Almashish buferi bilan ishlash
Matnli hujjatlar bilan ishlashda eng ko’p kerak bo’ladigan amallardan biri
matn bo’lagidan nusxa olib, uni hujjatning boshqa joylariga qoyish amali
hisoblanadi.
14
Bu amal hujjatga matnlarni kiritish va tahrir qilishni tezlatishga yordam
beradi. Bu ish “Буфер обмена” deb nomlanuvchi buyruqlar guruhidagi buyruqli
tugmachalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.13-rasm. Almashish buferi bilan ishlovchi
buyruqli tugmalar
Rasmda hujjat matni bo’lagini almashish
buferiga oluvchi 2 ta tugma, almashish buferidagi
matn bo’lagini hujjatning kursor bilan ko’rsatilgan
joyiga qoyish ochiluvchi tugmasi, matn bo’lagining formatini tadbiq etish tugmasi
va almashish buferi muloqot oynasini ochib beruvchi tugma joylashgan panel
ko’rsatilgan. Bu tugmalar orqali quyidagi buyruqlar amalga oshiriladi.
– bu tugmacha yordamida ajratilgan matn bo’lagining
nusxasi almashish buferiga olinadi. Buning uchun avval matn bo’lagi ajratish
usullaridan biri yordamida ajratib olinadi va tugmacha sichqoncha ko’rsatkichi
yordamida bir marta bosiladi.
– bu tugmacha yordamida ajratilgan matn bo’lagi
almashish buferiga qirqib olinadi. Amalni bajarish uchun avval matn bo’lagi ajratib
olinadi, so’ng tugmacha bosiladi.
-
bu tugmacha yordamida almashish buferiga
olingan matn bo’lagi hujjatning kursor bilan ko’rsatilgan joyiga
qoyiladi. Bunda
tugmaning quyi qismida joylashgan qora
uchburchak bosilsa, “Параметры вставки” buyruqlar paneli ochiladi.
Bu buyruqlar
panelida joylashgan tugmalar quyidagi vazifalarni
bajaradi:
-
almashish
buferidagi matnni boshlang’ích formatini
saqlagan holda qoyish;
- almashish buferidagi matnni boshlang’ích formati bilan kursor turgan joydagi
formatni birlashtirib
qoyish;
-
bu
variantda almashish buferidagi matn bo’lagida
15
jadval, rasm yoki boshqa obektlar bo’lsa, ular qoyilmay faqat matn qoyiladi.
“Буфер обмена” buyruqlar panelida joylashgan ushbu
ko’rinishdagi
tugmani bosish orqali “Буфер обмена” muloqot oynasi ochiladi. Yana bir marta
bosilsa, muloqot oyna yopiladi. Bu muloqot oynada “Вставит все” va “Очистит
все” nomli tugmalar bilan birga almashish buferiga olingan obektlarni (matn, rasm
va hokazo) ko’rsatib turuvchi maydon ham ochiladi. Bu maydondagi obektlarni
sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlash orqali ularni hujjatning kursor turgan
joyiga qoyish mumkin. Bu tez takrorlanadigan so’zlar yoki obektlar mavjud
hujjatlar yaratishda juda qo’l keladi. Bundan tashqari
tugmasi
yordamida almashish buferiga olingan barcha obektlarni hujjatning kursor turgan
joyiga qoyish va
tugmasi yordamida almashish buferini tozalash
amallari bajariladi.
“Буфер обмена” buyruqlar panelida joylashgan
nomli
tugmachaga na’muna bо’yicha formatlash buyrug’i bog’langan. Bu buyruq ayni
paytda kursor joylashgan matn bo’lagining formatidan na’muna oladi va undan
boshqa matn bo’lagini formatlashda ishlatiladi. Buning uchun kursor formatidan
na’muna olish kerak bo’lgan matn bo’lagi ustiga keltiriladi. So’ng sichqoncha
ko’rsatkichi
tugmasiga keltirilib, sichqoncha chap tugmasi
ketma-ket ikki marta bosiladi. Bunda tanlangan matn bo’lagi formatidan na’muna
olinadi. Undan keyin bu na’muna boshqa matn bo’lagiga sichqoncha chap tugmasi
bosib turgan holda belgilab olish orqali ko’chiriladi. Sichqoncha ko’rsatkichini shu
so’z ustiga keltirib, sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi. Na’muna bо’yicha
formatlash rejimidan chiqish uchun
tugmasi sichqoncha
yordamida bir marta bosiladi.
MS Word dasturida bazaviy formatlash uslubi “Обычный” deb
nomlanuvchi uslub bo’lganligi uchun yangi fayl yaratganda shu uslub aktiv holatda
bo’ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, “Стили” panelida keltirilgan formatlash
uslublarining juda ko’pi bizning mamlakatimizdagi bosmaxona talablariga mos
kelmaydi. Masalan, bizda asosiy matn shrifti turi “Times New Roman” bo’lsa
standart holatda asosiy matn turi “Calibri” matn turi belgilangan. Shuning uchun
foydalanuvchi hujjat yozishdan avval, shu hujjatda keltirilgan talablardan kelib
chiqqan holda “Обычный” formatlash uslubini o’zgartirib olishi kerak. Buning
uchun sichqoncha ko’rsatkichini
“Обычный” formatlash uslubi yoki o’zgartirilishi kerak bo’lgan
formatlash uslubi nomi ustiga keltirib, sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va
ochilgan kontekstli menyudan “Изменить” buyrug’i beriladi. Natijada quyidagi
16
rasmdagi kabi muloqot oyna ochiladi. Bu oynadagi parametrlarni o’zgartirish
orqali formatlash uslubi belgilanadi.
2.18-rasm. “Изменение стилья” muloqot oynasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, har bir formatlash uslubi quyidagi elementlarni
o’z ichiga oladi:
uslub nomi (“Обычный”);
format turi (”Абзац”);
keyingi abzatsga qo’llaniladigan uslub nomi;
“Изменение стилья” muloqot oynasida joylashgan “Формат” tugmasi
(2.18rasmga qarang) bosish orqali ochiladigan menyu bandlari yordamida matn
shrift (“Шрифт...”), abzatsi (“Абзац...”), tabulyatsiyasi (“Табуляция...”),
chegaralari (“Граница...”), tili (“Язык...”), ramkasi (“Рамка...”), royhat
(“Нумерация...”), tugmalar kombinatsiyasi (“Сочетание клавиш...”) va
animatsiya (“Анимация...”) kabi matn xossalari parametrlarini belgilash mumkin.
Buning uchun har bir bandni tanlash orqali ochiladigan muloqot oynalardan
foydalaniladi.
MS Word 2010 dasturida foydalanuvchilar o’z formatlash uslublarini ish
faoliyatidan kelib chiqqan holda yaratish imkoniga ega. Buning uchun “Стили”
muloqot oynasining quyi qismidagi ushbu
“Создат стиль” tugmasini bosish
orqali ochilgan “Создание стиля” nomli muloqot oynadan formatlash uslubi
elementlarini o’zgartirish kerak.
Talabalar hujjatini rasmiylashtirish standartiga ko’ra quyidagi formatlash
uslublarini yaratish mumkin.
1.
Asosiy matn;
2.
1-darajali sarlavha;
3.
2-darajali sarlavha;
4.
3- darajali sarlavha;
5.
Rasm;
17
6.
Rasm nomi;
7.
Jadval;
8.
Jadval nomi.
Bu formatlash uslublari talabalar hujjatlarini tez va bir xil standart asosida
tayyorlanishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |