33
Taqdimotlarni ishlab chiqishning turlari va vositalari juda ko’p bo’lib,bugungi
kunda taqdimot yaratishning yangi –yangi
zamonaviy vositalari, turlari va
ko’rinishlari taqdim etib borilmoqda.
Taqdimot yaratishning bir necha dasturlari bilan tanishtiramiz.
PowerPoint
PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida
matnlar, rasmlar,
sxemalar, grafiklar,
animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va
hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi.
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan
taqdimotni kompyuter ekranida,
videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish –
bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz
POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko’rib turibsiz:
Dostları ilə paylaş: