Ma’ruza mavzulari


 TA’LIM JARAYONIDA ANIMATSIYALARDAN FOYDALANISH VA



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

1.5. TA’LIM JARAYONIDA ANIMATSIYALARDAN FOYDALANISH VA 
ULARNING AFZALLIKLARI.
Reja: 
1. Ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish. 
2. Ta’lim jarayonida animatsiyalarning afzalliklari. 
3. Macromedia Flash dasturi va uning imkoniyatlari.
4. Macromedia Flash dasturining uskunalari.
5. Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish. 
 
Tayanch tushunchalar: axborot tizimlarini loyihalashni tashkillashtirish
umumiy yondashuvlar; loyihalash bosqichlari. 


35 
 
Multimediani ta'limda qo‘llashning asosiy afzalliklari. 
Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli 
axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali 
mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks 
tadqiqot natijalariga ko‘ra (Shephard – Shepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan 
multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
1. Muqobil istiqbollar 
2. Faol ishtirok 
3. Tezkor ta'lim olish 
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish 
5. Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari 
6. Tizimli ravishda tushuna borish 
7. YUqori darajadagi tafakkur 
8. Mustaqillik va e'tiborlilik 
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish 
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari 
Matn va videoning onlayn usulidagi trening jarayonida birga ishlatilishi. 
Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib 
o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini 
yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra 
multimedianing ma'lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish 
kanallarining 
bir-biridan 
keskin 
farq 
qilishiga 
qaramasdan, 
ularning 
multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda 
ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika 
o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model 
(tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Learning Peaks firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, sotuv bo‘yicha 
onlayn usulidagi trening ekrani ko‘rsatilgan. Ushbu misolda ekranning o‘ng 
tarafidagi matnda, videoda ko‘rsatilayotgan jarayonga qisqacha sharh berib 
o‘tilgan. 
Multimedianing samaralilik prinsiplariga ko‘ra (Meyer bo‘yicha), ta'limning 
muvaffaqiyatliligini oshirish uchun tasvir va sharhlovchi matn bir-biriga 
yonma-yon 
joylashgan bo‘lishi zarur. 
O‘quvchilarni (o‘quv jarayonini) boshqarish (vazifa uchun vaqt, o‘zaro faollik, 
navigatsiya) Motivatsiya (tashqi, ichki). 
O‘qitish stili (yo‘zaki/chuqur, tashqi omillarga bog‘liq/tashqi omillarga bog‘liq 
emas, faol/sust, vizual/verbal, “Kolb”ning 4 stili). 
Kognitiv jalb etish. Salohiyat (umumiy, spetsifik) Refleksiya. 


36 
Ushbu model ishlab chiqaruvchilarga qaysi omillar multimedianing ta'lim 
jarayoni uchun u yoki bu darajada samarali bo‘lishini hisobga olishda yordam 
beradi.
Layo (Liao)ning meta-tahlili multimedia resurslarisiz o‘qitish natijalarining 
to‘laqonli bo‘lmasligi va ushbu nomukammallik modelning ko‘pgina omillari 
bo‘yicha yo‘z berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Multimedia resurslarining 
samaraliligiga Xede va Xede modelida keltirilgan omillardan har qaysisining ta'sir 
etishi mumkinligi bois, Layoning xulosalari umumiy pedagogik dizaynning 
qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ta'kidlash mumkinki, multimedia resurslari 
ta'lim jarayoniga juda ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni 
yaratishga e'tibor bilan yondashish zarur. 
Ta'lim jarayonida multimedia qanday ishlaydi? 
Samarali ishlab chiqilgan ta'lim muhiti (shu jumladan, multimediali 
ta'lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi: 
1. Axborotlarni aks ettirish. 
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma. 
3. Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar. 
4. O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqich (qadam)ga o‘tish zarurligini 
aniqlash uchun o‘zini baholash. 
Ushbu to‘rtta element elektron o‘quv resurslaridan foydalangan holdagi 
ta'limda yoki an'anaviy ta'lim turlari bilan bo‘lgan kombinatsiyalarda ishlatilishi 
mumkin. Elementlarning barchasini multimediasiz ishlatish mumkinligiga 
qaramasdan, multimediada ushbu elementlardan foydalanish ularni yanada 
samaraliroq va muhimroq qiladi. 
Meyerning tadqiqotlaridan ma'lumotlarni keltirishdan maqsad, agar quyidagi 
prinsiplarga rioya qilinsa, axborotlarni xotirada saqlab qolishga va o‘zatishga 
multimedia qanday ta'sir etishini ko‘rsatishdir. Ushbu prinsiplar o‘z avvalini ishchi 
xotiraning chegaralanganligi haqidagi fikrlar va o‘zoq muddatli xotirada kodlash 
prinsiplari to‘g‘risidagi ilm-fan tasavvurlaridan boshlagan. 
Ta'lim jarayonida ekrandagi animatsiyaning matn bilan izohlanishidan ko‘ra 
suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroqdirTa'lim jarayonida ekrandagi 
animatsiyaning ham suxandon ovozi, ham matn bilan izohlanishidan ko‘ra faqat 
suxandon ovozi bilan sharhlanishi yaxshiroq. 
Hususiy farqlari 
Ushbu tamoyillarning samarasi o‘quvchilarga yuqori darajadagi bilimlarni 
berishdan ko‘ra boshlang‘ich bilimlarni berishda hamda hududiy jihatdan bir-
biriga yaqin joylashgan hudud o‘quvchilaridan ko‘ra bir-biridan juda ham olisda 
joylashgan o‘quvchilarni o‘qitishda sezilarli darajada namoyon bo‘ladi. 
1-jadval: Meyer bo‘yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari. 


37 
Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy 
komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta'lim 
oluvchilarga ta'limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va 
o‘tish imkonini beradi. 
Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o‘zatish uchun 
yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum 
ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha 
o‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining 
vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. 
Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim 
modeliga diqqati ko‘p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg‘u beriluvchi 
falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog‘langan. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim 
shunday ta'limki, u: 
• Ta'lim oluvchiga yo‘naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy 
qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan; 
• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va shakllantirishga, 
tafakkurini rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida 
yetilishiga, o‘rganishga bo‘lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning 
zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamol toptirish va 
o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga 
ko‘maklashadi; 
• yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va 
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo‘lgan jamiyat 
ehtiyojlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan. 
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: 
• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash; 
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish; 
• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga 
chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, 
o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, 
olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, 
mehnatga bo‘lgan munosabati); 
• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir 
shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni 
individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; 
• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- 
qimmatini tan olish; 


38 
• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish; 
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o‘qib va 
rivojlanib boradi; 
• ta'lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish 
uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam 
beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil 
qilish. 
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta'limni amalga 
oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali 
o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. 
Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar 
bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan 
jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan 
laboratoriya amaliyotlari kiradi. 
Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning 
manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, 
shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, 
interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor 
ta'lim texnologiyasi hisoblanadi. 
Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari 
bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. 
Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni 
taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim 
etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan 
sozlovlarni 
individual 
tarzda 
o‘zgartirishi, 
natijalarini 
o‘rganishi, 
foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, 
materiallarni taqdim etish tezligini hamda 
takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir 
qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv 
materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay 
vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. 
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va 
ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) 
o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi. 
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda 
ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim 
etish, balki ta'lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni 
boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. 


39 
Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy 
ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim 
etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emotsional darajani ta'minlab 
turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo‘nalishlari (stillari) 
uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli 
ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi 
mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok 
etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni 
o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.Interfaol multimedia texnologiyalari akademik 
ehtiyojga ega bo‘lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, 
eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish 
malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini 
ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan 
ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. 
Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) 
bo‘lib, u o‘qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi 
ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat 
matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan 
foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) 
darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish 
imkoniyatini yaratadi. 
Multimedia vositalarini ta'limda qo‘llashning asosiy muammolari va 
kamchiliklari. 
Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha 
salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni 
yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va 
texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, 
axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa 
jihatlar kiradi. 
Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan 
foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar 
diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. 
Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar, turli 
havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin. 
O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining 
audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko‘rinishidagi 
materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. 
Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim 
oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. 


40 
Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak 
bo‘ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga 
keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan samarali foydalanishni 
ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan 
bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni 
matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori 
sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish 
jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga 
chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni 
talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va 
jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat 
hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop 
etib olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi. 
 
Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan 
foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik 
formatlardan bo‘lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari 
cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda, 
kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining 
imkoniyatlardan yana biri -bu uning moslashuvchanligidir, ya‟ni bu format barcha 
platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli 
kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin.Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida 
yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo‘lishi, balki interfaol elementlar va 
tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin. 
Flashtexnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya dasturlar 
yaratish imkoniyati ko‘pchilik Web-dizaynerlar o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘lib, 
uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning 
yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-
brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar 
Plug-In yaratildi. Bu esa, o‘z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham 
keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari 
swfformatini o‘z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni 
boshqa yirik dasturiy ta‟minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo‘llay 
boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar 
bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko‘p muxlislarning foydalanishiga olib keldi. 
Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to‘liq 
to‘plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia Director 
Shockwave Studio- multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va 
Macromedia Fireworks- grafik tasvirlar muharriri,Macromedia Authorware va 


41 
Macromedia CourseBuilder- interfaol o‘rgatuvchi kurslarni yaratish muharriri va 
boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko‘p 
ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunkiushbu dastur ixtiyoriy Web-
sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish 
imkonini beardi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb 
atalish odatga kirib kolgan. 
Flash texnologiyalar tarkibining elementlari: 
• vektorli grafika; 
• animatsiyani bir qancha usullarda ishlash; interfeysda interfaol elementlarini 
yaratish; sinxron ovoz qo‘shish;• 
HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga 
o‘tkazishni ta‟minlash; 
mustaqil platformali; 
Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko‘rish 
imkoniyati mavjud; 
vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko‘plab murakkab 
amallardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik asnektlarni 
o‘rganishni talab etmaydi. Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi 
o‘rinlardan birini rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics 
Interchange Format - ma‟lumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join 
Photographic Experts Group – tasvir bo‘yicha mutaxassislar birlashgan guruhi) va 
PNG (Portable Network Graphics- ko‘chirma grafik format) va boshqa formatlarni 
keltirish mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – 
inglizca pixels) dan iboratbo‘ladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bog‘liq bo‘lmaganligi 
uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va koordinatasi berilishi kerak. Oddiy 
holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-qora), u holda har bir 
pikselni ta‟riflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) ta‟riflash etarli 
bo‘ladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak 
bo‘ladi (256=28). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 
razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar o‘lchami tasvirni rang chuqurligi 
o‘sgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, 
tasvir sifati piksel o‘lchamiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida monitorniimkoniyati 
bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda har xil ko‘rinishga 
ega bo‘lishi mumkin. Rastrli tasvir o‘lchamini o‘zgartirish juda ham murakkab 
ishdir. Chunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o‘sishiga olibkeladi. 
Kompyuter grafikasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli 
tasvirlar piksellar «ko‘ naytirish» yoki “o‘chirish (agar tavirni 
kichraytirish kerak bo‘lsa)” algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham 
ushbu masalani oqilona bajara olmaydi.Web-sahifalarni yaratishda birinchi 


42 
o‘rinlardan birini vektorli grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi 
matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish 
etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch- to‘rt raqam kerak 
bo‘ladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli 
grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:• 
vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida 
rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi; • 
tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan 
kattalashtirish imkoniyati mavjudligi; 
tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko‘chirishning qulayligi. Albatta, 
vektorli tasvirlarni o‘z kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni 
vektorli formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga 
echimni tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli 
balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin. 
Macromedia Flash dasturida ob'ektlarni chizish uchun maxsus chizish 
uskunlari mavjud. Ular quyidagi uskunalar paneli (Tools) da joylashgan. 
Bu uskunalar quyidagi amallarni bajaradi: - Selection Tool (V) belgilash 
uskunasi; - Subselection Tool (A) belgilash uskunasi;; 
- Line Tool (N) chiziq chizish uskunasi; 
- Lasso Tool (L) ixtiyoriy belgilash uskunasi; - Pen Tool (P) ruchka uskunasi; 
- Text Tool (T) tekst yozish uskunasi; 
- Oval Tool (O) aylana, ellips chizish uskunasi; - Rectangle Tool (R) 
to‘rtburchak chizish uskunasi; - Pencil Tool (Y) qalam uskunasi; 
- Brush Tool (B) shyotka uskunasi; 
- Free Transform Tool (Q) ob'ektni erkin o‘zgartirish (aylantirish) uskunasi; 
- Fill Transform Tool (F) rangni o‘zgartirish uskunasi; - Ink Bottle Tool (S) 
rang quyish uskunasi; 
- Paint Bucket Tool (K) rang quyish uskunasi; - Eyedropper Tool (I) rangni 
aniqlash uskunasi; - Eraser Tool (E) o‘chirg‘ich; 
- Hand Tool (H) ish stolini surish uskunasi; 
- Zoom Tool (M,Z) ish stolini katta, kichik qilish uskunasi; 
- Fill+Sroke Color chiziq va soxa rangini tanlash, belgilash uskunasi; 
Bu uskunalardan foydalanib ixtiyoriy ob'ektni chizishimiz mumkin. Endi bu 
uskunalarning ayrimlari bilan ishlashni ko‘ramiz. 
Chiziq. Chiziqning 6 ta turi mavjud. 
Aylana, ellips. 
To‘rtburchak, kvadrat. 
Qalam. 


43 
Macromedia Flash dasturida shulardan foydalani ixtiyoriy ob'ektni chizish 
mumkin. 
Matn bilan ishlan. 
Matn kiritish uchun uskunalar(Tools) panelidan matn kiritish uskunasi 
tanlanadi va chichqonchaning chap tugmasi ish maydoni ustida bosiladi. Ish 
maydonida matn kiritish imkoniyati yaratiladi. 
Matn uch xil turda bo‘ladi.Bular Static Text, Dynamic Text va Input Text 
lsrdir. Quyidagi rasmda matn yozishning barcha xususiyatlari keltirilgan. 
Bunda 
matn 
formatini 
(shrifti, 
o‘lchami, qalin+kursiv), rangi va 
koordinatalarini belgilash, o‘zgatirish imkoniyati mavjud. 
- matn turlari 
- matn ko‘rinishini o‘zgartirish 
- matn koordinatasi o‘rnatish 
- matn shrifti, o‘lchami va rangini belgilash 
Ranglar bilan ishlash (Colors) 
Ma'lumki barcha ranglar uchta ranglar kombinatsiyasidan xosil bo‘ladi. Yani 
RGB (Red, Green, Blue) qizil, yashil va ko‘k ranglaridan tashkil topadi. Flash 
dasturida ranglarni tanlash paneli(Color Mixer) mavjud. Rang tanlash paneli(Color 
Mixer) xususiyatlari quyidagi rasmda keltirilgan. 
Ko‘rib 
turganingizdek 
rang 
tanlashni 
None(ixtiyoriy 
rang), 
Solid(monoxromatik), Linear(Liniya, gradient ko‘rinishidagi), Radial(radial) va 
Bitmap(rasm) turlari mavjud. Bu xususiyatlar ish stolidagi(maydonidagi) 
belgilangan soxani rangini belgilash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari yana 
uskunalar paneli(Tools) da soxa va soxa chegarasidagi liniya rangini tanlash 
uskunalari mavjud. 
- chiziq va soxa rangini tanlash uskunalari 
Bu uskunalar bilan birga rang tanlash va uning xususiyatlarini o‘zgartirishda 
yana quyidagi uskunlardan foydalaniladi: 
- chegaralangan soxaga rang quyish uskunasi; 
- Linear va Radial ranglarni o‘zgartirish uskunasi; - Rang quyish uskunasi; 
- Ixtiyoriy soxadagi ixtiyoriy rangni (#A5B898 ko‘rinishda) aniqlash uskunasi; 
Ko‘rib turganingizdek, ranglar maxsus o‘n oltilik sanoq sistemasida kodlanadi. 
Misol uchun: #D4CC76, #5BA29E, #00FFCA. Bu kodlar oltita simvol bilan 
ifodalanib, RGB (Red,Green,Blue) ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan #D4CC76 rangini 
RGB ko‘rinishida ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, Red(D4), Green(CC), Blue(76) bo‘ladi. 
Shu o‘rinda aytishmiz lozimki, dizaynerlik soxasida rang tanlash eng asosiysi 
xisoblanadi va ranglarni uyg‘unligini mos ravishda tanlash juda katta ahamiyatga 
ega. 
Frame va Layer lar bilan ishlash 


44 
Macromedia Flash dasturida animatsiya va prezentatsiyalar yaratishda qavat 
(Layer) va kadrlar (Frame) ni o‘rni juda muhim ahamiyatga ega. Chunki xar bir 
animatsiya va prezentatsiya shu kadrlar va qavatlar asosiga quriladi. Kadrlar va 
qavatlar Timeline oynasida jo‘ylashgan. Quyidagi Timeline oynaning umumiy 
ko‘rinishini ko‘rib turibsiz. 
Kadr qo‘shish uchun [F6] yoki [F5] tugmasi bosiladi. Timeline oynasida qavat 
(Layer) qo‘shish va qavat papkasini(Layer Folder) qo‘shish tugmalari mavjud. 
Eng sodda animatsiya aratilganidagi qavatlar va kadrlar ko‘rinishi 
yuqoridagidek ko‘rinishida bo‘ladi. 
Animatsiya (Motion) 
Animatsiya yaratish unchalik murakkab emas. Macromedia Flash dasturi eng 
sodda animatsiyani yaratish bir necha qadamdan iborat. Murakkablarini yaratish 
uchun esa sizdan ozgina sabr-toqat va biroz vaqt talab qiladi. Keling xozir eng 
sodda animatsiyani yaratamiz. Buning uchun uskunalar panelidan matn yozish 
uskunasini tanlaymiz va ixtiyoriy matnni kiritamiz. Masalan quyidagidek: 
Endi Timeline bo‘limidan ixtiyoriy(namunada biz 25- Frameni tanladik) Frame 
ga (sichqonchaning chap tugmasini) chertib, [F6] tugmasi bosiladi. Va matn 
koordinatasi o‘zgartiriladi. 
So‘ngra Timeline oynasidan aktiv Layer ning ixtiyoriy 
(1- va 25- Frame lardan biriga chertiladi) Frame ga chertib, Properties 
bo‘limidan Tween -> Motion tanlanadi. 
Natijani ko‘rish uchun yuqoridagi menyudan Control -> Test Movie tanladi. 
Yoki osonroq usuli klaviatura yordamida [Ctrl] va [Enter] tugmalari birgalikda 
bosiladi. Natija esa ikkala xolatda ham quyida ko‘rib tuganingizdek bir xil: 
Bu kabi animatsiyalar asoasn Internet tarmog‘ida saytlar banneri uchun, turli 
reklama roliklari uchun keng qo‘llaniladi. va albatta katta-kichik prezenttsiyalar va 
animatsiyalar yaratishda ham ishlatiladi. 
Animatsiya (Shape) 
Animatsiya yaratishda Shape yani bir xolatdan ikkinchi xolatga silliq (tekis) 
o‘tish xossasidan foydalaniladi. Buning uchun ixtiyoriy ob'ektni chizib olamiz. 
Misol uchun aylanani olaylik. 
So‘ng bizga kerakli bo‘lgan ikkinchi xolatni chizamiz. Bungni uchun Timeline 
bo‘limidan ixtiyoriy Frame ga sichqonchani chap tugmasini bosib [F6] tugmasi 
bosiladi. Va bu oxirgi Frame dagi ob'ekt o‘chirilib o‘rniga ixtiyoriy boshqa bir 
ob'ktni chizamiz. Bu xolatda to‘rtburchak chizamiz. 
Endi esa ixtiyoriy Frame ga sichqonchaning chap tugmasini bosib Properties 
bo‘limidan Tween -> Shape tanlanadi. 
Va albatta natijani ko‘rish uchun Ctrl + Enter tugmasi bosiladi. Natija esa 
ko‘rib turganingizdek: 


45 
Shape xossasining vazifasi bir xolatdan ikkinchi xolatga silliq(tekis) 
o‘tkazishni ta'minlaydi. Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratishning 
asosiy xossalaridan xisoblanadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin