106
2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta`limda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent:
“Adabiyot uchqunlari”, 2019, 1-tom, 262 b.
3. T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi. Darslik. T.:
“Tafakkur qanoti”, 2018 y. 304 b.
4. Ro‘zimov S. K., Kompyuter savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. Toshketn,
“Noshir”, 2011-yil, 367 b.
II. AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI
2.1. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari va ulardan samarali foydalanish
Ishning maqsadi
. Talabalarga zamonaviy o‘quv-texnik vositalari va ulardan
samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Kompyuter - inglizcha soʻz boʻlib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u
hozirda faqat hisoblovchi boʻlmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa
ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski
nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta
ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini koʻp
uchrasada, shu bilan birga
EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham
hayotda koʻp ishlatib turiladi.
Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz),
raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi,
bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining
aniqligi va boshqa
koʻrsatkichlari yuqori boʻlgani uchun, ular koʻproq qoʻllanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC)
quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
- sistema bloki; - monitor; - klaviatura; - sichqoncha; - tashqi qurilmalar.
Kompyuter va mobil qo‘rilmalar bilan birgalikda,
ta’lim jarayonida zamonaviy (interfaol) o‘qitish
texnik vositalari keng qullanib kelmoqda. Interfaol
vositalar
yordamida, yangi mavzuni o‘rganishda,
talabalar bilimini mustahkamlashda va tekshirishda,
grafika, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha
yaratilgan mul'timedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli foydalanish
mumkin. Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi.
ACTIVboard (interfaol doska) bu – kompyutеr va proеktor bilan birgalikda
ishlaydigan ta'lim bеrishning zamonaviy tеxnik vositasidir.
Intеraktiv doska
107
tarkibiga intеraktiv doskaning o‘zidan tashqari maxsus elеktron qalam (stilus),
dasturiy ta'minot vositalari (intеraktiv doskaning drayvеri va maxsus grafik
muharrir) hamda USB kabеl kiradi.
ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega
qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi
talabidan kelib
chiqib dasturiy ta`minotlarni yuklab olish mumkin. Bu
ta`lim olish, ta`lim berish va turli xil tadbirlar uchun
zamonaviy uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va
qiziq shaklda aks ettirilgani
tufayli kuchli taassurot
tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55 dyungacha
razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha turlari aviatsion
alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan qoplanadi.
Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi.
Multitach ekran hattoki yorug`likda ham a`lo darajada ko`rishni ta`minlaydi.
Barcha modellarida kuchli quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib,
musiqaning va ovozli
xabarlarning baland ovozda va ravshan eshitilishini ta`minlaydi.
Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida
joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi
stolning bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab
rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin.
Interfaol proektor - bu - o‘zida intеrkativ doskaning imkoniyatlarini
mujassam etgan proеktordir. Bunday proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib
olish talab etilmaydi, tasvirlar proеktsiyasi oddiy sinf doskasiga, markеr doskasiga
yoki sinf dеvoriga ham tushirilishi mumkin. Oddiy
proеktordan farqli ravishda
intеraktiv proеktorlar kompyutеrdan tеgishli signallarni qabul qilib tasvirlarni
ekranga namoyish qilish bilan bir qatorda, elеktron
qalamning ekrandagi joriy
holati va harakatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga
yuboradi va kompyutеr bilan ikki tomonlama aloqani o‘rnatadi.
Dostları ilə paylaş: