Ma’ruza mavzulari


Matnlarni bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Matnlarni bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish
MS Word hujjatini tahrirlash deganda, hujjat o’lchamini va uning chetki 
maydonlari o’lchamini belgilash, hujjat matnini imlo xatolarini to’g’rilash, 
qo’shimchalar kiritish, satrdan-satrga o’tish intervallarini belgilash, sarlavhalar 
turini (bosh sarlavha, sarlavha osti) o’rnatish, xat boshi qoyish, bosh xarflar bilan 
yozish, hujjat matnini formatlash va shunga o’xshash amallarni bajarish orqali 
bosmaxona talabiga mos qilib o’zgartirish tushuniladi.
Hujjatlarni bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirishda, avvalo, hujjat 
betlari va ularning chetki maydonlarining o’lchamlarini berilgan standart boýicha 
o’rnatilishi lozim. Dunyodagi barcha sanoat korxonalaridagi hujjatlarni 
rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida 1947-yili Xalqaro Standartlashtirish 
Tashkiloti (International Organization for Standardization) tomonidan ISO 
standarti deb nomlanuvchi hujjatlar standarti qabul qilingan. Unga ko’ra quyidagi 
hujjat o’lchamlari mavjud:
ISO 216 – A va B seriali qog’oz standarti;
ISO 217 –RA va SRA seriali bosmoxona qog’ozlari standarti; 
ISO 269 – C seriali konvertlar standarti.
Quyidagi jadvalda ularning to’liq serialari va unga mos o’lchamlari 
keltirilgan.
ISO standarti boyicha hujjat qog’ozi 
o’lchamlari 
4А0 
1682х2378 
-
-
-
-
2А0 
1189х1682 
-
-
-
-
А0 
841х1189 
В0 
1000х1414 
С0 
917х1297 
А1 
594х841 
В1 
707х1000 
С1 
648х917 
А2 
420х594 
В2 
500х707 
С2 
458х648 
А3 
297х420 
В3 
353х500 
С3 
324х458 
А4 
210х297 
В4 
250х353 
С4 
229
х324 
А5 
148х210 
В5 
176х250 
С5 
162х229 
А6 
105х148
В6 
125х176 
С6 
114х162 


13 
А7 
74х105 
В7 
88х125 
С7 
81х114 
А8 
52х74 
В8 
62х88 
С8 
57х81 
А9 
37х52 
В9 
44х62 
С9 
40х57 
А10 
26х37 
В10 
31х44 
С10 
28х40 
MS Word matn muharririda hujjat va uning chetki maydonlarining 
o’lchamlari o’rnatish uchun “Разметки страницы” buyruqlar lentasining 
“Параметры страницы” muloqot oynasidan foydalaniladi. Bu muloqot oynani 
ochish uchun “Разметки страницы” lentasining “Параметры страницы” 
buyruqlar guruhi panelida joylashgan ushbu 
ko’rinishdagi tugmachani 
sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosish orqali ochiladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.12-rasm. Hujjat betlari o’lchamlarini 
belgilash oynasi 
Bu muloqat oynada joylashgan 
maydonlarni qiymatini berilgan standart 
boyicha 
o’zgartirish 
orqali 
hujjat 
o’lchamini 
bosmaxona 
talabiga 
moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Bundan 
tashqari 
bosmaxona 
hujjatning matni parametrlari – shrifti, 
shrift o’lchami, ko’rinishi, rangi va 
xokazolarni ham o’rnatishni talab etadi. 
Bu ishlar matnlarni tahrirlash orqali 
bajariladi.
Matnlarni tahrirlash dastur interfeysidagi buruqlar lentasida joylashgan 
tugmachalarga biriktirilgan buyruqlar yordamida amalga oshiriladi. Dastur 
interfeysining barcha buyruqlar lentasida joylashgan buyruqlar vazifasi bir-biriga 
yaqinligi va bir turga mansubligiga qarab kichik guruhlarga ajratilgan. Masalan, 
dastur interfeysining bosh lentasi bo’lmish “Главная” buyruqlar lentasidagi 
buyruq bajaruvchi tugmachalar “Буфер обмена”, “Шрифт”, “Абзац”, “Стили”
va “Редактирование” nomli buyruqlar guruhlariga birlashtirilgan.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin