114
o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni
qulay qabul qilish uchun
syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez,
aniq va
tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi
o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi
vositasini
o’taydi.
Multimediali taqdimot
–bugungi kunda axborot
taqdim etishning yagona va
eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou,
diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy
farqi ularning mazmunan
boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga
moyilligi
va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish
(~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan
aniqlangan va kino hamda
televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu
muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi.
Dinamik vizual
ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali
insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib,
multimediali
texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi.
Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini
qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va
vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli
ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm
va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va
uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish
xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: