Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar:
1.
Animatsiyalar bilan ishlovchi qanday dastur turlarini bilasiz?
2.
Animatsiyalarni yaratishda qanday jihatlarga e’tibor berish kerak?
3.
Flash dasturida animatsiya yaratish ketma-ketliklari haqida?
4.
Animatsion multimediali materiallar?
5.
Ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish?
6.
Ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanishning afzalliklari?
Adabiyotlar:
1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik.
Toshkent, “Sharq”, 2000-y.
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent:
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b.
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.:
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b.
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn,
“Noshir”, 2011-yil, 367 b.
1.6. TA’LIM RESURSLARINI ISHLAB CHIQISHDA AUDIO VA VIDEO
MATERIALLARGA ISHLOV BERISH.
Reja:
1. Ta’lim resurslari. Audio(ovozli) kurs va materiallar.
2. Audio(ovozli) multimediali ta’lim resurslariga ishlov berish
Tayanch tushunchalar: Audio materiallar, Ovozli fayllar bilan ishlash,
Audio materiallarga ishlov berish.
Tovush to‘lqinlari (Mexanikaviy) – anologli signal. Tovushlar dunyosi
insoniyatni doimiy o‘rab turuvchi muhitlardan biri. Biz turli xil darajadagi
tovushlarni, masalan, barglar shitirlashi, sharshara tovushi, qushlar xonishi,
hayvonlar qichqirig‘i, inson tovushi kabi tabiiy ovozlar bilan bir qatorda insoniyat
46
tomonidan yaratiluvchi musiqa ovozini ham hayotiy faoliyatimiz davomida doimiy
eshitib turamiz.
Raqamlashtirilgan tovushlar olami – axborot dunyosining navbatdagi
elementidir. Bu element tarixi ham juda uzoq yillarga borib taqaladi. Dastlab
insoniyat shunday qurilmalarni ishlab chiqqanki, ular yordamida tabiiy ovozlarni
chiqarishga harakat qilishgan, masalan, ov uchun turli jonjotlarni chorlash
maqsadidagi harakatlarni bunga misol qilish mumkin. Yillar davomida insoniyat
xotirasida saqlanib borgan ovozlar ketma-ketligini turli musiqa asboblarida ijro
etishga o‘rgandi. Sekin-asta musiqaning ham o‘z “alifbosi” paydo bo‘ldi, birinchi
marta bunday “musiqa alibosi” Qadimgi Misr va Messopotamiyada qo‘llanilgan.
XVII asrga kelib tartiblangan musiqa notalari paydo bo‘ldi. Asrlar davomida
musiqani matematika bilan bog‘lashga uringan insoniyat hisoblash texnikasining
rivojlanishi bilan, nafaqat musiqani, balki atrofimizni o‘rab turgan ixtiyoriy ovozni
kompyuterlar xotirasida saqlash, tahrirlash va ijro etishni o‘rgandi. Sekin-asta
tovushlar dunyosi raqamli dunyo bilan bog‘landi.
Mutaxassislar ta’kidlashganidek, ovoz multimedianing eng asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Ovoz ham kundalik hayotimizda duch keladigan
boshqa fizik hodisalar kabi to‘lqin tabiatiga ega. Ovoz to‘lqinlari ixtiyoriy muhitda
– gaz, suyuqlik, qattiq jismlar muhitida ham tarqalish xususiyatiga ega.
Amaliyotda ko‘proq atmosfera muhitida tarqaluvchi ovoz to‘lqinlaridan
foydalaniladi. Shu sababli ham ovoz to‘lqinlari – bu atmosferadagi tarqalishiga
nisbatan o‘rganiladigan jarayon bo‘lib, uning muhim parametri tovush chastotasi –
tebranish davriga teskari kattalik hisoblanadi. Tovush chastotatalari gerslar (Gs) da
yoki kilogers (1 KGs=1000 Gs)larda o‘lchanadi. Masalan, tovush chastotasi 20 Gs
bo‘lsa, bu 1 s davomida 20 ta to‘liq tebranish sodir bo‘lganini bildiradi. Tovush
chastotasi bilan to‘lqin uzunligi – bir tebranish davrida tovush to‘lqini bosib
o‘tishga ulguradigan masofa (to‘lqin uzunligi = tovush tezligi/tebranish davri)
uzviy bog‘langan. Demak, chastotaning oshishi bilan, tovush to‘lqini uzunligi
qisqaradi, ya’ni tebranish davri qancha qisqa bo‘lsa, to‘lqin ham shuncha qisqa
masofani bosib o‘tadi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar eshitish sezgirligimiz tovush chastotasiga bog‘liqligini
ko‘rsatib berdi. Eshitishimiz mumkin bo‘lgan tovushlar chastotasi diapazoni
quyidagicha: minimal chastota 16...20 Gs, maksimal 18...20 KGs. Bu diapazondan
past chastotadagi tovushlar infratovushlar, yuqorisi esa ultratovushlar deb
yuritiladi. Infratovushlarni ham, ultratovushlarni ham insoniyat eshitish organlari
qabul qilmaydi.
Analogli signallarni raqamlashtirish
47
Ovozni saqlash va uzatish iborasiga ko‘p marta duch kelganmiz. Lekin bu
jarayon haqiqatda qanday sodir bo‘lishi haqida hamma ham aniq tasavvurga ega
emas.
Ovozni yozish tabiiy ma’noda Edison fonografidagi ovoz yozish
jarayonidagina tushunilishi mumkin. Qolgan barcha hollarda ovoz saqlanganida
ovozning o‘zi emas, balki yozish vaqtida havo tebranishi qanday bo‘lganligi
haqidagi ma’lumot saqlanadi.
Hozirgi vaqtda ovozli ma’lumotlarni saqlash va uzatishning ikki usuli mavjud
– analogli va raqamli. Analogli holatda tovush bosimining o‘zgarishi boshqa fizik
kattalik, masalan, elektr kuchlanishining o‘zgarishiga proporsional bo‘ladi. Elektr
kuchlanishining o‘zgarishi ovozli ma’lumot “tashuvchisi” hisoblanadi. Yaqin
kunlargacha ovoz yozish va radioaloqalarda bu usul yagona bo‘lgan. Analogli
elektronikada kuchlanishning o‘zgarishi tovush bosimining o‘zgarishiga mos
bo‘lishi muhim bo‘lgan. Ma’lumki, tovush to‘lqini amplitudasi ovoz balandligini,
uning chastotasi esa ovoz tonining balandligini aniqlaydi, demak, analogli uslubda
ovozli ma’lumotning ishonchli saqlanishi uchun elektr kuchlanishi amplitudasi
tovush tebranishi amplitudasiga proporsional bo‘lishi kerak.
O‘z navbatida, kuchlanish chastotasi tovush tebranish chastotasiga mos bo‘lishi
kerak. Bundan ko‘rinadiki, elektr signal shakli tovush tebranish shaklining nusxasi
bo‘lib, amalda ovozli ma’lumot tashuvchisi bo‘la oladi. Tovush tebranishini elektr
kuchlanishiga aylantirish uchun oddiy mikrofondan foydalanish mumkin. Elektr
kuchlanishi o‘zgarishini esa magnitofonlarda lenta magnit maydoni o‘zgarishiga
yoki optik ovoz yozishlarda kinoplyonka ovoz yo‘lakchasidagi ovoz potoklariga
mos qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ovoz haqida ma’lumot olishining ikkinchi usulida
tovush to‘lqinlarida bosim qiymatining o‘lchanishi, bunda tovush tebranishini
ifodalovchi raqamlar ketma-ketligi – raqamli signallar nazarda tutiladi. Signal
shaklini to‘g‘ri uzatish uchun bu o‘lchashlarni tovush signallarining eng yuqori
chastotali davrida tez-tez o‘tkazish zarur. Raqamli ovozlar tizimiga raqamli
mikrofon (ovoz bosimi o‘lchagichi), raqamli magnitofon yoki uzatgich (katta
miqdordagi raqamlar massivini saqlash va uzatish uchun) va raqamli ovoz
kuchaytirgich (raqamlar ketma-ketligini ovoz bosimi o‘zgarishiga aylantirish
uchun qurilma)larni kiritish mumkin. Hozirgi kunda raqamli ovoz yozish
tizimlarida asosan anologli elektroakustik mikrofon va ovozkuchaytirgich
(dinamik) lar qo‘llaniladi, raqamli qayta ishlashda esa ovoz chastotalarining
elektrik signallari tahrir qilinadi.
Umuman olganda raqamli signallar o‘zida elektr sxemalardagi turli zanjirlarni
mantiqiy elementlar yordamida ulovchi va uzuvchi to‘g‘ri burchakli shakldagi
impulslarni namoyon qiladi. Raqamli signallar shakli va kuchlanishi bilan
48
ishlovchi anologli elektronikadan farqli ravishda raqamli elektronikada ikkilik
signallar – “0” va “1” ga mos keluvchi diskret darajali signallar qo‘llaniladi.
Analogli signalni raqamliga o‘tkazish deyarli barcha tizimlarda bir necha
bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab analogli tovush signali signal chastota
yo‘laklarini chegaralovchi va tovushning tiniq eshitilishiga xalaqit beruvchi
shovqinlarni tozalovchi analogli filtrga tushadi. So‘ngra analogli signaldan
tanlash/saqlash sxemalari yordamidagi sanoq boshlanadi: ma’lum bir davrdagi
analogli signallarning lahzalik darajasi saqlab boriladi. Sanoq anologli-raqamli
o‘tkazgichlarga o‘tib, unda har biri raqamli kodga yoki songa aylantiriladi. Hosil
bo‘lgan raqamli kod bitlar ketma-ketligi ovozli signallarning raqamli shakli
hisoblanadi. Shunday qilib, uzluksiz analogli ovoz signallari vaqt va kattalik
bo‘yicha raqamli-diskret qiymatga aylanadi. Ko‘pchilik ovoz kartalarida standart
diskretizatsiya chastotasi 44.1 va 48.0 KGsni tashkil qiladi.
Ovozli fayllar formati
WAVE (.wav) MPEG-3 (.mp3)
MPEG-4 (.mp) MIDI (.mid)
AU (.au, .snd) MOD (.mod)
IFF (.iff) AIFF (.aiff) .......
WAVE (.wav) – juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows
operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo‘llaniladi. Uning asosida
ma’lumotlarni strukturali ko‘rinishda saqlanishiga imkon beruvchi RIFF
(Resource Interchange File Format) formati yotadi. Ovozli ma’lumotlar katta
hajmga ega bo‘lganligi sababli ularni saqlashda turli xil siqish usullaridan
foydalaniladi. Siqishning eng sodda usuli – impulsli-kodli modulyatsiya (Pulse
Code Modulation, PCM), lekin u yetarlicha siqilishni ta’minlay olmaydi.
AU (.au, .snd) – Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion
tizimida (.snd) qo‘llaniladigan ovozli fayllar formati. Internet tarmog‘ining
dastlabki rivojlanish bosqichida ovozli ma’lumotlar uchun standart format rolini
o‘ynagan.
MPEG-3 (.mp3) MPEG-4 (.mp) – Bugungi kundagi eng ommabop ovozli
fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan.
Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo‘llaniladi. Oldingi MP1 va MP2 format
versiyalari davomchisi. Kodirovkada musiqadan inson eshitish organlari orqali
yomon qabul qilinadigan tovushlarni o‘chiruvchi psixoakustik kompressiya
qo‘llaniladi. Oldingi versiyalar sifatsizroq kompressiyaga ega bo‘lsada, biroq
eshitish jarayonida kompyuter resurslariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lmaydi.
Prossessor xarakteristikasi ovoz sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi,
prossessor qanchalik kuchsiz bo‘lsa, ovoz buzilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
49
MIDI (.mid) – Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument
Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va
kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. MIDI turli ishlab chiqaruvchilarning
musiqali va ovozli sintezatorlari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini aniqlaydi.
MIDI interfeysi musiqa notalari va kuylarini uzatish protokoliga ega. Lekin MIDI
ma’lumotlar raqamli ovoz emas – ular son formatidagi qisqartirilgan musiqa
yozuvi shakli hisoblanadi. MIDI-fayl o‘zida harakatlar, masalan pianino
tugmalarini bosish yoki regulyatorni aylantirish kabi komandalar ketma-ketligini
ifodalaydi.
MIDI-fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o‘lchami ovoz sifatiga
ta’sir ko‘rsatmaydi. MIDI-fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan
joy egallashiga qarab o‘rtacha 200-1000 marta kichik bo‘ladi, markaziy prossessor
resurslari ko‘p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto ovoz sifati ham boshqa audio
fayllarga nisbatan yuqori bo‘ladi. MIDI-fayllarni ijro etuvchi qurilmalarga
uzatiluvchi bu komandalar ovozni boshqaradi, kichik MIDI-xabar ovoz chiqishini
yoki musiqa asboblari yoki sintezatordagi ovozlar ketma-ketligi ijro etilishini
ta’minlashi mumkin, shu sabali MIDI-fayllar hajmi (bir sekundda ovoz chiqish
birligi) boshqa ekvivalent raqamlangan ovozli fayllarga nisbatan juda kichik
bo‘ladi.
MOD (.mod) – alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin
bo‘lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. Bu formatdagi
fayllar ovoz namunalari nabori bilan boshlanib, ulardan so‘ng notalar va
davomiylik haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir nota fayl boshida keltirilgan
ovozli shablonlardan biri yordamida ijro etiladi. Bunday fayllar nisbatan katta
bo‘lmaydi va notalarga asoslangan strukturaga ega bo‘ladi. Bu ularni an’anaviy
musiqali
yozuvlarni
imitatsiyalovchi
dasturlar
yordamida
tahrirlashni
osonlashtiradi. Bunda fayllar MIDI-fayllardan farqli ravishda ixtiyoriy kompyuter
platformasida isjro etilishiga imkon berib, to‘liq ovoz beradi.
IFF (.iff) – Interchange File Format – dastlab Amiga kompyuter platformasi
uchun yaratilgan format. Hozirda CD-I shaklidagi kompakt-disklarda ham
qo‘llanilmoqda. Uning tuzilishi RIFF formati tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.
AIFF (.aiff) – Audio Interchange File Format – ovozli ma’lumotlar almashish
uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo‘llaniladi.
Ko‘p jihatdan WAVE formatini eslatadi, biroq undan farqli ravishda raqamlangan
ovoz va shablonlardan foydalanish imkonini beradi. Ko‘pchilik dasturlar bu
formatdagi fayllarni yuklay oladi.
RealAudio (.ra, .ram) – Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real
Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. Sifat eng
50
yaxshi holatda audiokasseta formatiga mos keladi, sifatli musiqa asarlarini saqlash
uchun mp3 formatidan foydalanish afzalroq.
MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar
WAVE formati ko‘p sonli formatlardan birini o‘zida aks ettirsada, lekin u
raqamli ovozlarni saqlash uchun mo‘ljallangan yagona format emas.
MIDI-ma’lumotlardan farqli, raqamli-ovoz ma’lumotlari kvantlar (samples)
deb ataluvchi minglab birlik ko‘rinishida yozilgan ovozni o‘zida aks ettiradi.
Raqamli ma’lumotlar diskret vaqt momentida ovoz amplitudasini ( balandligini)
ifodalaydi. Raqamli ma’lumotlar ijrosi qurilmaga bog‘liq bo‘lmaydi va shu sababli
ular doimo bir xil bo‘ladi. Lekin buning hisobiga bunday ovozli fayllar hajmi
yetarlicha katta bo‘ladi.
Vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan qanday qiyoslansa, MIDI-
ma’lumotlarni ham raqamli ma’lumotlarga nisbatan xuddi shunday qiyoslash
mumkin. Ya’ni vektorli grafik tasvirlar printer yoki monitorga bog‘liq bo‘lgani
kabi MIDI-ma’lumotlar ovozni ijro etuvchi qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi, raqamli
ma’lumotlar esa bog‘liq bo‘lmaydi.
MIDI standarti PostScript standartiga o‘xshash bo‘lib, qurilmalarni tushunarli
tilda boshqarish imkoniyatini beradi. Raqamli ma’lumotlarga nisbatan MIDI
quyidagi qulayliklarga ega:
MIDI-fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o‘lchami ovoz sifatiga
ta’sir ko‘rsatmaydi. MIDI-fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan
joy egallashiga qarab o‘rtacha 200-1000 marta kichik bo‘ladi, markaziy prossessor
resurslari ko‘p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto ovoz sifati ham boshqa audio
fayllarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunday hollarda MIDI-fayllarni ijro etish
manbalari yuqori sifatda bo‘lishi talab etiladi. Siz ovoz sifati va balandligini
saqlagan holda ovoz tempini o‘zgartirish hisobiga MIDI-fayllar uzunligini
o‘zgartirishingiz mumkin. MIDI-ma’lumotlarni alohida notalar darajasida
tahrirlash ham oson. Siz MIDI-kompozitsiyalarni millisekundgacha aniqlikda
tahrirlash imkoniyatiga egasiz.
MIDI-fayllarning asosiy kamchiligi ovoz aniqligida. MIDI-faylni yaratishda
qo‘llanilgan ijro etish qurilmasi haqiqiy musiqa asbobiga qanchalik o‘xshash
bo‘lsa, ovoz aniqligi ham shunchalik o‘xshash bo‘ladi. Hatto faylni yaratishda
qo‘llanilgan MIDI-qurilma ovozi General MIDI standartiga to‘liq mos kelganida
ham ovoz sifati ijro etuvchi elektron qurilmaga bog‘liq. MIDI-ovozlar nutqli
ma’lumotlarni ijro etish uchun qo‘llanilmaydi. Raqamli audioning MIDI-fayllardan
asosiy ustunligi raqamli ovozlarning ijro etilish sifati doimiy bo‘ladi. Raqamli
ovozlar bilan ishlash zaruratiga ikki sabab mavjud: raqamli ovozlar bilan ishlash
uchun dasturlar va tizimlar tanlovi keng; raqamli ovoz elementlarini tayyorlash va
yaratish uchun musiqa nazariyasini bilish shart emas.
51
Mikrofon yordamida ovoz yozish
Multimedia haqidagi har qanday qo‘llanma, albatta, mikrofon yordamida ovoz
yozishga bag‘ishlangan bo‘limga ega bo‘ladi. Mikrofon yordamida ovoz yozishda
odatda Windowsning standart dasturlari qatoriga kiruvchi Sound Recorder
(Пуск/Программы/стандартные/Звукозапись) qo‘llaniladi. Bu dastur bilan
ishlash haqidagi batafsil ma’lumotlarni dasturda berilgan ma’lumotnomadan
olishingiz mumkin. Quyidagi rasmda Windows 7 operatsion tizimidagi Sound
Recorder dasturi ma’lumotnomasidan foydalanish jarayoni keltirilgan.
Bu dastur bilan ishlash yetarlicha sodda bo‘lganligi uchun biz unga batafsil
to‘xtalib o‘tirmaymiz. Mikrofonlar ikki xil tipda bo‘ladi – kondensatorli va
dinamik. Kondensatorli mikrofonlar qimmatroq bo‘lib, yuqori sifatli ovoz bera
oladi, lekin ularni kompyuterga ulash uchun ovoz kartasi ham uning talablariga
javob bera olishi kerak. Ko‘pchilik ovoz kartalari esa dinamik mikrofonlarga
moslangan bo‘ladi.
Mikrofonning boshqa muhim xususiyati – uning yo‘nalganlik (directivity)
darajasida. Mikrofonlar umumyo‘nalgan (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ovoz
sezgirligi bir xil), biryo‘nalishli (oldindan keladigan yo‘nalishdagi ovozlarga
sezgirroq) va ikkiyo‘nalishli (oldindan va orqadan keladigan yo‘nalishdagi
ovozlarga sezgirroq) bo‘ladi. Fondagi shovqinlar kam bo‘lishi hisobiga ko‘pincha
bir yo‘nalishli mikrofonlar tanlanadi. Lekin ular umumyo‘nalgan mikrofonlarga
nisbatan qimmatroq va ovoz sezgirligi ham ancha yuqori bo‘ladi. Mikrofon
tanlashda albatta mikrofonning to‘liq qarshiligiga (impedance) e’tibor qarating.
To‘liq qarshilikning optimal qiymati 600 Om ga teng. Umumyo‘nalgan 600 Om
impedancega ega mikrofon tanlash tavsiya etiladi.
Dasturiy ta’minot. Dastlab miksher-dasturini sozlab olish zarur bo‘ladi.
Miksher-dasturning ko‘rinishlaridan biri "Регулятор уровня" nomi ostida Siz uni
Windowsning standart dasturlari orasidan topishingiz mumkin. Lekin bu dastur
bilan ishlash biroz noqulay bo‘lishi mumkin. Sizning ovoz kartangiz dasturiy
ta’minotida bu funksiyani bajaruvchi dastur ham bo‘lishi mumkin, shu sababli
aynan o‘sha dasturdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki dastur mualliflari ovoz
kartasining muhim jihatlarini hisobga olgan holda mazkur dasturni yaratishadi.
Miksher-dasturda ovoz yozish jarayonida ishtirok etmayotgan boshqa barcha kirish
regulyatorlarini eng pas holatga o‘tkazib qo‘yish yoki butunlay o‘chirib qo‘yish
tavsiya etiladi. Mikrofondan ovoz yozishda mikrofonli yoki chiziqli kirishdan
foydalanish mumkin. Ovoz yozish jarayonida kiruvchi balandlik regulirovkasini
taxminan 75 % li holatga o‘tkazib qo‘ying.
Sound Forge dasturida mikrofon yordamida ovoz yozish jarayonidagi asosiy
muammo signal darajasining nostabilligini bartaraf qilish mumkin. Bu muammoni
bartaraf etish va shovqin darajasini minimallashtirish uchun apparatli yoki kiruvchi
52
signalni dinamik qayta ishlash uchun Sound Forge dasturidan foydalanish
mumkin. Sound Forge dasturi raqamli ovozlar bilan ishlash uchun dinamik
ishlovni amalga oshiradi. Bunday xususiyatga ega dasturlarga Sound Forge
dasturidan tashqari Wavelab dasturini keltirish mumin. Dinamik qayta ishlash
elementlariga kompressor (limiter), ekspander (expander), ekvalayzer kabilarni
kiritish mumkin.
Ovoz muharrirlari. Ovozni tahrirlash dasturi
Audio fayllarni tahrirlash uchun dasturni tanlayotganda, har bir foydalanuvchi
ma'lum bir trekni nima qilishni istayotganini allaqachon biladi, shuning uchun u
aniq qanday funktsiyalarga muhtojligini va u holda nima qilish kerakligini yaxshi
tushunadi. Tovush muharrirlari juda ko‘p, ularning ba'zilari professionallarga
qaratilgan, boshqalari oddiy kompyuter foydalanuvchilari uchun, boshqalari
ikkalasiga ham bir xil darajada qiziqish bildiradi va audio tahrirlash ko‘p
funktsiyalardan faqat bittasi bo‘lgan.
Aynan ovozni qayta ishlash mavzusi "quloqda" qandaydir darajada kamroq
bo‘lganligi sababli, foydalanuvchi ko‘pincha qaysi dasturdan foydalanish
yaxshiroq degan savolga duch keladi. Ushbu sohadagi eng mashhur dasturlardan
biri - Sony Sound Forge (ilgari Sonic Foundry's Sound Forge nomi bilan tanilgan).
Dasturning imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, uning arsenalining ko‘pchilik
foydalanuvchilarga mos keladimi-yo‘qligini tushunishga harakat qilamiz va
muqobil variantlarni ko‘rib chiqamiz. Dasturning o‘ninchi versiyasi bizning
"mikroskopimiz" ostida qoldi. Sound Forge-ning avvalgi versiyalari bilan tanish
bo‘lganlar uchun ushbu dastur bilan ishlashning asosiy mantig‘i saqlanib
qolganligini, ammo ba'zi yaxshilanishlar qo‘shilganligini ta'kidlash kerak. Biroq,
birinchi navbatda birinchi narsa.
Hamma narsaning o‘zi
Dastlab, dastur bilan ishlash uchun manba bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar
haqida bir necha so‘z aytishga arziydi. Bular ovoz yozuvchisi, pleer, shaxsiy
kompyuterning qattiq diskida va hokazolardan olingan raqamli yozuvlar bo‘lishi
mumkin - dastur juda ko‘p formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi: eng mashhur MP 3,
WAV, WMA, Ogg Vorbis va boshqalar va maxsus fayl turlari. boshqa Sony audio
mahsulotlari bilan yaratilgan. Agar xohlasangiz, musiqa kompakt-disklaridan
treklarni chiqarib olishingiz mumkin - buning uchun siz ushbu elementdan
foydalanishingiz kerak EkstraktOvozdanCD menyu Fayl.
Bundan tashqari, siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sound Forge-ga mikrofonni ulab,
o‘zingizning soundtrackingizni yozib olishingiz mumkin. Bundan tashqari,
ro‘yxatga olish moduli, amalga oshirilishining barcha soddaligi uchun juda keng
sozlamalarni taqdim etadi (bu haqda birozdan keyin gaplashamiz). Dasturning
53
yana bir qiziqarli "xususiyati" - bu videoklipning audio trekini tahrirlash
qobiliyatidir. Soundtrack dastur tomonidan oddiy audio fayl sifatida ochiladi.
Diqqat, yozuv davom etmoqda!
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, mikrofondan yozib olish uchun Sound Forge
alohida va ishlatish uchun juda qulay modulni taqdim etadi. Uni dastur asboblar
panelidagi Yozish tugmasi ("Hammasi ko‘zda" qo‘shimchasiga qarang) yoki +
tugmalar birikmasi orqali chaqiriladi. Ochilgan oynada siz yozuvni boshqarish
tugmachalarini, shuningdek ovoz to‘lqinining intensivligi ko‘lamini ko‘rasiz.
Yozib olish jarayonini boshlaydigan qizil tugmani bosganingizda dastur avtomatik
ravishda yaratiladi yangi trek tahrirlash uchun va unda yozib olingan materialni
tahrirlash uchun joylashtiradi. Foydalanuvchi bir nechta yozuv rejimlarini tanlashi
mumkin (ochiladigan ro‘yxat) Rejim): standart normal rejim ( Avtomatik qaytarib
olish (avtomatik ravishda orqaga qaytarish)), bir nechta yozuv variantlarini
yaratish, birin-ketin tartibga solish va bitta ovozli faylda saqlash, avtomatik
ravishda mintaqalarga bo‘linish ( Bir nechta mintaqalarni yaratish kerak) va har bir
variant uchun alohida maydonlarni yaratmasdan ( Bir nechta oladi (Hududlar
yo‘q))), har bir "parcha" ni alohida oynada yozib olish ( Har bir olish uchun yangi
oyna yarating), shuningdek, ma'lum uzunlikdagi ro‘yxatga olish intervallari (
Punch-In (ma'lum bir uzunlikni yozib oling)). Ikkinchi holatda, siz yozuvning
boshlanish va tugash vaqtlarini belgilashingiz kerak. Bunday holda, trekning
qolgan qismi o‘zgarishsiz qoladi - bu faqat ma'lum bir materialni qayta yozishingiz
kerak bo‘lganda qulaydir.
Yozuv tayyor bo‘lgach, uni tahrirlashni boshlashingiz mumkin. Sound Forge
to‘rtta asosiy audio tahrirlash vositalarini taqdim etadi. Tartibga solish vositasi
yozuvning kerakli joylarini tanlash uchun, kattalashtirish vositasi tovush
to‘lqinining masshtabini o‘zgartirish uchun ishlatiladi, qalam vositasi ovoz
to‘lqinini qo‘lda chizish imkonini beradi (faqat shkalaning kuchli o‘sishi bilan
ishlaydi) va voqea vositasi tanlangan maydonlarni ko‘chirishga imkon beradi. Siz
har ikkala asbobga mos keladigan tugmachani bosish orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tahrir qilingan namunaning oynasida (D tugmachasini) dasturlar panelida
almashtirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, Sound Forge-da audio trekni tahrir qilishni osonlashtiradigan
yordamchi ob'ektlar mavjud. Shunday qilib, namunadagi istalgan daqiqani
belgilash uchun siz trekka Marker qo‘shishingiz mumkin. Va ma'lum bir hududni
tanlash uchun Hudud (Hudud) yordam beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, ikkita
marker o‘rtasida yoki maydonda trek qismini tanlash oddiygina ikki marta bosish
orqali amalga oshiriladi.
Namunani tozalash
54
Sound Forge-ning afzalliklaridan biri shundaki, audiofaylni qayta ishlash bilan
bog‘liq ko‘plab vazifalar avtomatlashtirilgan va siz qo‘lda trekni "yig‘ish" uchun
ko‘p vaqt sarflashingiz shart emas. Masalan, vosita sizga pauza va bo‘limlarni
sukunat bilan olib tashlashga imkon beradi. Avtomatik qirqish / kesish (menyu
Jarayon). Ushbu funktsiya quyidagicha ishlaydi. dastur signalning darajasi
ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lgan ma'lumotni aniqlaydi va uni maqbul deb
hisoblaydi. Signal siz ko‘rsatgan darajadan pastga tushganda, Sound Forge ushbu
qismni kerakli qismning oxiri yoki sukunat boshlanishi sifatida qabul qiladi.
So‘ngra dastur etarli signal kuchi bilan keyingi qismni izlaydi va ikkita bo‘lim
orasidagi barcha ma'lumotlarni o‘chirib tashlaydi.
Avtomatik kesish / kesish sizga yozuvni qisqartirish uchun bir nechta
variantlardan foydalanishga imkon beradi (ochiladigan ro‘yxat) Funktsiya).
Shunday qilib, Tanlovdan tashqarida chekkalarni saqlang tanlangan maydon
ichidagi sukunat qismlarini ushbu maydon tashqarisidagi ma'lumotlarga ta'sir
qilmasdan olib tashlaydi, Tanlovning chetidan chetlarini olib tashlang tanlangan
maydon chegarasidagi pauzalarni istisno qiladi, shuningdek tashqaridagi barcha
ma'lumotlarni
o‘chirib
tashlaydi.
Olib
tashlashSukunato‘rtasidaiboralar
(yaratadimintaqalar) iboralar orasidagi sukunat qismlarini olib tashlaydi (ovoz
yozish paytida). VA Ma'lumotni boshidan olib tashlang va fayl uzunligini
cheklangboshidagi sukunatni yo‘q qiladi ovozli faylva shuningdek, yozuvning
oxirini belgilangan nuqtada qisqartiradi. Bundan tashqari, "Oldindan o‘rnatilgan"
ochiladigan ro‘yxatida eng mashhur vazifalar uchun bir nechta oldindan
o‘rnatilgan sozlamalar mavjud.
Yozuvning bir qismini boshqasiga yoki silliq pasayishiga ta'sirini yaratish
uchun siz funktsiyadan foydalanishingiz mumkin. Asbob yordamida trekning
balandligini yoki uning alohida qismlarini sozlashingiz mumkin
Tovush, Turli xil sifatli yozuv qismlarini "tekislash" ga imkon beradi
Normallashtirish funktsiyasi Ovozni o‘chirish yozuvning keraksiz qismlarida
ovozni to‘liq o‘chirishga yordam beradi.
Bit-Depth Converter - bu audio faylning bit chuqurligini o‘zgartiradigan
muhim vosita. Yozuvni qayta ishlashdan oldin uning bit chuqurligini oshirish
tavsiya etiladi - bu trekning sifatini oshirmaydi, balki uning o‘lchamlarini oshiradi
va faylni keyinchalik tahrirlash va qayta ishlash shovqin paydo bo‘lishiga olib
kelmaydi. Faylning bitligini tushirish uning sifatini ham pasaytiradi, ammo ba'zi
hollarda siz bunday bosqichga o‘tishingiz kerak bo‘ladi - masalan, kompakt-diskka
24 bitli faylni yozish uchun uning bit chuqurligini 16 bitgacha kamaytirishingiz
kerak bo‘ladi, chunki analog CD faqat shu bit chuqurlikdan foydalanishi mumkin
... Aytgancha, bunday hollarda har bir o‘t o‘chiruvchi uchun asl nusxaning
nusxasini qoldirish kerak.
55
Yana bir qiziqarli xususiyat - bu ovoz balandligini o‘zgartirmasdan vaqt o‘tishi
bilan yozuvni siqish / uzaytirish qobiliyatidir. Bu, masalan, video trekni sozlashda
foydalidir. Bu asbob yordamida amalga oshirilishi mumkin Vaqt uzayadi... Dastur
19 xil rejimni taqdim etadi ( Rejim) siz ishlayotgan audio ma'lumotlarning o‘ziga
xos turi uchun. Time Stretch sozlamalari oynasida trekning qancha cho‘zilgani
yoki qisqarganligini ko‘rsatadigan shkalada kerakli ko‘rsatkich bo‘yicha maxsus
ko‘rsatkichni o‘rnatishingiz kerak.
Har bir fayl o‘z oynasida ochiladi va chastota diagrammasi ko‘rinishidagi
kanallar soniga ko‘ra taqdim etiladi. Fayl oynasining sarlavhasi teglardan olingan
uning nomini aks ettiradi va shuning uchun fayl nomidan farq qilishi mumkin.
Sarlavha ostida, kanal maydonining yuqorisida Sound Forge xronologiyasi,
kanal ostidan esa aylantirish paneli joylashgan. O‘tkazish satrining o‘ng va chap
tomonida piktogramma tugmalari mavjud "ortiqcha va minus".O‘ngdagi tugmalar
gorizontal ravishda faylning chastota diagrammasini cho‘zish yoki qisqartirish
uchun mo‘ljallangan. Bu, masalan, faylning bir qismini aniqroq tanlash uchun
kerak bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Sound Forge-da gorizontal ravishda klaviaturadagi pastga va
yuqoriga o‘q tugmachalari, sichqonchaning g‘ildiragi yordamida va aylantirish
satrining
istalgan
chekkasini
ushlab,
o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali
kattalashtirish mumkin. O‘tkazish satrining chap tomonida joylashgan "ortiqcha"
va "minus" tugmalari yordamida chastota diagrammasini vertikal ravishda oshirish
yoki kamaytirish mumkin. Faylning balandligi va davomiyligi o‘zgarmaydi, faqat
displey o‘zgaradi. O‘tkazish satrini yoki vaqt jadvalini ishlatib, chastota
diagrammasini gorizontal ravishda harakatlantirishingiz mumkin.
Faylni tahrirlash.
Sound Forge-da kesish, nusxalash, joylashtirish va boshqa ko‘plab
operatsiyalarni bajarish uchun Edit Tool rejimi yoqilgan bo‘lishi kerak. Rejimni
almashtirish amalga oshiriladi
yoki menyuda paydo bo‘ladi "Tahrirlash" Bo‘lim "Asbob",yoki asboblar
panelidagi tugmalar, yoki qulf tasviri bilan tugmachaning o‘ng tomonida
joylashgan fayl oynasining yuqori chap burchagidagi tugma. Ushbu tugmachani
bosish, mavjud rejimlardan mavjud bo‘lgan barcha rejimlarni almashtiradi, ya'ni:
Asbobni tahrirlash, kattalashtirish vositasi, qalam vositasi, tadbir vositasi va
"Konvert uchun vosita".
Ikkala marker o‘rtasida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta
bosish audio trekning bir qismini tanlaydi. Agar tanlovni takroran ishlatmoqchi
bo‘lsangiz, uni Hudud deb belgilash mantiqan to‘g‘ri keladi. Maydonlar yashil
kvadratchalar bilan belgilanadi va audio trekning parchasini aks ettiradi,
markerlardan farqli o‘laroq, to‘q sariq kvadratchalar bilan ko‘rsatilgan va vaqtni
56
belgilaydigan belgilar. Siz menyuda "Hudud" buyrug‘i yordamida tanlovni
mintaqa sifatida belgilashingiz mumkin "Qo‘shish", "Tahrirlash" menyusining
"Hududlar ro‘yxati" bo‘limining "Qo‘shish" buyrug‘i yoki tugmachani bosish
orqali "R" klaviaturada. Buyruq "Hududlarga markerlar" Bo‘lim "Mintaqalar
ro‘yxati" menyuda "Tahrirlash" audio markadagi barcha bo‘shliqlarni mintaqalar
sifatida belgilaydi. Buyruq bajarilishidan oldin tasdiqlashni talab qiladi. Ushbu
buyruqni bajargandan so‘ng, chastota diagrammasida markerlar qolmagan,
ularning barchasi mintaqalarning chegaralariga aylanadi. Sound Forge
maydonining kontekst menyusi buyruqlari bilan ishlash markerning kontekst
menyusi buyruqlari bilan ishlashga o‘xshaydi. Hududni tanlash buyrug‘i maydonni
tanlashga imkon beradi va "Split"maydonni ikkiga ajratadi. Bo‘linish kursor
joylashgan joyda sodir bo‘ladi.
Sound Forge-da ovozli qismlarni aralashtirish uchun "Mix ..." buyrug‘idan
foydalaning. Buferning tarkibi hozirda faol bo‘lgan faylning audio trekning bir
qismi bilan aralashtirilgan.
Aralashtirishni boshlashdan oldin, kursorni joylashtiring yoki chastota
diagrammasida kerakli joyni belgilang. Buyruqni ishga tushirgandan so‘ng
"Aralash ..."aralashtirish maydoni chastota diagrammasida ta'kidlangan va oyna
paydo bo‘ladi "Aralashtirish / almashtirish"unda siz aralashtirish parametrlarini
o‘rnatmoqchisiz. Parametrlar "Fade In" va "Fade Out" aralash fragmentning kirish
vaqti va turini (In) va end (Out) ni belgilashga imkon beradi.
Davomiylik qiymati parametr nomidan so‘ng darhol maydonga o‘rnatiladi.
Keyinchalik, kirish yoki tugatish turlaridan birini tanlashga imkon beruvchi
ochiladigan ro‘yxat mavjud. Davomiyligi sichqoncha yordamida audio trekning
tanlangan qismiga o‘rnatilishi mumkin, ammo oynadagi raqamli ma'lumotlarni
sozlash "Aralashtirish / almashtirish" buni aniqroq bajarishga imkon beradi.
Belgilash katagi "Solishning mutanosib uzunliklari" davomiylik qiymatini
aralash fragment hajmining foizida ko‘rsatishga imkon beradi. Agar davomiylik
qiymatlaridan birortasi nolga teng bo‘lsa, u holda aralash qism so‘nmasdan yoki
o‘chib ketmasdan aniq ijro etiladi.
Tugmani bosib aralash natijasini oldindan ko‘rib chiqish "Oldindan ko‘rish"
belgilanmaganida "Bypass".Agar siz tanlangan qismning ovozini aralashtirmasdan
tinglashni xohlasangiz, ushbu katakcha tanlangan.
Sound Forge aralashtirish jarayoni tugmani bosish bilan boshlanadi
"OK",tugmasi "Bekor qilish" aralashtirishni rad etishga imkon beradi.
Faylni qayta ishlash
Bobda "EQ"menyu "Jarayon"ekvalayzerlarning uch turi mavjud "Grafik",
"Paragrafik" va "Parametrik"... Ekvalayzer "Grafik" uchta yorliq bor - "Konvert",
"10 tasma" va "20 tasma".
57
"Konvert" yorlig‘ida u grafik sifatida taqdim etiladi. 20 gigagertsdan 20 kHz
gacha chastotalar gorizontal o‘qi bo‘ylab, tovush balandligi vertikal o‘qi bo‘ylab
chizilgan.
Sozlash jadvaldagi nuqtalarni shakllantirish va ularni sichqonchaning chap
tugmasi bilan harakatlantirish orqali amalga oshiriladi. Ovoz balandligi yuqori
bo‘lgan chastotalar "dB 0" kuchaytiriladi, pastroq - mos ravishda, zaiflashadi.
Ovoz spektridan chastotani olib tashlash uchun uning ovoz balandligini "- Inf."
Ga tushiring. Kursorni diagramma ustiga qo‘yganingizda, u ko‘rsatkich
barmog‘iga aylanadi.
Agar kursor yonida "+" belgisi ko‘rsatilsa, demak, sichqonchaning chap
tugmachasini bosganingizda, diagrammada yangi nuqta hosil bo‘ladi. Grafadagi
mavjud nuqtani sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish yoki chap bilan ikki
marta bosish orqali o‘chirishingiz mumkin.
Deyarli barcha ovoz kartalarida mikrofon kuchaytirgichlari sifati juda past
bo‘ladi, shu sababli alohida mikrofon kuchaytirgichi yoki kuchaytirgichli
miksherga ega bo‘lish tavsiya etiladi.
Ovozli ma’lumotlarni yozishda raqamlashtirish chastotalari tanlovi
Raqamli audiofayllarni tayyorlash anchagina sodda. Agar Siz ovozli material
(analogli tashuvchi, masalan magnit lentada musiqa yozuvi yoki ovozli effekt) ga
ega bo‘lsangiz, u holda dastlab bu materialni raqamlashtiring va raqamli axborot
tashuvchilarga yozing. Ko‘pchilik hollarda bu jarayon – ovozli material ijro etilib,
ovozni mos raqamlashtiruvchi dasturlar yordamida kompyuter xotirasiga kiritish
orqali bajariladi.
Raqamli audiofayllarni tayyorlashda ikkita aspektga alohida e’tibor qarating:
talab qilinayotgan ovoz sifati operativ va doimiy xotira hajmiga mos bo‘lsin;
yaxshi, tiniq ovoz yozuviga ega bo‘lish uchun mos yozish darajasiga ega qurilma
zarur.
Ko‘pchilik ovoz kartalari maksimal chastotalarda yaxshiroq ishlaydi, shu
sababli 44.1 KGs diskretizatsiya bilan ovoz yozish ma’qulroq, keyinchalik,
zaruratga qarab, past chastotali fayllarga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Matematik
nuqtai nazardan, raqamlashtirish chastotasi yozilayotgan signal chatotasidan ikki
marta yuqori bo‘lishi kerak. Kompakt disklarga yozish jarayonida yuqori
aniqlikdagi 20 KGs chatotali ovozni uzatish uchun 44.1 KGs raqamlashtirish
chastotasi qo‘llaniladi. Biroq kompyuterlar uchun multimedia loyihalarini
yaratishda mashina imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi – katta
raqamlashtirish chastotasi fayllarni saqlash uchun katta xotira hajmini va ijro etish
uchun mukammal kompyuterni talab qiladi. Uncha ko‘p bo‘lmagan katta yoshdagi
kishilargina 15 KGsdan yuqori chatotali ovozni eshita olishlari mumkin, bu
chastota odatda stereofonik eshittirishlar uchun chegara bo‘lib xizmat qiladi. Katta
58
yoshli erkakning ovozi kamdan-kam holatda 7.5 KGs chastotadan oshadi. Bulardan
kelib chiqib, multimedia loyihalari musiqali yo‘lakchalarini, shuningdek, kadr
ortidagi ovoz va musiqa va ovozdan tashkil topuvchi ovozli yo‘lakchalarni
yozishda 22.05 KGs raqamlashtirish chastotasi, kadr orti ovozlari va ovoz
effektlarini yozish uchun 11 KGs chastota qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Shunday qilib, ovozli ma’lumotlar bilan ishlashda quyidagilarni qo‘llash
tavsiya etiladi:
- ko‘pchilik taqdimot va multimedia loyihalar uchun – 22.05 Gs, 8 bit, stereo
yoki
22.05
KGs,
16 bit, stereo; - nutqni yozish uchun – 22.05 KGs, 16 bit, mono yoki 11 KGs, 8 bit,
mono; - yetarlichi quvvatli komp-yuterlarda ijro maqsadidagi sifatli musiqa
asarlarini yozish uchun – MP3 formatda 44.1 KGs, 16 bit, stereo.
Dostları ilə paylaş: |