Microsoft Office Backstage lentali
menyusidir. Bu dastur interfeysining yuqori chap qismida joylashgan “Файл”
yozuvi bilan berilgan tugmachani sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosish orqali
ochiladigan bir necha bandlardan iborat bir betli menyu bo’lib, undagi buyruqlar
yordamida fayllar ustida amallar bajarish, dasturni va uning interfeysini sozlash
kabi ishlarini bajarish mumkin.
Bu lentali menyu yordamida foydalanuvchi Office hujjatlarni ochish,
yaratish, saqlash, jo’natish, bosmaga chiqarish va ular bilan ishni yakunlash kabi
buyruqlarga murojaat qilishi mumkin.
1.1-rasm. Microsoft Office
Backstage
lentali menyusi
Microsoft
Office
2010
amaliy
dasturlar
paketiga kiritilgan keyingi
yangilik – bu buyruqlar
lentasi (Ribbon) bo’lib,
birinchi marta Office 2007
amaliy dasturlar paketida
joriy qilingan. Buyruqlar lentasi Office dasturlar paketining avvalgi
9
versiyalaridagi menyular satri va instrumentlar panelini o’rniga kiritilgan yangi
foydalanuvchi
interfeysi
elementidir.
Office
dasturlar
paketini
ishlab
chiqaruvchilar shu tariqa paket tarkibiga kiruvchi dasturlar buyruqlariga va
instrumentlariga murojaat qilishning qulay va ko’rinib turuvchi usulini yaratdilar.
1.2-rasm. Buyruqlar lentasi
Bundan tashqari, buyruqlar lentasi Office 2010 amaliy dasturlar paketi
tarkibiga kiruvchi barcha dasturlarda, shu qatori OneNote 2010, Publisher 2010,
InfoPath 2010, SharePoint Workspace 2010 dasturlarida va Office Web Apps web
ilovalarida ham mavjud. Bu o’z navbatida Office amaliy dasturlar paketining
yagona interfeysini tashkil etdi. Shuningdek, buyruqlar lentasi qatorida Outlook
2010 Quick Steps – dasturni qadamma-qadam sozlash buyrug’i ham joylashgan.
Office
2010
paketining
barcha
dasturlarida
foydalanuvchining
xohishistagiga ko’ra buyruqlar lentasiga qo’shimcha buyruqli tugmachalar
qo’shish mumkin. Barcha sozlash ishlari Backstage menyusining “Параметры”
bandi orqali amalga oshiriladi.
Bir faylga birgalikda murojaat qilish rejimi asosida endilikda Word 2010,
PowerPoint 2010, OneNote 2010 va Excel 2010 (Excel Web App orqali)
dasturlari yordamida yaratilgan fayllarni bir necha foydalanuvchilar birgalikda
tahrir qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Hujjatda uning qaysi qismini tahrirlash
mumkin, qaysi qismi uchun mumkin emasligi ko’rinib turadi.
Office 2010 amaliy dasturlar paketiga uzoqdan Internet-brouzer orqali
murojaat qilish quyidagicha amalga oshiriladi: Biznes-foydalanuvchilar uchun
Word, Excel, PowerPoint va OneNote fayllariga murojaat qilish “Office Web
Apps” utilitillari o’rnatilgan “SharePoint Server” dasturining “Open” ochiluvchi
menyusi orqali bajariladi. Xususiy foydalanuvchilar uchun Word, Excel,
PowerPoint va
OneNote fayllariga murojaat qilish esa ularning “online” publikatsiyalaridan keyin
mumkin bo’ladi. “Online” rejimida hujjatni o’qish yoki tahrirlash zaruriyati paydo
bo’lsa, ixtiyoriy Internet brouzer orqali “Windows Live”ga kiriladi va bu orqali
hujjatga murojaat qilinadi.
MS Office amaliy dasturlar paketiga kiruvchi barcha dasturlar to’plamini
shartli ravishda ikki qismga: asosiy va qo’shimcha dasturlarga ajratiladi.
MS Office amaliy dasturlar paketiga kiruvchi dasturlar ularning tahririyatiga
(versiyasiga) bog’liq holda bir-biridan farqlanadi. Bu undan foydalanish sohasiga
ko’ra kerakli tahririyatni tanlab olish imkonini beradi.
10
Microsoft kompaniyasi Office 2007 amaliy dasturlar paketini 8 xil variantda
ishlab chiqargan bo’lsa, Office 2010 ni 5 xil variantda ishlab chiqardi, ya’ni
variantlar sonini 3 taga kamaytirdi. Ular quyidagilardir: