Ma’ruza mavzulari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

Savol va topshiriqlar: 
1. Elektron ta’limni boshqarish tizimilari haqida? 
2. Elektron ta’limni boshqarish tizimi Moodleda ishlash? 
Adabiyotlar: 
1. S.S.G‘ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Darslik. 
Toshkent, “Sharq”, 2000-y. 
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent: 
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b. 
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.: 
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b. 
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn, 
“Noshir”, 2011-yil, 367 b. 
1.10. SMART O‘QITISH TA’LIM VOSITALARI. 
Reja: 
1. SMART o’qitish ta’limi. 
2. SMART o’qitish ta’lim vositalari. 
Tayanch tushunchalar: SMART, SMART o’qitish, SMART o’qitish
ta’lim 
vositalari 
SMART – bu tizim yoki jarayonning hususiyati bo‘lib, atrof - muhit bilan 
o‘zaro munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va tizimga qobiliyatini qayta 
ishlashga, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga darhol javob qaytarish, o‘zgaruvchan 
sharoitga moslashish, mustaqil taraqqiyot va o‘zini o‘zi boshqarish, natijalarni 
samarali bajarishga imkon beradi. 
Bugungi kunda SMART–texnologiyalarning asosiy vositalarini IoT (Internet of 
things) – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT (Internet of 
things) bu - maxsus elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar, qabul qiluvchi va 
uzatuvchi qurilmalarning o‘zaro ma’lumot almashinuvidan iborat tarmoq tizimi 


101 
bilan jihozlangan sun’iy intellekt yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy 
texnikalar, transport vositalari va boshqalar. IoT texnologiya tadqiqotchilariga 
kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har qanday turdagi qurilmaga ulanishi 
mumkin bo‘lgan kichikroq va arzonroq simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch 
beradi. 
“Internet – buyumlar” (ba’zan “buyumlar interneti” yoki “internet ashyolari” 
degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidagi Internet of Things so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, bir-biri yoki tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuv uchun ichiga 
joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni 
qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni ko‘rib chiqadigan, 
harakat va operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik 
jarayonlar hisoblash tarmog‘i konsepsiyasi hisoblanadi. 
Internet ashyolarni, bizni o‘rab turgan barcha predmetlar va qurilmalar (uy 
asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat qurilmalar 
va boshqalar) miniatyurali (kichik o‘lchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) 
qurilmalar bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur 
aloqa kanallari bo‘lganida nafaqat bu ob’ektlarni va ularning parametrlarini fazoda 
va vaqt bo‘yicha kuzatish, balki ularni boshqarish, ular haqidagi ma’lumotlarni 
umumiy – “Aqlli planeta” ga kiritish mumkin bo‘ladi. Boshqacha aytganda, 
Internet ashyolar bu kompyuterlar, datchiklar (sensorlar) va ijrochi qurilmalarning 
(aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) internet protokoldan foydalanish orqali 
o‘zaro bog‘laydigan global tarmoq hisoblanadi. 
Cisco IBSG - tarmoq jihozlarini va dasturlarini ishlab chiqaruvchi jahonda 
etakchi AQSHning kompaniyasi hisobotiga ko‘ra internetga ulangan buyumlar 
soni 2015 yilda 25 milliardga etgan bo‘lsa, 2020 yilga borib esa bunday buyumlar 
soni 50 milliardga etishi kutilmoqda. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda “Buyumlar interneti” inson 
faoliyatining ko‘plab sohalarida qo‘llanilmoqda. «Aqlli muzlatkichlar», «Uyni 
aqlli yoritish» va boshqa «aqlli» sifati bilan ataluvchi maishiy texnikalar 
hayotimizni yanada engillashtirib, tashvishlarimizning bir qismini ular zimmasiga 
yuklashga imkoniyat yaratadi. Hozir bunday qurilmalarda telefondagidek oddiy 
sim-kartadan foydalaniladi. Mikroelektronikani rivojlantirish, mikrokontrollerlar 
yuqori ish faoliyatini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirish, mikrosxema 
narxini pasaytirish – bularning barchasi yangi echimlar va texnologiyalarni ishlab 
chiqish va joriy qilish imkonini beradi. Bu texnologiyalar ta’lim tizimiga bir qator 
rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Xitoy, YAponiya, Shvetsiya va h.k.) keng 
joriy etilmoqda. 
YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda «Life Long 
Learning» ya’ni - «Butun hayot davomida o‘rganish», «Ta’lim - hamma uchun» 


102 
ta’lim tamoyillarini amalga oshirish uchun SMART-ta’lim orqali shart-sharoitlar 
yaratiladi. SMART-ta’lim «har doim, har joyda va istalgan vaqtda» ta’lim olish 
imkoniyatlarini yuzaga keltirmoqda. SMART - jamiyat oliy o‘quv muassasalari 
oldiga zamonaviy fikrlash va ishlash imkoniyatiga ega kreativ salohiyatli 
mutaxassislarni tayyorlash kabi global vazifalar qo‘ymoqda. Buning uchun ularda 
quyidagi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish lozim: ijtimoiy tarmoqlarda muloqot 
qilish, foydali axborotlarni izlash va tanlash, elektron manbalar bilan ishlash, o‘quv 
jarayoni muhitini o‘zgartirishni talab etuvchi shaxsiy ma’lumot bazasini yaratish. 
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, jamiyatda o‘qitishning an’anaviy modelidan elektron ta’limga o‘tish, 
so‘ngra esa “smart – inson”ning shaxsini shakllantirish va ta’lim oluvchida yangi 
bilimlarni generatsiya qilishga ijozat beruvchi samarali texnologiyalari mavjud, 
qaysiki qidirish, axborotni tahlil etish va innovatsiyalar yaratish uchun 
takomillashgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ega bo‘lgan SMART – 
ta’limga o‘tishni taqazo etadi. 
SMART – ta’lim (education) – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun 
jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun 
o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini 
birlashtirishdir. Smart – o‘quv jarayoni - innovatsiyalar va internetdan foydalanish 
asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko‘p o‘lchovli ko‘rish va ko‘p 
aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni 
o‘rganish asosida kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat beradi. 
Biz o‘z tadqiqotlarimizda A.A.Abduqodirovning ushbu fikrini SMART – 
ta’lim uchun ishchi ta’rif sifatida qabul qildik. 
V.P.Tixomirov bugungi ta’lim taraqqiyotining asosiy o‘rni haqida juda aniq 
izoh bergan: «Ta’limning eski tizim parametrlari kishilarni SMART-jamiyatda 
yashashi va ishlashi uchun tayyorlay olmaydi. SMART-texnologiyalarisiz 
innovatsion faoliyat mumkin emas. Agarda ta’lim tizimi ushbu taraqqiyot 
yo‘nalishdan ortda qolsa, u holda to‘xtab qoladi». 
Ta’lim sohasida SMART - texnologiyalar deganda quyidagilar tushuniladi: 
aqlli-doskalar, 
aqlli-o‘quv 
qo‘llanmalari, aqlli-proektorlar, interaktiv va 
kommunikativ xarakterdagi elektron o‘quv materiallarini yaratish va tarqatishning 
dasturiy ta’minotlari. 
“SMART–ta’lim” ta’limni axborotlashtirishni rivojlantirishning yangi 
paradigma bo‘lib hisoblanadi. U ta’limni individuallashtirishni talab bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatish va ochiq ta’lim muhitini qo‘llab - quvvatlaydi. 
Oqilona ta’limning mohiyati aqlli texnologiyalarni qo‘llash orqali aqlli muhitni 
yaratishdir, shuning uchun aqlli pedagogikada shaxsiylashtirilgan ta’lim 
xizmatlarini taqdim etish va o‘quvchilarning qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, 


103 
qiymatni yaxshiroq baholash, yuqori fikrlash sifati va yanada kuchli xulq-atvorga 
ega bo‘lgan donolik qobiliyatini kuchaytirish mumkin.
SMART-ta’limning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 
1. Ta’lim dasturlarida ko‘zda tutilgan o‘quv masalalarini hal etishda dolzarb 
axborotlardan foydalanish: har qanday kasbiy faoliyatga doir ta’limning axborotlar 
oqimi tezligi va hajmi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda, bu esa o‘z 
navbatida talabalarni amaliy muammolarni hal etishga tayyorlash uchun amaldagi 
o‘quv materiallarini real vaqtdagi ma’lumot bilan to‘ldirishni taqazo etadi. 
2. Talabalarning mustaqil bilim olishini, tadqiqotchilik va loyihalovchilik 
faoliyatini tashkil etish. Ushbu tamoyil talabalarning muammolarni hal etishda 
ijodiy izlanishlar va ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishida ustuvor ahamiyatga ega 
bo‘lib hisoblanadi. 
3. O‘quv jarayonini tarqalgan keng o‘quv muhitida amalga oshirish. Ta’lim 
muhitini o‘quv muassasasi hududiy yoki masofaviy ta’lim tizimi chegaralari bilan 
cheklash kerak emas. Ta’lim jarayoni doimiy bo‘lishi kerak. 
4. Ta’lim yo‘nalishlarining moslashuvchanligi va ta’limni individuallashtirish, 
ya’ni shaxsga yo‘naltirish. Ta’lim berish faoliyatining xilma-xilligi talabalarga 
ta’lim dasturlari va kurslarini o‘qitish, o‘quv jarayonida asbob-uskunalardan 
foydalanish, ularning sog‘lig‘ini saqlash imkoniyatlari, moddiy va ijtimoiy 
sharoitlarga mos ravishda keng imkoniyatlar berishni talab qiladi. N.P. 
Kapustinning ta’rifiga ko‘ra moslashish (lot. adaptatio- adaptiv, moslashish) - bu 
“ta’lim oluvchining tug‘ma iste’dodi, qobiliyatiga mos ravishda intellektual 
rivojlanishni optimal darajaga ko‘tarish imkonini beruvchi ta’lim tizimi. 
Egiluvchanlik, ochiqlik kabi xususiyatlarga ega moslashuvchi o‘qitish tizimlari 
ta’lim oluvchining ehtiyojiga moslashgan holda uning yashirin imkoniyatlarini 
rivojlanishning bir muncha yuqori darajasiga olib chiqadi” [85]. 
Bugungi kunda dunyoning bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarida (Janubiy Koreya, AQSH, Singapur, Angliya, Rossiya va h.k) 
SMART-universitetlar va Smart Campus paydo bo‘lmoqda. “SMART – ta’lim” 
texnologik innovatsiyalar va Internet orqali amalga oshiriladi, bu esa talabalarda 
tizimli keng tafakkur va ixtisoslikka oid kasbiy malakalarini shakllantirish 
imkonini beradi. 
SMART- universitetda o‘qitish talabaning imkoniyatiga imkon qadar 
moslashtirilgan va bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lgan texnologiyalarga 
asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun esa SMART-universitetlar quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: moslashuvchanlik, muvofiqlashuvchanlik, 
innovatsiyalar. Ta’limda SMART-texnologiyalar juda katta ahamiyatga ega, bir 
tomondan ular o‘quv muassasasi moddiy-texnika ta’minoti uchun xarajatlarini 


104 
optimallashtirishga, boshqa tomondan, ta’lim xizmatlari va mahsulotlarning sifatini 
yangi darajaga ko‘tarishga imkon beradi. 
Smart Campus - bu faol ta’lim dasturiga ega bo‘lgan hamkorlik markazi 
bo‘lib, Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy 
foydalanuvchilar (talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar) bilan hamkorlik orqali 
o‘quv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalar va energiya 
manbalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha. 
Smart Campus da ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha 
uchta asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin: Smart Living, Smart Learning va 
Smart Safety & Security. Buning barchasi talabalarning diqqatini jalb etishi, ta’lim 
muassasasining hayot tarziga kirishiga ko‘maklashishi va kerakli yutuqlarga 
erishish uchun ularga barcha zaruriy resurslarni olishlarida yordam beradi. 
Ta’lim tizimi sohasida Smart Campus yangi o‘quv va o‘qitish modellarini 
amalga oshirish uchun har bir talabaga yakka personal hisoblash vositalarini 
yaratadi. Smart Campus texnologiyasi talabalarning an’anaviy ta’lim olish 
usullarini o‘zgartirishlari mumkin. Davomat, ovoz berish va o‘quv binolariga 
kirishni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan Smart ID kartalari talabalar 
ma’lumot tizimlari bilan birlashtiriladi. Talabalar va o‘qituvchilarni jismoniy 
bo‘shliqdan xalos qilgani kabi, ular vaqt o‘tishi bilan ko‘proq moslashuvchanlik va 
erkinlikka ega bo‘ladilar. Barcha ma’ruzalarni yozib olish va arxivlash orqali, 
kasal talaba darsni o‘tkazib yuborganida yoki shunchaki nazoratdan oldin ko‘rib 
chiqishni xohlaganida, har bir ma’ruzaning har soniyasini ko‘zdan kechirishi 
mumkin. Smart Campus dasturlarida ishtirok etadigan ko‘plab texnologiyalar 
mutlaqo yangi emas - ular yangi usulda qo‘llaniladi. Smart Campus platformasi 
uchun juda muhim bo‘lgan narsa - bu ochiq API (ochiq interfeys). Ochiq API - bu 
turli xil qurilmalar va tizimlarni, hatto turli xil kirish usullaridan foydalanganda 
ham, real vaqt rejimida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish uchun bog‘lovchi vosita 
bo‘lib hisoblanadi. 


105 
I. G. Borisenko SMART - ta’limning konsepsiyasi haqida so‘z yuritar 
ekan:”Bu konsepsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Ta’lim jarayonida ishtirokchilarning kompetentligini doimiy rivojlanishi 
uchun intellektual muhit yaratish, shu jumladan, rasmiy va norasmiy ta’lim 
tadbirlarini tashkillashtirish, yangi kompetensiyalarni qo‘llash yo‘lida 
ko‘rsatilayotgan tartib-qoida o‘zgarishlari natijalari. Bunday ta’limni amalga 
oshirishning texnik bazasi talabalar va ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lgan 
quyidagi qurilmalar hisoblanadi: oddiy statsionar kompyuterlar, noutbuklar, 
planshetlar, smartfonlar, tarmoq qurilmalari va boshqalar. 
2. Maqsad - raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyot sharoitida muvaffaqiyatli 
faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlash. 
V.P.Tixomirov va N.A.Tixomirova ta’limdagi “SMART– texnologiya” 
quyidagilarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan [119]: 
1. Ta’lim tarmoqlari (Elektron universitetlar konsorsiumi); 
2. Smart e-learning; 
3. Elektron ta’limning sifati (E-metrix, standartlashtirish va sertifikatlash); 
4. Tez boshlash. 
G.A. Pollak ta’lim oluvchilar uchun “SMART – ta’lim” uzluksiz ta’lim 
tizimi (maktab, oliy ta’lim muassasalari, korporativ ta’lim) uchun quyidagilarni 
taklif etgan moslashuvchan ta’lim dasturlari, portfolio; talabalar faoliyati 
to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar; hamkorlik ta’lim texnologiyalari - bilimlarni 
yaratish; o‘quv jarayoniga qurilmalar orqali mustaqil kirish; inson faoliyatining 
ko‘pgina funksiyalarini kompyuterlarga o‘tkazish; ta’limni yangi darajada 
individuallashtirish. 
A.A. Aletdinova va A.A. Melnichenko SMART -ta’lim tushunchasini ilmiy 
tahlil qilar ekan, quyidagi yo‘nalishlarni belgilab bergan (1.1.1 -rasm): SMART - 
ta’limiy kabi intellektual vosita; SMART - birlashgan o‘quv muassasalari va 
professor-o‘qituvchilar tuzilmasi; SMART - yangi ko‘rinish kabi, ya’ni, ta’limga 
yangicha yondashuv, yuqori natijalarga erishishga imkon berish yoki ko‘proq 
samarali usullar; SMART yangi smart-kompetentlikni shakllantirish mazmunida 
inson shaxsiyatining takomillashuvi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin