hisoblashlarni bajarish. Formulalar va funkstiyalarni
qoʻllash Excel dasturining eng
asosiy
vazifasidir.
Jadvalda
sonlarning
statistik
tahlilini
oʻtkazish imkoni mavjud.
Jadval
kattakchasiga
kiritiladigan formulalarning matni
“=” (tenglik belgisi)dan boshlanishi kerak, aks holda Excel dasturi formulani
matndan ajrata olmaydi. Tenglik belgisidan soʻng matematik tushuncha yoziladi.
Jadvalda argument sifatida sonlar, katakcha manzili va nomlar ishlatilishi
mumkin. Arifmetik amallarni belgilash uchun quyidagi belgilarni ishlatish
mumkin: ^ (darajaga oshirish),
+ (qoʻshish),
- (ayirish), *(koʻpaytirish) va
/ (boʻlish).
Jadvalda boshqa ishchi varaqda yoki boshqa faylning jadvalida joylashgan
katakchalarga yoʻllanma boʻlishi mumkin. Bir marta kiritilgan formulaga xoxlagan
paytda oʻzgartirish kiritib boʻladi.
Formulalar kiritish va tahrirlash . Formula kiritish “=” belgisidan
boshlanadi. Masalan A1 katakchaga 5 sonini, B1 katakchaga –4,6 sonini kiritib, C1
katakchada “=A1+B1” yozishimiz mumkin
Enter tugmasi bosilgandan soʻng C1 katakchada 0,4 hosil boʻladi:
Formulani boshqacha usulda ham kiritish mumkin: “=” (tenglik belgisi)
kiritilgandan soʻng A1 katakcha ustida sichqoncha koʻrsatkichini keltirib chap
tugmasini bir marta bossak, katakchaning manzili hosil boʻladi. “+” (qoʻshish
belgisi)ni kiritib soʻng B1 katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta
bosamiz va natijada C1 katakchada “=A1+B1” ifoda hosil boʻladi. Formula
yozilishi.
Enter tugmasi bilan tugatiladi.
Excelda arifmetik amallarni bajarilish ketma–ketligi matematikadagidek
amalga oshiriladi: avval koʻpaytirish va boʻlish soʻng qoʻshish va ayirish. Qavslar
yordamida ketma–ketlikni oʻzgartirish mumkin. Masalan, A1*B1-C1/D1 misolda
A1 va B 1 larni kupaytmasidan C1 ni D1 ga boʻlinmasini ayiradi. Agar misolda
darajaga oshirish “