Ma’ruza mavzulari


Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

 
Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar: 
1. Elektron ta’lim?
2. Elektron ta’limni boshqarish?
3. Elektron ta’limni boshqarish tizimi Moodleda kurs yaratish? 
Adabiyotlar: 
1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. 
Toshkent, “Sharq”, 2000-y. 
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: 
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b. 
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.: 
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b. 
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn, 
“Noshir”, 2011-yil, 367 b. 
Elektron ta’limni boshqaruv tizimi Moodleda foydalanuvchilari bilan ishlash. 
Reja: 
1. Elektron ta’limni boshqaruv tizimi. 
2. Moodle tizimi imkoniyatlari bilan ishlash. 
3. Moodleda foydalanuvchilari bilan ishlash 
 
Tayanch tushunchalar
Elektron ta’limni boshqaruv tizimi, Moodle, 
Moodleda foydalanuvchilari bilan ishlash. 
 
Hozirda ta'lim portallarida masofali kurslarni yaratish bo‘yicha juda ko‘plab 
dasturiy qobiqlar, dasturlar, kurslarini boshqarish tizimlaridan foydalanib 
kelinmoqda. Quyidagi 1-rasmda xorij ta'lim muassasalarida masofali kurslarni 
yaratishda foydalanayotgan dastur tahlillari keltirilgan[16]: 
Ko‘rinib turibdiki, masofali kurslarni ishlab chiqishda ko‘p foydalanuvchilar 
Moodle - masofali o‘qitishni boshqarish tizimini tanlagan. Biz ham "Hisoblash 


91 
usullari" kursini yaratishda quyidagi tahlilarga asoslandik (1-jadval): 
Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, bundan tashqari, o‘quv jarayonini 
boshqarish tizimi va virtual o‘qitish maydoni nomlari bilan ham mashhur. Ochiq 
kodli GNU GPL lizentsiyasi asosida tarqatiluvchi on-line ta'lim jarayonini tashkil 
etuvchi saytlarni yaratish uchun Martin Dougiamas tomonidan yaratilgan maxsus 
dastur. Dunyo miqyosida 2011 yil dekabr xolatiga ushbu platformadan 
foydalanuvchi 72 177 ta saytlar ro‘yxatdan o‘tgan va tekshirilgan. Ulardagi jami 
kurslar soni 5.8 million va foydalanuvchilar soni 57 milliondan ortiqni 
(57.112.669) tashkil etadi[23]. 
Moodle - Modular Objest-Oriented Dynamis Learning Environment 
so‘zlarining qiskartmasidan pay do bo‘lgan so‘z bo Tib, modullar ob'ektga 
yo‘naltirilgan dinamik o‘quv platformasi ma'nosini beradi. 
Moodle (modulli obyektga yo‘naltirilgan dinamik o‘quv muhiti) o‘zida 
tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi: 
- Saytni boshqarish tizimi (CMS); 
- Ta'limni boshqarish tizimi (LMS); 
- Ta'limning virtual muhiti (VLE); 
Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng 
tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega. 
Moodle - bu o‘qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus 
ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - 
CMS) dir. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari 
(Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual 
Learning Environments - VLE) deb ham ataladi. 
Moodle - bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta'lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi 
instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni 
o‘qitishni ishlatish yotadi. 
Martin 
Dougiamas. 
Universitetni 
Computer 
Science 
va 
Education 
mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to 
support a social constructionist epistemology of teaching and learning within 
Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini 
himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ta'limni qo‘llab - quwatlash 
platformasini yaratish g‘oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) 
universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. 
Moodle keng tarqalgan WebCT va Blackboard tijorat e-learning platformalarining 
o‘rnini bosish uchun emas, balki o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi 
sifatida yaratilishi kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga 
qo‘yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo‘ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi 
[23]. 


92 
Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, 
o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o‘qitish 
tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi. 
Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quwatlash uchun 
keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o‘quv materiallarini turli usullarda berish, 
bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati. 
Moodle da 15 tipli interaktiv o‘quv materiallari ko‘rib chiqilgan. Bu tiplarning 
har biri ko‘plab imkoniyat va xususiyatlarga ega. 
SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o‘quv materiallarini boshqa 
dasturlarda yaratishga ruxsat beradi. 
Wiki (Wiki) - qo‘shiladigan, kengaytiriladigan va o‘zgartiriladigan hujjat 
ustida hamkorlikda ishlashga ruxsat beradi. 
Anketalar - ixtiyoriy ko‘rinishda ishlatish mumkin, masalan, kursni yaratishni 
optimallash uchun. 
Ma'lumotlar bazasi - formati va strukturasi cheklanmagan. 
Glossariy - kursning barcha hujjatlari bo‘yicha havolalarni avtomatik tashkil 
qiladigan ta'riflar ro‘yxati. Agar ta'rif glossariyga kiritilgan bo‘lsa, u holda agar u 
kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatik 
ta'minlanadi. 
Topshiriq (4 tipli) - o‘qituvchi javobni elektron ko‘rinishda olish uchun 
ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).' 
Ma'ruza - har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‘lgan savol bilan 
tugaydigan sahifalar to‘plami. Javobning to‘g‘riligiga bog‘liq holda, talaba keyingi 
sahifaga o‘tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta'lim yo‘nalishini aniqlashni va 
o‘qitiladigan fan tushunarsiz bo‘lib qolmasligini ta'minlaydi. 
So‘rovlar - talabalarning ovoz berishi. 
Sharh - kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika. 
Ish daftari - berilgan mavzu bo‘yicha talaba fikrini bildiradigan joy. 
Resurs - avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. 
Masalan, ma'ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida 
tasvirlanadi. 
Seminar - qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq. 
Testlar - turli variantli testlar to‘plami. Savollar bir nechta variantli 
javoblardan, to‘g‘ri/noto‘g‘ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan 
iborat bo‘lishi mumkin. 
Forum - forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‘z mavzusi, 
standart muzokara). 
Chat - real vaqtdagi muzokara. 


93 
Materiallarning ba'zilari talaba va o‘qituvchi hamkorligiga, ba'zilari esa 
talabalarning hamkorligiga asoslangan. Yana ko‘plab qo‘shimcha plaginlar va 
modullar mavjud. 
Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o‘qitish uchun 
ishlatishmoqda. 
Moodle MO‘T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro‘yxatdan 
o‘tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta'lim portallariga ega va 300 dan ziyod 
dasturchilarni birlashtiradi[30], 
Moodle GPL lisenziyasi ostida ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta'minot kabi 
tarqalmoqda. 
Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o‘zgartirishlar kiritish, yaxshilash, 
modifikasiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo‘yicha kirish mumkin. 
Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni 
http://thinkingdistance.org/ manzil bo‘yicha olish mumkin. 
"Moodle" so‘zi - bu "Modular Object - Oriented Dynamic Learning 
Environment" so‘zining abbreviaturasidir. 
Rus tilida "Мудл" va "Моодус" (Модулная объектно-ориентированная 
динамическая управляющая среда) nomlari ham qo‘llaniladi [24]. 
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion 
tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham 
modifikasiyalarsiz qo‘lanilishi mumkin. Ma'lumotlar MySQL va PostgreSQL 
ma'lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma'lumotlar bazasini boshqarishning tijorat 
tizimlari ham ishlatilishi mumkin. 
Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o‘tishda 
qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi. 
Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish 
mumkin. 
2.2. Moodle tizimini o‘rnatish 
Kurs qatnashchilari (o‘qituvchilar ham, talabalar ham) saytning ro‘yxatga 
olingan foydalanuvchilari bo‘lishi kerak. 
Moodle tizimi foydalanuvchilarni ro‘yxatga olishning bir necha usullarini 
qo‘llashga ruxsat beradi: elektron pochta bo‘yicha tasdiqdan o‘tkazish bilan o‘z - 
o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazish (jimlik qoidasiga ko‘ra amalga oshiriladi), 
administrator orqali ro‘yxatdan o‘tish, LDAP ni qo‘llash. Kursni o‘rnatish kursni 
sozlashni to‘liq aniqlaydi. 
O‘rnatishga o‘tish uchun Boshqarish blokida O‘rnatish havolasini 
bosing: 
Quyida kursni o‘rnatislining barcha maydonlari keltirilgan: 


94 
To‘liq ism - kursingizning nomi. Saytning barcha kurslari ro‘yxatida 
giperhavola ko‘rinishida tasvirlanadi. 
Qisqa ism - Moodle ning ko‘pgina joylarida kursingizning bosh sahifasiga tez 
o‘tadigan havolani shakllantirishda ishlatiladi. U bitta qisqa so‘zdan tashkil topishi 
kerak, abbreviaturani ishlatish mumkin. Quyi chiziq beligilari bilan birlashtirilgan 
so‘zlar kombinasiyasini ishlatish mumkin. Bu kirillisa ham, lotin yozuvida ham 
yozilishi mumkin. Turli xil maxsus belgilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi. 
Kursning individual nomeri - tashqi tizimlarda ishlatilishi kerak bo‘lgan kurs 
nomeri. U hyech qachon Moodle da tasvirlanmaydi. Bu maydonni bo‘sh qoldiring. 
Qisqa tavsif - bu sizning kursingizni e'lon qiladigan qisqacha xulosa. 
Format - tavsiya etiladigan qiymat - "format-struktura". 
Kursda o‘rganiladigan materiallar hafta bo‘yicha aniq belgilangan hollarda 
Format-kalendarni ishlatish tavsiya etiladi. 
Haftalar yoki mavzular soni - kurs sahifalarida mavjud bo‘lgan hafta yoki 
mavzular sonini tasvirlaydi (maksimal qiymat - 52, jimlik qoidasiga ko‘ra 10 
qiymati o‘rnatiladi). 
Kursning boshlanish sanasi - agar "format-kalendar"ni ishlatsangiz, u holda 
birinchi hafta bloki bu yerda o‘rnatilgan sana bilan beriladi. Ro‘yxatdan o‘tishning 
tizimli fayllaridan tashqari, boshqa formatlariga maydon o‘z ta'sirini ko‘rsatmaydi. 
Yashirin seksiyalarni tasvirlash - bu sozlash kursning yashirin seksiyalarini 
talabalarga qanday tasvirda ko‘rsatishga ruxsat beradi. 
Jimlik qoidasiga ko‘ra, yashirin seksiya qayerda joylashganini ko‘rsatish uchun 
kichik soha ko‘rsatiladi (yoyilgan ko‘rinishda kulrang bilan). Bunday seksiyaning 
tarkibi talabalarga ko‘rinmaydi. Bu rejimni o‘tgan va kelayotgan haftalar soni aniq 
ko‘rinishi uchun Format-kalendarda ishlatish foydali. Agar yashirin seksiyalar 
"to‘liq ko‘rinmas" (tavsiya etiladigan qiymat) deb tanlangan bo‘lsa, u holda 
talabalar uning mavjudligini bilmaydilar. 
Yangiliklar - bu parametr kursning bosh sahifasida yangiliklar forumidan 
nechta mavzular kelishini o‘rnatadi. 
Agar siz "O yangiliklar" qiymatini qo‘ysangiz, u holda yangiliklar bloki 
ko‘rsatilmaydi. 
Baholarni ko‘rsatish - bu sozlash talabalar o‘zlarining baholarini ko‘rishini 
yoki ko‘rmasligini aniqlaydi. Jimlik qoidasiga ko‘ra, "Ha" (tavsiya etilgan qiymat) 
o‘rnatilgan, shuning uchun talaba o‘zining bahosini ko‘rishi mumkin. Agar "Yo‘q" 
o‘rnatilgan bo‘lsa, bu holda talabalar o‘zining bahosini ko‘rmaydi. 
Bajaradigan ishi haqida hisobotni ko‘rsatish - agar "Ha" bo‘lsa, u holda har bir 
qatnashchi o‘zi bajaradigan ishi haqida hisobotni ko‘rsatishi mumkin va u natijani 
berilgan kursda tasvirlaydi. Uning bajargan ishi foydalanuvchi ish faoliyatining 
to‘liq ro‘yxatidan iborat bo‘lishi mumkin. 


95 
Tavsiya etiladigan qiymat - "Yo‘q", bu qiymat ularni yaratish jarayonida 
serverga yuklanadigan vazifalardan kelib chiqadi . O‘qituvchi har doim talabaning 
shaxsiy axboroti sahifasidan har bir talabaning hisobotiga kirishi mumkin. 
Yuklanadigan faylning maksimal o‘lchami - bu o‘rnatish kursda yuklanishi 
mumkin bo‘lgan fayllarning maksimal o‘lchamini aniqlaydi. 
Majburiy mavzular - o‘qituvchi saytda ruxsat etilgan kurs mavzusini 
(rasmiylashtirilgan variant) majburiy berishi mumkin. Tavsiya etiladigan qiymat - 
"Ixtiyoriy". 
Agar administrator turli mavzularni ishlatishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bu 
parametr bo‘lmasligi mumkin. 
Ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilgan - shu kursga talabalarni yozish (ro‘yxatdan 
o‘tkazish) ga ruxsat etilganmi yoki yo‘q ekanligini aniqlaydi. Uchinchi variant 
sifatida sananing aniq diapazonida ro‘yxatdan o‘tish hisoblanadi. Tavsiya 
etiladigan qiymat - "Ha". 
Boshlanish sanasi - talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlash sanasi. "Man 
etish" qiymatini o‘rnatish tavsiya etiladi. 
Oxirgi sana - talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tugatish sanasi. "Man etish" 
qiymatini o‘rnatish tavsiya etiladi. 
Ta'lim davomiyligi - 1 dan 356 kungacha qiymatlarni o‘rnatish mumkin. 
Tavsiya etiladigan qiymat - "chegaralanmagan". 
Ro‘yxatdan o‘tish tugaganini bildirish 
Bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko‘ra qoldirish kerak! 
Talabalarga bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko‘ra qoldirish kerak! 
Me'yor - qiymatni jimlik qoidasiga ko‘ra qoldirish kerak! 
Guruhli rejim - siz uchta guruhli rejimlardan birini tanlashingiz mumkin: 
Guruhlar yo‘q - talabalar guruhlarga bo‘linmaydi, ular bitta katta jamoa 
hisoblanadi. 
Alohida guruhlar - har bir guruh talabasiga o‘zining guruhi yagona hisoblanadi, 
ularga boshqa guruhlar ko‘rinmaydi. 
Ruxsat etilgan guruhlar - har bir guruh talabalari faqat o‘zining guruhi 
chegarasida faoliyat yuritadi, ammo boshqa guruhlar ishini ko‘rishi mumkin. 
Kurs darajasida aniqlangan, guruhli rejim, kursda yaratiladigan barcha 
elementlar uchun jimlik qoidasiga ko‘ra rejim hisoblanadi. 
Majburiy ravishda - guruhli rejimni o‘z ichiga oluvchi kursning har bir 
elementi uchun o‘ziga tegishli guruhli rejimni ko‘rsatishi mumkin. Agar kurs 
uchun "majburiy guruhli rejim" o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda kursning ixtiyoriy 
elementida guruhli rejimni o‘rnatish tashlab yuboriladi. 
Tushunarlilik - bu sozlash sizga kursni talabalardan to‘liq "yashirish"ga imkon 
beradi. 


96 
Kurs joriy kurs o‘qituvchisi va administratoriga tegishli bo‘lgan katalog va 
ro‘yxatlardan tashqari, bironta katalog va ro‘yxatda tasvirlanmaydi. 
Hatto agarda talabalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri URL-manzil bo‘yicha kirishga ruxsat 
olmoqchi bo‘lsa ham, ularning kirishiga ruxsat berilmaydi. 
Kodli so‘z - kodli so‘z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat 
bermaydi. 
Bo‘sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi kursingizga yozilishi 
mumkinligini bildiradi. 
Agar siz shu maydonga so‘z yoki jumla kiritsangiz, u holda har bir talaba 
kursga yozilishi uchun shu so‘zni maydonga yozishi kerak bo‘ladi. 
Siz talabalarga kalit so‘z haqida e-mail orqali yoki o‘zaro suhbatda, masalan, 
ma'ruzada xabar berishingiz mumkin. 
Agar ma'qui bo‘lmagan talabalar kodli so‘zni topib, kursga yozilgan bo‘lsa, 
qatnashchilar ro‘yxatidan foydalanib, ularni kursdan o‘chirishingiz mumkin. Keyin 
kodli so‘zni o‘zgartiring: bu kursga yozilgan talabalarga hyech qanday ta'siri yo‘q. 
Mehmon uchun ruxsatli kirish - tavsiya etiladigan qiymat - "Mehmonga ruxsat 
yo‘q". 
Siz kursga mehmon kirishiga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda 
Internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi identifikasiya sahifasidagi "Mehmon bo‘lib 
kirmoq" tugmasini bosib, kursga kirishi mumkin. 
Mehmon har doim "faqat o‘qish uchun" ruxsatiga ega, ya'ni u bironta xabar 
tashlashi yoki talaba ishiga aralashishi mumkin emas. 
Mehmon uchun ruxsatli kirish - bu kursni hamkasblaringizga ko‘rsatish uchun 
yaxshi imkoniyat. U yana kursni talabalarning kursga yozilishi uchun kerakliligini 
tekshirish sifatida ishlatish uchun ham muhim. 
Narxi - maydonni bo‘sh qoldiring! 
Majburiy til - tavsiya etiladigan qiymat - "majbur qilinmaydigan". Bu holda har 
talaba o‘zi uchun interfeys tilini tanlashi mumkin [25]. 
2.3. Kurs formatlari 
Endi Moodle kursida ishlatiladigan formatlar bilan tanishamiz: 
Format-kalendar - kurs materiallari bo‘limlarning boshlanish va oxirgi sanasi 
bo‘yicha tashkillashtirilgan. 
Kurs sig‘imi bir hafta bo‘lgan bo‘limlardan (seksiyalardan) iborat. Har bir 
bo‘limga bir hafta ichida o‘rganish uchun resurslar, forumlar, nazorat testlari va b. 
larni qo‘shishingiz mumkin. Bo‘limlarning maksimal soni - 52. 
Format-struktura - har bir "haftani" mavzu deb atashdan tashqari, har haftalik 
formatga o‘xshashdir. Mavzu muddat bilan chegaralanmaydi. Siz format- 
strukturani qo‘llab, kursni yaratayotgan vaqtda o‘zingizning kursingizda mavzular 


97 
sonini ko‘rsatishingiz kerak. Moodle har bir mavzu uchun bo‘lim (seksiya) 
yaratadi. Bo‘limlarning maksimal soni - 52. 
Format-forum - kurs bosh sahifada tasvirlangan bitta sosial forum ко' rinishida 
tashkillashtiriladi. 
Bu bizning nazarimizda o‘quv kursi emas. U fakultet yoki kafedraning e'lonlar 
doskasi ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin. 
LAMS formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). LAMS - O‘qitishni 
Boshqarish Tizimi - ochiq LAMS hisoblanadi. LAMS Moodle kursi sohasida 
LAMS imkoniyatlaridan o‘qituvchilar foydalanishi uchun Moodle bilan 
birlashtirilgan. 
LAMS 
kurs 
formatini 
ishlatishda 
administrator 
bilan 
maslahatlashing. 
Juda kam korxonalar LAMS ni ishlatadi, chunki u Moodle ning ko‘pgina 
fimksional imkoniyatlarini takrorlaydi. 
SCORM formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). SCORM o‘quv 
materiallarini yaratishning mustaqil standard hisoblanadi. SCORM paketlari - 
o‘quv kontentlari va Java Script ssenariylarining mustaqil bloklari bo‘lib, ular 
Moodle ga talabaning bahosi va kursning o‘tishi haqidagi ma'lumotlarni jo‘natishi 
mumkin. 
Format-kalendar (CSS/jadvallarsiz) (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun) - 
format-kalendar ga xos, ammo kontentni tasvirlash uchun jadvallar ishlatilmaydi. 
Bu formatning tushunarliligini oshiradi, ammo eski brauzerlarda uni 
tasvirlashda muammolar mavjud. 
Format-sahifa (nostandartli) - bu format Moodle kursining "Kitob" elementi 
formatiga juda ham o‘xshash. Kurs formati blok va bo‘limlarni 3 ustun bo‘yicha 
joylashtiradigan mavzular va kurs bo‘yicha navigasiyani, resurslarni, forumlarni, 
topshiriqlarni va b.larni tasvirlashni ta'minlaydigan menyu modullaridan iborat 
[27]. 
2.4. Bloklar bilan ishlash 
Bloklar - bu umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan, kurs bilan ishlaydigan 
havola va boshqa vositalarning soha bilan chegaralangan guruhidir. 
Bloklarni sahifa chetlaridagi ustunlarga joylashtirish, talabalarga ko‘rsatish 
yoki ulardan yashirish yo to‘liq o‘chirish mumkin. Bloklarning bir qismi kursga 
jimlik qoidasiga ko‘ra o‘rnatiladi: 
Qatnashuvchilar. Havola kursning barcha qatnashchilari ro‘yxatiga olib keladi. 
Qatnashchi familiyasiga bosish orqali u haqida to‘liq ma'lumotni olishingiz 
mumkin. 
Forum bo‘yicha izlash. Kurs forumlari bo‘yicha to‘liq matnli izlashni amalga 
oshiradi. Kengaytirilgan izlash funksiyasi mavjud. 


98 
Boshqaruv. Kursni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Aniq ishlarga tez o‘tishni 
ta'minlaydi. 
Mening kurslarim. Blokda foydalanuvchi (o‘qituvchi yoki talaba rolida ishtirok 
etuvchi) kurs qatnashchisi hisoblanadigan saytning barcha kurslari tasvirlanadi. 
Yangiliklar forumi. Blok orqali kursning yangiliklar forumidagi oxirgi 
xabarlarga murojaat qilish mumkin. 
Talaba uning yordamida berilgan xabarni ochishi, o‘qituvchi esa yangi 
mavzuni qo‘shishi mumkin. 
Kelayotgan hodisalar. Blokda kursda yaqin vaqtlarga rejalashtirilgan hodisalar 
(ularning sanasi va vaqti) tasvirlanadi. 
Havolalar kursda bajarish uchun bu topshiriqlarni ochishga ruxsat beradi. 
Tasvirlanadigan havolalar soni Kalendar blokida foydalanuvchi tomonidan 
quriladi. 
Oxirgi harakatlar. Blokda foydalanuvchi kursga oxirgi kirishiidan keyin 
amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni tasvirlaydi, masalan, yangi resurslar va 
topshiriqlarni qo‘shish yoki topshiriqlarga qo‘yilgan mavjud savollarni yangilash 
kabilar. 
Havolalar berilgan resurslarga olib keladi. 
Blok talabalar uchun foydali, ya'ni ular kursdagi barcha o‘zgarishlarni darrov 
ko‘rishadi. 
Kursning elementlari. Kurs elementlarining barcha tiplari ro‘yxati chiqariladi. 
Havolani bosganda, shu tipdagi kursning barcha materiallari chiqariladi, masalan, 
barcha forumlar, barcha testlar yoki barcha resurslar. 
Global Search. Sayt bo‘yicha global izlash. 
Kalendar. Kalendarda sayt hodisalari, guruhli hodisalar va foydalanuvchining 
o‘ziga tegishli eslatmalari tasvirlanadi. Foydalanuvchi zarur hollarda o‘zini 
qiziqtirmaydigan hodisalarni yashirishi mumkin. 
HTML. Ixtiyoriy to‘ldirilgan HTML ni blokka qo‘yish mumkin. 
HTML ixtiyoriy formatlashni qo‘llab quwatlaydi, xususan tasvirlarni, flash-
animasiyalarni qo‘yish kabilarni. 
Blog menyusi. Blok bloglar tizimiga murojaatni o‘z ichiga oladi. 
Xabarlar bilan almashish. Moodle ichki pochtasida javob berilmagan 
xabarlarga havola qo‘yish tasvirlanadi. 
Havolaga bosish orqali shu foydalanuvchidan olingan xabarlar tarixi ochiladi. 
Kursni yoritish. Blokda Kursni o‘rnatishning Qisqacha tavsifi maydoniga 
kiritilgan axborot tasvirlanadi. HTML ni to‘liq formatlash, shu jumladan tasvirlarni 
formatlash qo‘llaniladi. 
Vasiylar. Eksperemental blok, ishlatish man etiladi. 


99 
Qarz hisobi. Qarzlar hajmlari, to‘lovlar o‘lchami, qarzlar muddati, foizli stavka 
va qarzlarni uzish chastotasi orasidagi bog‘liqliklarni hisoblashga ruxsat beradi. 
Saytning (kursning) foydalanuvchilari. Blokda oxirgi 5 minutda tashrif 
buyurgan kurs qatnashchilari ko‘rsatilgan. Havolani bosib, siz foydalanuvchiga xat 
yozishingiz yoki xabar yuborishingiz mumkin. 
Bo‘limlarga havolalar. Blokda kursning bo‘limlariga havolalar tasvirlanadi. 
Agar sizda bo‘limlar soni kam bo‘lsa, unga ehtiyoj yo‘q. 
Test natijalari. Blok kurs testlaridan birining natijasini tasvirlaydi. 
Blokni ishlatish uchun tahrirlash rejimida quyidagilarni sozlash kerak: 
• matnni tanlash; 
• nechta yaxshi va yomon baholar olinganini ko‘rsatish; 
• talabalar ismini ko‘rsatish va b. 
Glossariyning tasodifiy yozuvi. Blokda kursning tanlangan glossariysidan 
tasodifiy yozuvi ko‘rsatiladi. 
Blogning kalit so‘zlari. Blokda blogning kalit so‘zlari keltiriladi. 
Havolalar berilgan so‘zlar kalit so‘z sifatida ishlatiladigan blogning 
yozuvlariga yo‘naltiriladi. Agar saytda blog bo‘lsa, uni ishlatish lozim hisoblanadi. 
Uzoqlashtirilgan RSS jo‘natmalar. Saytda doimo yangilanib turadigan RSS-
jo‘natmalarni o‘z ichiga oluvchi, tashqi manbalardan yangiliklar lentasini 
joylashtirishga ruxsat beradi. 
Gipperhavolalar sayt-manbalarga olib keladi. 
Blok internet-texnologiyali sozlashlarni talab etadi [27]. 
2.5. Moodle da mavzuni rasmiylashtirish 
Moodle tizimi mavzuni rasmiylashtirish kabi saytni rasmiylashtirishning turli 
variantlari to‘plamini qo‘llaydi. 
Rasmiylashtirish mavzulari o‘z ichiga saytning ranglar gammasini, 
piktogrammalar ko‘rinishini, qo‘llaniladigan shriftlar va b. larni oladi. 
Sayt uchun mavzularni rasmiylashtirish ro‘yxati va mavzularni tanlash 
administrator tomonidan beriladi. 
Administrator o‘qituvchilarga kurs uchun saytda ruxsat berilgan ro‘yxatdan 
mavzularni ishlatishga ruxsat beradi. 
O‘qituvchi kurs sozlashda o‘zining kursi uchun lozim mavzuni berishi 
mumkin. 
Kurs mavzulari barcha boshqa mavzularni (sayt va foydalanuvchini) tanlashni 
aniqlaydi. 
Administrator foydalanuvchilarga ham shaxsiy sozlashlarda saytda ruxsat 
berilgan o‘zi hohlagan mavzuni tanlashga ruxsat beradi [25]. 
2.6. Kurs qatnashchilari 


100 
Kurs o‘qituvchisi o‘zining kursining talabalari sifatida saytda ro‘yxatdan 
o‘tgan foydalanuvchilarni yozishi mumkin. 
O‘qituvchi faqat qaysi talaba kursga yozilishini bilgan holda, kurs uchun kodli 
so‘zni berib, uning kursiga yozilish imkoniyatiga ega talabalar sonini cheklashi 
mumkin. Bu Kodli so‘z kursida aniqlanadi. 
O‘qituvchi har doim kursdagi qatnashchilarni ko‘rishi mumkin. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin