Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Savol va topshiriqlar: 
1. Axborot texnologiyalari va ularning turlari?
2. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarining jamiyatdagi o‘rni?
3. Ta’limda axborot texnologiyalarining o‘rni? 
4. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi?
5. Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llashning yutuq va imkoniyatlari?
Adabiyotlar: 



1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. 
Toshkent, “Sharq”, 2000-y. 
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: 
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b. 
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.: 
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b. 
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn, 
“Noshir”, 2011-yil, 367 b. 
1.2 MATNLI HUJJATLARNI KOMPYUTER XOTIRASIGA KIRITISH VA 
ULARNI QAYTA ISHLASH 
REJA: 
1.
Matnli hujjatlarni kompyuter xotirasiga kiritishda MS Word matn muharrir 
dasturlaridan foydalanish. 
2.
MS Word dasturi imkoniyatlardan foydalangan holda sodda va murakkab 
strukturali hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, jadvallar qoyish, ularni 
qayta ishlash va saqlash. 
 
TAYANCH SO`Z VA IBORALAR:
axborotlar, ularning turlari va o’lchov 
birliklari, kompyuter xotirasi, MS Word, Retsenziyalash, giperhavola, orfografik 
xato, Mundarija, Iqtibos 
Microsoft Office amaliy dasturlar paketi – bu offis ish faoliyatini 
avtomatlashtirishga qaratilgan amaliy-dasturiy vositalar to’plamidir. Microsoft 
Office amaliy dasturlar paketi tarkibiga ma’lum bir funksiya bajaruvchi va ham 
alohida, ham bog’langan holda ish olib borish imkoniyatiga ega bir qancha amaliy 
dasturlar kiritilgan.
Microsoft kompaniyasi yangi Microsoft Office 2010 amaliy dasturlar 
paketini hozirgi kundalik hayotda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalarni 
hisobga olgan holda yaratdi. Hozirgi kunda ofis ishchilarining uyda ishlashi bilan 
ofisda ishlashining farqi yo’qolib bormoqda. Odamlar qayerda, qanday, nima bilan 
ishlashni o’zlari tanlamoqda. Ko’pchlik ishbilarmon kishilar axborotlar bilan 
nafaqat uyda yoki ofisda ishlashni, shuningdek, xizmat yuzasidan biron yoqqa 
ketishda, yo’lda ham ishlashga muhtoj bo’lmoqda. Bu jarayonlar biznesmenlar 
uchun axborot xavfsizligining ta’minlanishi boyicha yangi imkoniyatlar talab 
etilmoqda.
Office 2010 amaliy dasturlar paketida va u bilan bo’gliq dasturiy 
kompleksda bunday muhim g’oyalar bir nechta. Ulardan biri yer sharining 
ixtiyoriy joyida maxsus web-ilovalar yordamida Word, PowerPoint, Excel va



OneNote amaliy dasturlarining yengillashgan variantlaridan foydalangan holda 
hujjatlarni qayta ishlash mumkinligidir. Shu bilan birga Office imkoniyatlaridan 
Windows Mobile platformasida (muhitida) ishlovchi smartfon mobil qurilmalarida 
ham foydalanish mumkin.
Shuningdek, Office 2010 paketida mualliflik imkoniyatlari kengaytirilib, 
ularda bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchilar bir-biridan uzoqda 
joylashgan holda ham Word, PowerPoint va OneNote kabi amaliy dasturlar 
hujjatlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’ldi.
Office 2010 amaliy dasturining boshqa muhim yangiliklari haqida so’z 
yuritadigan bo’lsak, quyidagilarni aytish mumkin:
• 
Outlook dasturining takomillashgan kalendari;
• 
Elektron pochtani boshqarishning yangi imkoniyatlari;
• 
PowerPoint dasturida video va boshqa multimedia elementlarini ko’p martali 
kengaytirilgan tahrirlash imkoniyati;
• 
Microsoft Office Backstage funksiyalari orqali hujjatlarni tez tashkil etish 
mumkinligi;
• 
Excel dasturining Sparklines funksiyasi yordamida o’zaro bo’gliq berilganlarni tez 
topish va boshqa bir qancha yangiliklar kiritilgan.
Microsoft Office 2010 amaliy dasturlar paketida yangilangan foydalanuvchi 
interfeysining muhim elementlaridan biri

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin