Ma’ruza mavzulari


MS Word dasturida jadvallar yaratish



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/65
tarix21.10.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#158485
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Axborot texnologiyalari Majmua 2023 Matnshunoslik

 MS Word dasturida jadvallar yaratish
Juda ko’plab Word hujjatlari tarkibida bir yoki bir necha jadvallar mavjud 
bo’ladi. Chunki jadval bu ma’lumotlarni ko’rsatmali bayon qilishning bir usuli 
hisoblanadi. MS Word dasturida jadval ko’rinishdagi ma’lumotlarni kiritish va ular 
ustida amallar bajarish, yaratish uchun bir qancha jadval bilan ishlovchi buyruqlar 
mavjudki, ular yordamida ixtiyoriy strukturaga ega bo’lgan jadvalni tez va chiroyli 
tayyorlash mumkin.
Jadvallar tashkil etishda «
Вставка»
menyusining “Таблицы” buyruqlar 
guruhidagi buyruqlardan foydalaniladi. “Таблицы” buyruqlar guruhi yordamida 3 
xil usulda jadvallar tashkil etish mumkin:
1.
 
Jadval kataklarini belgilash orqali
. Bu usulda jadval yaratish uchun avval kursor 
hujjat betining jadval qoyiladigan joyiga qoyiladi, so’ng «
Вставка»
buyruqlar 
lentasining “Таблицы” buyruqlar guruhi panelida joylashgan ushbu 
ko’rinishdagi tugmacha bosiladi va unda ochilgan “Вставка таблицы” muloqot 
oynasidagi jadval kataklari sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda belgilab 
olinadi. Quyidagi 2.19-rasmga qarang.
2.
 
19-rasm. Jadval kataklarini belgilash orqali jadval 
yaratish
2. Jadval ustunlari va satrlarini ko’rsatish orqali.
Bu usulda jadval tashkil etish uchun “Вставка 
таблицы” muloqot oynasidan 
buyrug’i beriladi. Bunda “Вставка таблицы” nomli 
muloqot oyna ochiladi. U yerdan jadval ustuni va satri 
qiymatlari kiritiladi va jadval kengligini aniqlovchi parametrlar belgilanadi va 
“Ok” tugmasi bosiladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.20-rasm. “Вставка таблицы” muloqot oynasi
Chizish 
orqali 
jadval 
yaratish. 
Bunda
“Вставка→Таблица→Нарисоват таблицу” buyruqlar 
ketma-ketligi orqali qalam instrumentini aktivlashtirib 
olinadi. Avval jadval chegara chiziqlari chizib olinadi. 
Jadval chegara chiziqlari chizilgan zahoti lentalar satrida 
“Конструктор” va “Макет” nomli buyruqlar lentasi 


18 
paydo bo’ladi va “Конструктор” buyruqlar lentasi aktiv holatga o’tadi. So’ng 
ustun va satr chiziqlari chiziladi. Chizish rejimidan chiqish uchun sichqoncha chap 
tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi. Jadval chizish davrida noto’g’ri chizib 
qoyilgan ustun va satr chiziqlarini o’chirish uchun “Конструктор” buyruqlar 
lentasi “Ластик” (o’chirg’ich) intrumentidan foydalaniladi, ya’ni “Ластик” 
instrumenti 
aktivlashtiriladi. 
Bunda 
sichqoncha 
ko’rsatkichi o’chirg’ich 
ko’rinishiga o’tib qoladi. Bu instrument ko’rsatkichi deyiladi. “Ластик” 
instrumenti ko’rsatkichi kerakmas chiziq ustiga keltirilib, sichqoncha chap tugmasi 
bir marta bosiladi.
“Ластик” (o’chirg’ich) instrumentidan chiqish uchun sichqoncha chap tugmasi 
ikki marta ketma-ket bosiladi.
Jadvallarni tahrirlash deganda, jadvalga satr yoki ustun, yoki yacheyka 
qo’shish yoki olib tashlash, ustun va satr chiziqlari kengligini kichiklashtirish yoki 
kattalashtirish, 
jadval 
chiziqlari 
rangini o’rnatish, jadval kataklaridagi 
ma’lumotlarni format qilish, jadvalni hujjat beti boyicha joylashuvini belgilash 
ishlarini amalga oshirish tushuniladi.
Jadvalga ustun yoki satr qo’shish, ustun yoki satrni o’chirish, jadvalga bir 
yoki bir necha katak qo’shish yoki o’chirish kabi amallar “Макет” lentasining
“Строки и столбцы” buyruqlar guruhi panelidagi buyruqli tugmachalar 
yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmga qarang.
2.21-rasm. “Строки и столбцы” buyruqlar 
guruhi paneli 
Jadval yacheykalarni birlashtirish uchun 
avval bu yacheykalar belgilanib olinadi va 
“Макет” buyruqlar lentasidan “объединит 
ячейки” buyruqli tugmacha bosiladi.
Jadvallar bilan ishlaganda ba’zan shunday holatlar roy beradiki, jadval 
hujjatning bir varog’iga sig’may qoladi va buning oqibatida jadval katagiga 
yozilgan ma’lumotning yarmi keyingi betga o’tib qoladi. Bu hol hujjatni 
rasmiylashtirishda noqulaylikga olib keladi. Bunday holatlarda jadvalni ikki va 
undan ortiq bo’laklarga ajratib olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jadvalni ikki va 
undan ortiq alohida jadvallarga ajratib olish uchun “Макет” buyruqlar lentasining 
“Разделит таблицу” buyrug’i tugmasini sichqoncha ko’rsatkichi orqali bosish 
kerak.
Jadvalga yangi qator qo’shishning bir necha usullari mavjud:
“Макет” buyruqlar lentasining “Вставит снизу” va “Вставит сверху” buyruqlari 
yordamida. Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak bo’lgan satridagi 
ixtiyoriy katakga keltiriladi va “Макет” buyruqlar lentasi ochiladi. So’ng kursor 


19 
turgan qatorning quyisiga qator qo’shish uchun “Вставит снизу” tugmasini, 
yuqorisiga qoyish uchun “Вставит сверху” tugmasi bosiladi.
“Enter” tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning qator qo’shish kerak 
bo’lgan satrining tashqarisiga qoyilib “Enter” tugmasi bosiladi;
TAB tugmasini bosish orqali; Bunda kursor jadvalning oxirgi qatordagi oxirgi 
katakda turgan holda TAB tugmasini bosiladi. Bu usulda qator jadval oxiriga 
qoyiladi.
Jadvaldagi matnli ma’lumotlarni jadval kataklari boyicha yozish 
yo’nalishini belgilash uchun “Макет” buyruqlar lentasining “Направление 
текста” buyrug’dan foydalaniladi.
Bundan tashqari jadvalda hisob ishlarini amalga oshirish uchun “Макет” 
buyruqlar lentasidan “
fx 
Формула” buyrug’i beriladi. Bunda “Формула” nomli 
muloqot oyna ochiladi. U yerga kerakli formulani yozib hisoblash ishlarini bajarish 
mumkin. Jadval kataklari Excel dasturidagi kabi manzillanadi. Masalan jadvalning 
1-ustuni, 1-qatorida joylashgan katakni manzili A1 bo’ladi. Formulalar kiritish
Excel dasturidagi kabi “=” (tenglik) belgisidan boslanadi. Masalan, =A1+A2 – bu 
jadvalning 1-ustunidagi 1-va 2-kataklaridagi sonlar yig’indisini hisoblash 
formulasi. Formula qaysi katakga yozilsa hisoblash nitijasi shu katakga chiqadi.
Jadvallarni turli ko’rinishdagi rangli jadvallar ko’rinishida rasmiylashtirish 
uchun “Конструктор” buyruqlar lentasida joylashgan “Стили таблиs” buyruqlar 
panelida keltirilgan jadvallarni formatlash uslublaridan foydalaniladi. Bu yerda 
juda ko’p har xil jadvallarni formatlash uslublari mavjud. Ulardan kerakli uslubni 
tanlash orqali jadvallarni tezda bosmaxona talabiga mos qilib rasmiylashtirish 
mumkin. Agar bu uslublar hujjat talabiga yoki bosmaxona talabiga javob bermasa, 
ularni o’zgartirish imkoni ham mavjud. Buning uchun “Стили таблиs” buyruqlar 
panelining quyi chetida joylashgan 
ko’rinishli tugmachani bosish orqali 
ochiladigan muloqot oynadan “Изменит стили таблиs” tugmasi bosiladi. Bunda 
“Изменение стиля” nomli muloqot oyna ochiladi. Bu yerdagi kerakli 
parametrlarni o’zgartirish orqali ublubga o’zgartirish mumkin.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin