Ma’ruza mavzulari


VIDEOMONTAJ. ULEAD VIDEO STUDIO DASTURIDA ISHLASH



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

VIDEOMONTAJ. ULEAD VIDEO STUDIO DASTURIDA ISHLASH 
Ulead VideoStudio tahrirlagichi umumiy ko‘rinishi 
VideoStudio yuklanganda hosil bo‘luvchi oyna 
VideoStudio yuklanganida videomontaj rejimlaridan birini tanlash uchun 
muloqot oynasi paydo bo‘ladi: 


64 
VideoStudio 
tahrirlagichi 
VideoStudioda 
videomontajning barcha funksiyalaridan foydalanish, 
ya’ni kliplar, titrlar, effektlar va musiqali kadrlar 
yaratishdan natijaviy filmni yozish yoki boshqa 
tashuvchiga ko‘chirishgacha bo‘lgan barcha jarayonni 
to‘liq boshqarish imkoniyatini beradi.
Filmlar ustasi videomontaj bilan shug‘ullanishni 
endigina boshlaganlar uchun juda qo‘l keladi. U uchta 
tezkor va sodda bosqichlar yordamida filmlar 
yaratishga yordam beradi. 
DV-to-DVD ustasi video olish, unga tematik 
shablonlar qo‘shish, natijani diskka yozishga yordam 
beradi. 
DV-to-DVD ustasi 
DV-to-DVD ustasi DV formatdagi materiallar asosida tezkor film yaratishga 
yordam beradi.
1-bosqich - Epizodlarni qidirish.
DV pkenkalardan skaner qilib, filmga qo‘shish mumkin bo‘lgan epizodlarni 
tanlang. 
1.
Videokamerani kompyuterga ulang va uni ishga tushiring. Uni 
namoyish (yoki VTR/VCR) rejimiga o‘tkazing.
2.
Qurilmalar ro‘yxatidan yozuvchi qurilmani tanlang.
3.
Olingnan videoroliklar uchun fayl formatini tanlash uchun Format 
zaxvata strelkasini bosing. 
4.
Plenkadagi barcha videoroliklarni yozish (Zapisatь vsyu lentu) yoki 
DV plenkasini skaner qilish (Poisk epizodov) kerakmi ekanligini ko‘rsating. 
Ulead VideoStudio tahrirlagichi umumiy ko‘rinishi 
Ulead VideoStudio tahrirlagichini yuklash uchun VideoStudio Editor tugmasi 
bosiladi: 


65 
Tahrirlagichning bosh oynasi montaj stoli 
deb 
ataladi. Tahrirlahichning File – Fayl meyusi 
komandalari yordamida Windows muhitida 
ishlovchi boshqa tahrirlagichlar kabi loyiha 
yaratish (New Project – Sozdatь proekt Ctrl+N), mavjud loyihalar ro‘yxatidan 
ko‘rsatilgan loyihani tahrirlagichga yuklash (Open Project… – Otkrыtь proekt … 
Ctrl+O), joriy loyihani saqlash (Save – soxranitь, Save As… – soxranitь kak…) 
kabi amallarni bajarish, shuningdek, Paket intellektualьnыx funksii … menyu 
komandasi yordamida loyihaning barcha fayllarini bitta katalogda saqlash mumkin.
Edit – Pravka menyusi ham Windowsning boshqa dasturlari kabi Sizga tanish 
komandalarga ega: Undo – Otmenitь Ctrl+z, Redo – Povtoritь Ctrl+y, Copy – 
kopirovatь Ctrl+C, Paste – Vstavitь Ctrl+V, Delete – udalitь. 
Menyuning keyingi bo‘limlari esa videomontaj bosqichlari bo‘lib, bu 
bosqichlarini aynan menyuda keltirilgan tartibda bajarish shart emas. Faqat oxirgi 
bo‘lim Share bo‘limi haqiqatan oxirida bajarilishi ma’noga ega bo‘ladi.
Tahrirlagichning navbatdagi qismi – loyiha yoki yaratilayotgan videoning 
alohida epizodini oldindan ko‘rish uchun mo‘ljallangan oynacha bo‘lib, bu 
oynaning pastki qismida navigatsiya satri, shuningdek, oldindan ko‘rilayotgan 
epizodlarning istalgan qismini ko‘rish imkoniyatini beruvchi o‘tkazgich 
joylashgan. 
VideoStudio 
tahrirlagichining 
kutubxona 
qismi 
esa, 
joriy 
vaqtda 
videomontajning qaysi bosqichda ekanligiga bog‘liq bo‘ladi: 
Kutubxonaning pastki qismida esa parametrlar paneli joylashgan. Parametrlar 
paneli ham loyihada qaysi ob’yekt bilan ishlanayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
video lavhalar tahriri bosqichida video epizod tanlangan bo‘lsa, o‘sha epizod 
parametrlari hosil bo‘lsa, epizodlar uchun o‘rnatilayotgan matnli ob’yektlar (Title) 
tanlanganida o‘sha ob’yektlar parametrlarini o‘zgartirish imkonini beruvchi, ularni 
sozlovchi bo‘limlar paydo bo‘ladi: 


66 
Parametrlar panelini olib qo‘yish va hosil qilish uchun 
tugmasidan 
foydalaniladi. 
Asboblar paneli tugmachalari va ularning vazifalari haqida VideoStudioda 
montaj jarayoni bilan tanishish davomida to‘xtalib o‘tamiz: 
Asboblar panelining pastki qismida esa vaqt shkalasi (Time Line – vremennaya 
shkala) deb ataluvchi bo‘lim joylashgan bo‘lib, aynan mana shu bo‘lim, ko‘pincha 
montaj stoli deb ataladi. Chunki video montaj asosan mana shu bo‘limda bajariladi. 
Vaqt shkalasi beshta yo‘lakchadan iborat, bu yo‘lakchalarda video epizodlari, 
matn, effekt va animatsiyalar, ovoz va musiqa fayllari kabilar joylashtirilib, 
tahrirlanadi. Vaqt shkalasi uchta rejimda ishlaydi: 
– ssenariya
– vaqt shkalasi
– ovoz visualizatsiyasi 
Tanlanlangan rejimga qarab, vaqt shkalasi bo‘limi ko‘rinishini o‘zgartiradi: 
File menyusida joylashgan Preferences ... F6 (Predpochteniya …) komandasi 
yordamida VideoStudio tahrirlagichining ko‘rinishini, ya’ni yuqorida tanishtirib 
o‘tilgan ob’yektlar joylashuvini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Buning 
uchun bu komanda tanlanganida hosil bo‘luvchi muloqot oynasida Ul Layout 
(Maket polьzovatelьskogo interfeysa) bo‘limiga o‘tilib, undan Layout bo‘limidagi 
4 ta ko‘rinishlardan biri tanlanadi: 


67 
Videomontaj jarayoni bo‘limlari: 
Capture (Zaxvat). Bu bo‘limda namoyish oynasida video, web-kamera orqali 
lavha yoki videokassetada joylashgan film hosil bo‘lib, bu videoni navigatsiya 
yordamida boshqarish mumkin.
Edit (Pravka). Bu bo‘limda videoepizodlarni tahrirlash amalga oshirilib, 
kutubxonadagi tasvir yoki videoepizodlar vaqt shkalasiga ko‘chirib qo‘yiladi. 
Effect (Effekt). Bu bo‘limda videoepizodlarga (rasm yoki video) va ularning 
orasiga har xil ko‘rinish-dagi effekt turlari tanlanadi hamda o‘rnatiladi. 
Overlay (Nalojenie). Bu bo‘limda “tasvir ichida 
tasvir” effekti qo‘llanilib, bir videokadrda ikki 
epizodni joylash imkoniyati mavjud. 
Title (Titr). Bu bo‘limda videoepizod (rasm 
yoki video)larga titrlar, ya’ni tagso‘z, izoh yozuvlar 
o‘rnatiladi 
va 
uning 
turli 
ko‘rinishlari 
(imkoniyatlari) tanlanadi. 
Audio (Audio). Bu bo‘limda ovoz yozish, ovozli yoki musiqiy fayllarni 
joylashtirish hamda ularni tahrirlash imkoniyati mavjud. 
Share (Zapisь/Soxranitь). Bu bo‘limda yaratilgan multimediali faylni, 
videoepizodni qaysi formatda va qayerga saqlash ishlari bajariladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin