik usuldagi suhbat davomida amalga
oshiriladi. O’quvchilar usulni egallay borgan sari, ular mantiaiy vazifani tobora mustaqil va aniq
bajara oladilar. Ular o’qituvchining harakatini endi shunchaki takrorlamaydilar, balki mantiqiy
vazifaniig maqsadi va ularning oldiga o’quv vazifasinimg shartlariga qarab, o’zlashtirilgan
usullarga tayanganholda ish olib boradilar. Foydalanadigan usullar soni asta – sekin ko’paya
boradi, shu bilan birga tobora ko’proq to’planib borgan bilimlardan foydalaniladi.
Malakani egallab olish darajasi aqliy faoliyat usullarini boshqa sharoitlarga tadbiq etishda
qanchalik mustaqil ish tutilishi hamda shu usullarni tadbiq etiladigan hodisalar doirasining
qanchalik kengligi bilan belgilamadi.
Tarixni o’qitish davomida o’quvchilar tafakkurini o’stira borish yuzasidan olib boriladigan
ish har bir pedagogning umumiy vazifalaridan biridir, hamda fan va o’quv predmeti bo’lgan
tarixning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan o’zining spetsifik maqsadlari hamda
xususiyatlariga egadir. Tarix o’qituvchisi o’quvchilarni ijtimoiy – materialistik nuqtai – nazardan
har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va rivojalanishida boshqa hodisalar bilan
bog’lanishi hamda munosabatlaridan olib qarashda, hodisalarning sinfiy mohiyatiga ko’ra
bo’lishga, tarixiy jarayonning umumiy ob'yektiv qonunlarini tushunishga o’rgatadi. Bu vazifalar
V – VI sinflarda tarix kursini o’qitishda ham o’quvchilar uchun og’irlik qilmaydigan
darajada qo’yiladi. O’quvchilarning bilimlari tobora chuqurlasha borishi va ko’paya borishi
bilan ularning tafakkurini o’stira borishga qaratilgan vazifalar ham murakkablasha boradi. Tarix
kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va ko’nikmalarni hosil qila
borish vazifalari bu tarixiy bilimlarni mustaqil sur'atda topib bir tizimga solib ularni amalda
tadbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa o’quvchilarni o’tmishdagi hamda hozirgi
zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy – materialistik nuqtai nazardan qarash
demakdir.
Nutqni o’rganish, o’stira borish hamda o’quvchilarning tafakkurini o’stira borish va ularda
aqliy mehnat malakalari, hamda ko’nikmalarini hosil qila borish bilan bog’langandir. Nutq –
odamlarning bir – birlarini tushunish vositasigina bo’lib qolmay balki, fikrni yuzaga chiqarish
hamda o’stirishdir. Tarix kursini o’qitishda nutq bilimlar orttirishning eng asosiy vositalaridan
bir sifatida maydonga chiqadi. O’quvchilar tarixiy dalillarni, ular o’rtasidagi bog’lanish va
munosabatlarni, ularning umumiy va bir – biridan farq qiluvchi xususiyatlarini, tarixiy
hodisalarni, tarixiy hodisalar va tarixiy shaxslarning xususiyatlarini ko’rsatmali o’quv
qurollari bilan birgalikda so’z orqali bilib oladilar. O’quvchining nutqi, darslik matni, tarixiy
hujjatlar, ilmiy ommabop va badiy adabiyot asarlari o’quvchilarga bilim beradigan, so’z bilan
ifodalangan eng muhim manbaalar bo’lish bilan birga ularning nutqini o’stirish vositalari ham
hisoblanadi.
O’quvchilar tafakkuri va nutqini o’sa borishi, malaka va ko’nikmalarning hosil bo’la
borishi, bilimlarni egallash va ularni tadbiq etish, ular bilan ish olib borish jarayonida yuz beradi.
Bu – bitta o’qitish jarayonining ikki tomonidir. Bilimlar bilan malakalar o’rtasida o’zaro
bog’lanish va bir – biriga bog’liqlik bor. Kishi aqliy faoliyatning onglilik xarakteri, unda hosil
bo’lgan bilimlar tizimi bilan belgilanadi. Bilim hamma vaqt tegishli malaka va ko’nikmalar
tizimiga tayanadi va o’z navbatida yangi malaka va ko’nikmalar vujudga kelishi uchun zamin
hisoblanadi. O’qitish jarayonining har qaysi bosqichidagi bilimlar, malaka va ko’nikmalar
o’rtasidagi o’zaro nisbat o’quvchining aqliy jihatdan yetuklik darajasini belgilaydi.
O’quvchilarning malaka va ko’nikmalarini hosil qila borishga qaratilgan ishning muvaffaqiyatli
chiqishi ko’pgina sharoitlarga bog’liq. Tarix o’qituvchisi, birinchi navbatda u yoki bu sinfda
bundam ilgari hosil qilingan bilim va malakalarning qanday doirasiga tayana olish mumkinligi,
ayrim o’quvchilarda qanday malakalar hosil bo’lmaganligi yoki yo’qligini aniqlab bilishi lozim.
Ana shu asosda o’quvchilarni turli guruhlarga hamda ayrim o’quvchilarga nisbatan bundan keyin
differensial yo’sinda yondashishga o’tiladi.O’qituvchi ish jarayonida o’quvchilarning bilim va
malakalar hosil qilishda qanday darajada ekanliklarini doim tekshirib va hisobga olib boradi. U
bolalarga bu yo’lda nimalarga erishganliklarini va bundan keyin nimalar ustida ishlashi
kerakligini bildirib boradi. Ish jarayonining har qaysi bosqichida ular oldiga maqsadlar qo’yib
boradilar. Shuni esda tutish kerakki, bir yoshdagi va bir xil sinfdagi o’quvchilarda malakalarning
o’sa borishi turlicha bo’ladi. Bu narsa o’quvchilarning aqliy jihatdan va umuman qanchalik
o’sganligiga, shuning uchun ularning muayyan yo’nalishda oldindan qanday tayyorgarlik
ko’rganligiga va uni mashq qilib borganligiga bog’liq bo’ladi.
Hosil bo’lgan malaka o’quvchilarning o’zlariga tanish turdagi vazifani yangi sharoitlarida,
yangi o’quv materiali asosida mustaqil sur'atda bajara olish, ya'ni o’quv vazifasini bajarishda
tashabbus ko’rsatib, yangi sharoitlarda malakani tadbiq eta olish vazifalarini hal etishning
yangi usullarini topa bilish qobiliyati demakdir.
Tarix o’qitish metodikasi tarix fani bilan qisman bog’langandir. Tarixiy materiallar tarix
fani va o’quv predmeti bo’lgan tarix kursining metodologik asosini tashkil etadi.
Tarix o’qish o’quvchilarga tarixiy voqelikni bilish yo’llari, tarixiy tadqiqotga o’xshab
ketadi. O’quvchilar tarixni o’rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirib ko’rilgan va
tahlil qilingan dalillar hamda ilmiy xulosalardan yangi dalillarni o’rganish uchun foydalanishlari
mumkin. Biroq, o’quvchilarning tarixni o’rganishi ilmiy tekshirishdan farq qiladi. O’qitish
jarayonida o’quvchilar tarix fanini va uni ba'zi tadqiqot metodlarini bilib oladilar. Shunday qilib,
tarix fani va tarix o’qitish metodikasi o’zining alohida o’rganish ob'yekti, vazifasi hamda
tadqiqot metodiga ega, tarix fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini o’rganadi, kishilik
jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish, o’tmish va hozirgi zamonni yaxshi tushunib olishga,
kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi. Shu tariqa o’z predmeti, vazifalari va tadqiqot etish
metodlariga ega bo’lgan tarix o’qitish metodikasini tarix fanlari qatoriga qo’shib bulmaydi. Tarix
o’qitishda o’quvchilarning ishi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini e'tiborga
olmasdan turib ularning o’z faoliyatiga samarali ta'sir etib bo’lmaydi. Shu sababli metodika
psixologiya fani bilan chambarchas bog’langandir. Tarix o’qitish jarayonida ustoz bilan
shogirdlar o’rtasidagi yaqinlik, sog’lom va tetik kayfiyat vujudga keltirilishi
o’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtirish darsning samaradorligini oshiradi. Tarix o’qitish
metodikasi ham tarix o’qitish jarayonida psixologiya faniga suyanadi. Psixologiya fani
o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi, metodika esa
o’quvchilarning ruhiy faoliyatini ularning tarixiy materiallarni qanday o’zlashtirishlari bilan
bog’liq bo’lgan tomonlarinigina tadqiq qiladi. Shuning uchun o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning
tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya ruhiy faoliyatning umumiy
qonuniyatlarini o’rganadi, metodika esa tarix o’qitishning mazmuni va metodik usullari bilan
ruhiy faoliyat orqali erishiladigan natijalar o’rtasidagi qonuniyatli bog’lanishlarni o’rganadi.
Shuningdek, metodika ta'lim-tarbiya haqidagi fanning tarkibiy qismi bo’lgan didaktika bilan
chambarchas bog’langandir. Uning mustaqil bir tarmog’idir. Metodika pedogogika jihatidan
yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham o’qitish jarayonini o’rganadi. Tarix o’qitish
metodikasi pedagogika fanining bir tarmogi bo’lib, u o’zining mustaqil tekshirishlar predmetiga
ega. Metodikaning nazariy qismini egallash tarix o’qitish jarayonini umumiy qonuniyatlarini
bilib olishga va qonuniyatlardan yosh avlodga ta'lim berish borish ishini yanada
takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam beradi. Tarix ta'limining mazmuni va sinf
o’quvchilarining umumiy saviyasiga qarab bilishning umumiy qonuniyatlari turlicha namoyon
bo’ladi. Tarix o’qitish metodikasi o’rganadigan eng muhim qonuniyatlardan biri o’qitish
jarayonining rivojlanish qonuniyatidir. Bu rivojlanish ta'lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishi,
bilim, ko’nikma va malakalarining hamda tafakkurning o’sib borishida namoyon bo’ladi.
Tarixning har bir kursi, uning bo’limi va har bir mavzusi o’quvchilarning bilim olih, ko’nikma
va malakalariga ega bo’lishi bu kamol topishida muhim bir bosqich bo’lib xizmat qiladi. Quyi va
yuqori sinflarda tarix o’qitishda tarixiy voqeylikni bilishning umumiy qonuniyatlariga amal
qiladi, bu qonuniyatlar ta'lim mazmuni metodlari, usullari va o’quv qo’llanmalari metodik
tuzilishining rivojlanish qonuniyatidir. Bu rivojlanish ta'lim jarayonida o’quvchilarning
qiziqishlari, bilimlari, malakalari va mantiqiy tafakkuri o’sib borishni aks ettiradi, ayni bir payta
u o’sishni ra’batlantiradi va ta'minlaydi. Maktabda tarix o’qitishni o’quvchi pog’onama –
pog’ona ko’tarila boradigan pillapoyaga o’xshatish mumkin, lekin o’quvchini yetaklab boruvchi
kishi butun pillapoyani, bosib o’tilgan pog’onalarni ham, bundan keyin chiqiladigan
pog’onalarni ham ko’ra olish zarur, Har bir kurs mavzusi o’quvchilar saviyasi o’sishi, ularning
bilim va malakalari rivojlanib borishi yo’lidagi pog’onadir. Metodikaning vazifasi tarixning
ayrim kurslari ilmiy asoslari va umuman maktabda tarix o’qitishning asoslarini ishlab chiqishdan
iborat.
Maktab tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishda eng
muhim shartlardan har bir darsning ta'lim – tarbiyaviy vazifalarini, shuningdek, uni bosh fanlar
tizimida tutgan o’rnini aniq belgilash va shu asosda vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Har
bir tarix darsiga va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga qo’ygan g’oyaviy –
siyosiy va tarbiyaviy vaziflarni qandaydir bir belgisi amalga oshiriladi. Shuning uchun
o’qituvchi har bir darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim – tarbiya vazifalari esa oldingi yoki
kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim – tarbiya vazifalarini ajralmas bir tarbiyaviy qismi
ekanligini unutmasligi kerak. Boshqa xalqlarga do’stona munosabat, hurmat va izzat ruhini
singirish uchun ularning tarixi, an'analari, madaniyati bilan, ezgu istaklari bilan tanishtirish
lozim. Mehnatga, mehnatkashlarga izzat va hurmat hissini moddiy ishlab chiqarish tarixini
o’rganish, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, moddiy va ma'naviy boyliklarini ishlab
chiqarishning negizini tashknl etuvchi mehnatkashlarning mehnati yo’lini ochib berishi lozim.
Dinning kelib chiqishi, mohiyati, ilm – fanga va uning arboblariga qarshi olib borgan ayovsiz
kurashi dalillar bayonida, vazifalari, madaniyat tarixiga doir materiallar ta'rifi asosida esa estetik
tarbiya vazifalari amalga oshiriladi. Tarixiy dalillar o’zining mazmuniga ko’ra o’quvchilarga
qarab turlicha tarbiyaviy ta'sir ko’rsatadi. Ezgu niyatlar ilhomlantiradi, zavq bag’ishlaydi,
oliyjanob maqsadlarga undaydi, o’z xulq va maqsadlarini belgilab olishga yordam berishda,
mardlik, vatanparvarlik, g’oyalarini singdiradi, sinfiy jamiyatning adolatsizligiga, ezuvchilarga
qahr – g’azab, nafrat uyg’otadi.
O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim – tarbiyaviy vazifalarining ayrim mavzularining
ta'lim – tarbiyaviy vazifalar bilan bog’lab tushuntirmog’i lozim. Har bir darsning ta'lim –
tarbiyaviy vazifalari o’zi – o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va rejali ishi asosidagina
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Masalan, VIII sinflarda O’zbekiston xalqlari tarix
o’qitishning tarbiyaviy vaziflari uning mazmuni bilan belgilanadi. O’qituvchilarning
ona yurt tarixiy taraqqiyotidagi dastlabki uch formtasiya ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm
jamiyatlari tarixini har tomonlama va chuqur o’rganishi, ularni tarixiy taraqqiyotning umumiyligi
va ahamiyati, jamiyat hayoti va taraqqiyotidagi mehnatning qanday o’rin tutishini anglab
tushunib olishlariga yordam beradi. Jamiyat hayotining va uning rivojlanishini ta'minlagan
mehnatning o’zgaruvchanlik rolini o’quvchilarga ochib berish, ularni mehnatga va
mehnatkashlarga, ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy yodgorliklarga mehr –
muhabbat va hurmat bilan qarashga o’rgatadi. O’quvchilar ajdodlarimiz buyuk madaniy va
ma'naviy merosni barcha qirralari madaniyati taraqqiyotiga katta va o’lmas hissa qo’shgan
Farg’oniy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug’bek, Navoiy tomonidan olg’a surilgan umumbashariy
g’oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etishi tufayli zo’r qiziqish va ehtiromlar
bilan o’rganilayotganligini bilib oladilar. O’zbekiston xalqlarining yangi davrdagi tarixining
dastlabki bosqichlari mustamlakachilik asorati ostida o’tdi. O’zbekiston Xalqlari
mustamlakachilik zulmi sharoitida ham ajdodlarimiz mehnat an'analarini davom ettirib,
o’lkaning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga muhim hissa qo’shdilar.
O’quvchilarga O’zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotiga ana shu uzviy bog’lanish, davomiylikni
ochib berish katta ahamiyatga ega. O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish jarayonida
o’quvchilarga respublika xalqlari tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida o’zaro
munosabatlar madaniyatining yuksak darajasi va insonparvarligi doimo ular turmush darajasi
hamda ma'naviy sofligining eng muhim ko’rsatkichi bo’lib kelganligini chuqur anglab
olishlarida yordam beradi va ularni an'anaga sodiq bo’lish va avlodlar ishini davom ettirish
ruhida tarbiyalaydi. Shuningdek, O’zbekiston xalqlari tarixi bo’yicha hikoyalar
o’quvchilarni vatanimiz xalqlarining o’tmish tarixi va hozirgi hayotiga doir eng muhim voqealar
bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham kurs o’quvchilarga g’oyaviy, siyosiy tarbiya berish, ularda
mehnatga muhabbat, yuksak va axloqiy sifatlarni tarbiyalashda dastlabki muhim bosqich bo’lib
xizmat qiladi.
VI– VII sinflarda tarix o’qitish natijasida ham ko’pgina bilimlarga erishiladi. Qadimgi
dunyo va o’rta asrlar tarixi zamonamizdan qanchalik yiroq bo’lmasin, bu kurslarni o’qitish
tarixiy dalillarga, xalqlar ommasining faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning namoyondalariga,
ijtimoiy g’oyaga va shu kabilarga nisbatan o’quvchilarga shaxsan emotsionallingi,
o’quvchilarni dalillarga nisbatan shaxsan munosabatlarini bildirishga o’rgatish, ularni tarixdagi
sevimli qahramonlar taqdiriga hamdard qilish – o’qitishning eng muhim tarbiyaviy
vazifalarini: ya'ni mehnatga muhabbat va hurmat bilan qarash, mardlik, vatanparvarlik, sinfiy
jamiyat adolatsizligini anglash va boshqa ma'naviy fazilatlarni tarbiyalash vazifalarini bajara
borishning zarur shartlaridan biridir. Tarix o’qitish davomida o’quvchilar qadimgi dunyo, o’rta
asrdar, yangi tarix asarlarining, sa'nat asarlarining tushunib yetish yo’lida ancha malakalar hosil
qila boradilar, bir necha yuz va ming yillar ilgari yaratilgan ajoyib sa'nat yodgorliklaridagi
go’zallik nimada ekanligini ko’rib, o’rganib boradilar. Xullas, barkamol shaxs tarbiyasida tarix
fanining tutgan o’rni beqiyos va g’oyat muhimdir.
Maktabda tarixga doir o’quv – tarbiya ishlarini olib borishning asosiy shakli darsdnr.
O’qituvchi dars davomida o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish hamda ularni bilish
qobiliyatlarini, ko’nikma va malakalarini o’stirishga qaratilgan turli xil ish olib boradi. Har bir
dars mavzu va kurs yuzasidan o’tiladigan darslar yagona tizimi – zanjirlarning bir halqasi bo’lib,
tarixga doir boshqa darslar bilan, butun o’qitish tizimi bilan chambarchas bog’langan bo’lib
uning ahamiyati kattadir.
Bugungi kunda tarix o’qitishiing ayniqsa "O’zbekiston tarixi" ning o’qitilishi muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki O’rta Osiyo eng qadimgi madaniyat markazlaridan deb hisoblaiadi.
O’zbeklar va shu o’lkaning qadimgi xalqlaridan biri bo’lib, ko’hna va boy tarixga egadir.
Ularning O’rta Osiyodagina emas, balki jahondagi davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy – siyosiy va
madaniy hayotida tutgan o’rni salmoqlidir. O’zbekiston hududi qadimdan umuminsoniy
maqsadlarga xizmat qilib kelgan. Movarounnahr Osiyo bilan Yevropani birlashtirib turgan
ko’prik vazifasini o’tagan. Ikki daryo oralig’i orqali olib borilgan Osiyo, Yevropa iqtisodiy va
madaniy aloqalari O’rta Osiyo, umuman jahon xalqlari taraqqiyotida katta o’rin egallagan.
Bugungi kunda umuminsoniy maqsadlarga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo’li aloqalar tarixini
o’rganishga qiziqish ortib borayotganligining boisi ham shundadir.
O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi jumhuriyatimizni bugungi kunigina
emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasining
istiqlol yo’li avlod – ajdodlarimizning tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta
to’plovchi, yangi mazmun bilan boyituvchi yo’lidir. Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga
qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik, hamkorlik, insonparvarlik, ozodlik va mustaqillik,
ma'rifatparvarlik kabi an'analari, iymon, insof, kichikka muruvvat, mehmondo’stlik, vatanga
hamda xalqqa sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarini chuqur o’rganishni, ularni asrab – avaylab
yoshlar qalbiga, qon – qoniga singdirishni shu asosda ularning siyosiy ongini o’stirishni, o’zini
anglashga ko’maklashishni, respublikamiz iktiqboli uchun astoydil xizmat qiladigan faollarni
yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi. O’zbekiston xaqllari tarixini o’rganish o’quvchilarning
bu tarixiy an'analar va oliyjanob fazilatlar manbalarini, ular mustahkam zaminga egaligini,
tarixan tarkib topganligini, avloddan avlodga o’tib mazmunan boyib borganligini, jamiyatning
ravnaqi va faravonligi, insonlarning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qilib kelganligini, ularni
bundan keyin ham asrab – avaylab davom ettirish, avlodlarimizniig insoniy fazilatlariga sodiq
bo’lish o’zlarining muqaddas burchlari ekanligini anglab olishlariga yordam beradi.
O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish asosida o’quvchilar bu o’lka hududida qadimda bir
necha o’nlab millat va elatlar yonma – yon yashab kelganligini, ular mahalliy va ajnabiy
bosqinchilar zulimiga qarshi birgalikda kurash olib borganligini, o’zbeklar hamisha boshqa
millat va xalqlarga alohida hurmat bildirganligi, xalqlar qardoshligi va do’stligini
muqaddas deb ardoqlashganligini, o’zbek xalqining bu tabarruk an'anasi umuminsoniy
qadriyatlariga bebaho hissa bo’lib qo’shilganligi, millatlararo munosabatlar keskinlashib
turgan hozirgi paytda bu an'ananing hayotiyligi va yana bir bor sinovdan o’tayotganligini anglab
oladilar. Shuningdek, mustabid hukmdorlar va bosqinchilar hokimiyati yillarida xalqimizning
moddiy – ma'naviy boyliklari va go’zal an'analari oyoq osti bo’lib toptalgani, shaxsga sig’inish
va turg’unlik yillaridagi tanglik, paxta yakkaxokimligi, kimyoviy moddalarning haddan
ko’p qo’llanilishi O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy, ma'naviy, siyosiy rivojlanishiga
to’sqinlik qilganini, ekologik muhitdagi nomutanosibliklarga, Orol bo’yi fojeasiga, atrof – muhit,
yer – suv va havoni ifloslanishiga olib kelganligini odamlarning sog’ligini emas, balki irsiyatiga
ham ta'sir ko’rsatganligini o’quvchilar tushunib olishi, ularning hozirgi ekologik
muammolarni hal qilishda respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy
mustaqilligini mustahkamlaydi hamda faol ishtirok etishini ta'minlashda muhim ahamiyatga
egadir.
O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish, o’quvchilarni ajdodlarimizning ko’p ming yillik
moddiy va ma'naviy – madaniy meros, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madainyaiti
taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor
tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |