Ma’ruza mavzulari


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 
1. Elektron ta’lim nima? 
2. Elektron va masofaviy ta’limni tashkil etish? 
3. Elektron va masofaviy ta’limni tashkil etish tizimlari? 
Adabiyotlar: 
1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. 
Toshkent, “Sharq”, 2000-y. 
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: 
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b. 
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.: 
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b. 
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn, 
“Noshir”, 2011-yil, 367 b. 
 
 
Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodleda kurs yaratish. 
Reja: 
1. Elektron ta’limni boshqaruv tizimi. 
2. Moodleda kurs yaratish. 
 
Tayanch tushunchalar: Elektron ta’lim, elektron ta’limni boshqarish 
tizimlari, Moodle, Moodleda kurs yaratish. 
 
Hozirgi kunda yig‘ilib qolgan manbalarni jamlash va tizimlashtirish uchun 
Moodle Centerda http://moodle-center.ru sayti yaratilgan. Ushbu sayt vaqt o‘tishi 
bilan ommalashib Moodle tizimining ishlashi haqida ma’lumotlar joylashtirila 
bordi va tizimning asosiy manbasiga aylandi. 
Moodle tizimi bu masofaviy ta’lim va elektron ta’limni qo‘llab quvvatlovchi 
tizim hisoblanadi. Uning imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. 
Masofaviy ta’lim – zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari
vositasida masofadan turib ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish orqali ma’lum fan 
yoki soha bo‘yicha o‘qitish shakli bo‘lib, an’anaviy ta’limga nisbatan o‘ziga xos 
avzalliklarga ega. U bir vaqtning o‘zida jamoaning keng qatlamiga ta’lim berishda 
qo‘l keladi. Fan-texnika rivojlanishi tufayli o‘quvchilarga berilishi zarur bo‘lgan 


88 
axborot miqdori nihoyat darajada ko‘payib bormoqda. Bu axborotlarni talabalarga 
an’anaviy usul va vositalar yordamida yetkazib berish murakkab vazifalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda talabalarga bilim berish jarayonida masofadan 
turib o‘qitish juda zarur vositalardan biri bo‘lib, jahon miqiyosida bu sohada katta 
yutuqlarga erishilmoqda. Bunga misol tariqasida MOODLE tizimida masofadan 
ta’lim berishni misol qilib olish mumkin. 
Moodle-bu sayt tarkibiga kirivchi boshqarish tizimi bo‘lib, o‘qituvchining 
onlayn-kurs yordamida dars berishiga mo‘ljallangan tizimdir. Moodle tizimi 
asosan mudulli ob’ektga mo‘ljallangan dinamik ta’lim muhitini boshqarish tizimi 
bo‘lib hisoblanadi. Moodle tizimining asoschisi Avstraliyaning Curtin universiteti 
“Kompyuter ilmi va ta’lim” yo‘nalishi o‘qituvchisi Martin Dougiamas bo‘lib, u bu 
sistemani yaratish g‘oyasini 1999 yilda ilgaru surdi va 2002 yilda Moodle 1.0 
tizimini yaratdi. Bu sistema bepul kengaytirilgan dasturiy kompleks bo‘lib, 
o‘zining funksional imkoniyatlariga asosan keng miqiyosida masofaviy ta’lim 
olivchilarga qulayliklar yaratib beradi. Bugungi kunda moodle tizimidan jahonning 
nufuzli universitetlari ta’lim berish jarayonida foydalanib kelmoqda. Moodle - 
masofaviy ta’limni boshqarish tizimining bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin 
mamlakatlarida 70 tilga mo‘ljallangan 46 mingdan ortiq ta’lim portallari bo‘lib, 
unga 2 mlnga yaqin foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ular 300 dan ortiq 
ishlab chiqaruvchi dasturchilarni o‘zida mujassamlashtirgan. 
Moodle tizimini quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin: 
- masofaviy ta’lim uchun - bunda o‘qituvchi va talaba ko‘p vaqtda yuzma-yuz 
uchrashmasdan ta’lim olib boriladi; 
- ta’limning masofaviy qo‘llab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida 
talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni 
tekshirish uchun yuborishlari mumkin; 
- amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda 
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida amalga oshiriladi. 
Moodle tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: 
- o‘qituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash 
imkoniyatining mavjudligi; 
- bilimning puxta o‘zlashtirilishi; 
- o‘qituvchi va talabaning kerak bo‘lgan vaqtdagina muloqotda bo‘lishi. Agar 
talaba topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib borsa, u o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lib 
boradi. 
- ta’limning individualligi; 
- vaqt va pulning tejalishi-o‘quv mashg‘uloti uchun vaqt va pulning 
sarflanishiga zaruriyat bo‘lmaydi. 


89 
Moodle serverga o‘rnatiladi, foydalanuvchi tarmoq orqali brouzerlar 
yordamida unga kirish imkoniyatini oladi. 
Tarmoqda “mijoz” kompyuterlar uchun talab unchalik yuqori emas-asosan 
brouzer ishlasa bo‘ldi, shuning uchun hozirgi kundagi mavjud barcha internetga 
ulana oladigan kompyuterlardan ushbu tizimnida foydalana olish imkoni mavjud. 
Moodle tizimida foydalanuvchilarning soniga chegaralar yo‘q, barcha 
chegaralashlar serverning texnik xarakteristikasiga bog‘liq. Bundan kelib chiqib 
Moodle tizimini barcha kompyuterlarga o‘rnatish kerakmi? Degan savol tug‘iladi 
yo‘q, faqat siz foydalanayotgan kompyuter internet tarmog‘iga ulangan bo‘lsa 
yetarli. 
Moodle bilan yaqindan tanishish uchun uning DEMO-versiyasi mavjud va u 
quyidagi manzilga joylashtirilgan http://demo.moodle.net/. 
Moodle tizimini o‘rnatish va sozlash. Birinchi sahifada Moodle tizimiga kirish 
uchun login-parol ko‘rinishini tashkil etishda quyidagi amallar bajarilishi kerak; 
“Administrirovaniya” blogidan “Bezopastnost” tanlanadi va undan “Politiki 
bezopastnosti sayta” tanlanadi. Yuklangan sahifadan “Prinujdat polzovateley voyti 
v sistemu” belgilab olinadi. 
Foydalanuvchilarning o‘zlari mustaqil qayt etilishlari uchun esa, “Nastroyka” 
blogida ketma-ket “Plagini => Autentifikastiya => Nastroyki autentifikastii” ga 
o‘tib, 
hosil 
bo‘lgan 
“Samostoyatelnaya 
registrastiya” 
ro‘yhatidan 
“Samostoyatelnaya registrastiya po elektronnoy pochte” tanlanadi. 
Bir serverdan Moodle tizmini boshqasiga olib o‘tish quyidagicha amalga 
oshiriladi; 
- Moodle va Moodle data kataloglaridagi fayllarning nusxasi olinadi. 
- Ma’lumotlar ombori (MO) damp ko‘chirib o‘tiladi. Odatda yaratilgan damp 
va uning servergadagi izohi phpmyadmin yoki mysqldump yordamida amalga 
oshiriladi. 
- Konfigurastiya faylida MO ga kirish va kataloglarga yo‘l berishda config.php 
ga o‘zgartirish. 
Bunday amallarni albatta Moodle tizimi bilan yaxshi tanish bo‘lgan 
foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilganligi maqul, chunki ko‘p ma’lumotlarni 
to‘liq ko‘chib o‘tmay qolishi mumkin shuning uchun quyidagi usul bilan ko‘chib 
o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
- Moodle ning aynan o‘sha versiyasini kompyuteringizga o‘rnating 
- Eski serverdagi ko‘rsatilgan usul bilan arxivlarni zahirasini yaratgan holda 
nucxa olish 
- Arxivni yangi serverga olib o‘tib va u joyda arxivlarni qayta tiklash. 


90 
Yuklanayotgan faylning maksimal hajmini ortirish uchun Moodle tizimida 
uchta joydagi holatlarga e’tibor berish kerak, chunki ushbu joylarda hajm bo‘yicha 
cheklashlar qo‘yilga bo‘lishi mumkin. 
- Moodle tizimining o‘zida, 
- PHP dasturlash tilining sozlanishida, 
- Web serverlarni sozlanishida. 
Ya’ni uchala holat ketma-ket tekshirilib, cheklash aniqlanadi va bartaraf 
etiladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin