25
Save (Saqlash) – Har qanday bajarilgan ishlarni hozirgi fayl nomi, fayl
formatida hozirgi joylashuviga saqlab qoʻyadi.
Undo (Bekor qilish) – Foydalanuvchi tomonidan
qilingan oxirgi qilingan
oʻzgartirishni, format almashinishini bekor qiladi.
Redo (Qaytalash) – Foydalanuvchi bekor qilgan oʻzgartirishni yoki format
almashinishini qayta tadbiq qiladi.
Tez Kiruvchi Instrumentlar paneliga xoxlagan lenta buyrugʻini qoʻshish
mumkin boʻlgani uchun sozlashga juda qulay hisoblanadi. Bundan tashqari,
foydalanuvchi buyruq beruvchi tugmalarni Lentaga qoʻshish
bilangina cheklanib
qolmaydi va u xoxlagan Excel buyrugʻini instrumentlar paneliga qoʻshish
imkoniyatiga ega boʻladi, xattoki, xech qaysi yorliqda koʻrinish bermaydigan
noaniqlarini ham. ( Tez Kiruvchi Instrumentlar panelini sozlash haqidagi
qoʻshimcha ma’lumotlar 1-Kitobning, 3-bobida berilgan).
Odatda, Tez Kiruvchi Instrumentlar paneli
Fayl menyusining va Lenta
ilovasining oʻng taraf yuqorisida joylashgan boʻladi. Instrumentlar panelini Lenta
dan pasda hamda Formula panelidan yuqorida aks ettirish uchun Tez Kiruvchi
Instrumentlar panelini sozlash ( Gorizontal instrumentlar panelining oʻng tarafida
joylashgan uch nuqtali ochiladigan roʻyxat) ni bosing, soʻngra
ochilgan
roʻyxatdagi “Lentadan pastda koʻrsatish” tugmasini bosish zarur. Ushbu sozlanma
foydalanuvchiga instrumentlar panelining oʻng tarafida joylashgan ish paneli
nomining joylashuvi oʻzgarib qolishidan asraydi.
Dostları ilə paylaş: