31
muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual
ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali
insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib,
multimediali
texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi.
Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini
qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va
vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli
ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm
va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va
uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish
xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: