ma’ruza. Ovqat mahsulotlarining ozuqaviy don mahsulotlari sifati reja


Begona o’simlik urug’i aralashmalari



Yüklə 30,69 Kb.
səhifə3/4
tarix02.10.2023
ölçüsü30,69 Kb.
#151560
1   2   3   4
2 ma\'ruza Ovqat mahsulotlarining oziqaviy don mahsulotlari sifati

Begona o’simlik urug’i aralashmalari
Begona o’simliklarga kakra, randak (sariq gulli yovvoyi o’t), ko’kmaraz (hazon rang gul-geliotrop), mastak (plevel), ziravorlar (pikulnik)lar kiradi. Begona o’simliklar urug’ida ham toksin bo’lib, ular yer kurrasining turli burchaklarida: kakra Zakavkazeda, O’rta Osiyoda, ko’kmaraz va trikodesma O’rta Osiyoda uchraydi.
Begona o’tlar bilan boshoqli ekinlar ba’zan bir vaqtda pishib yetiladi. Ularni yig’ishtirib olishda donga aralashib ketishi mumkin. Begona o’simliklarning toksik moddalari issiqlikka chidamli bo’lib, ku-linariya ishlovi berilganda o’z xususiyatlarini yo’qotmay nonga achchiq ta’m beradi.
Toksik moddalar bilan zararlangan don mahsulotlaridan kasallanish mumkinligini hisobga olib, ularning don mahsulotlari tarkibidagi miqdori quyidagicha me’yorlanadi:
- ko’kmaraz miqdori unda bo’lmasligi shart
- randak - 0,01% gacha
- vyazel - 0,04% gacha
- kakra - 0,04% gacha


Omborxona zararkunandalari
Don va don mahsulotlarini saqlash vaqtida ular ombor zararkunandalaridan zararlanishi mumkin. Ombor zararkunandalari o’z hayot faoliyati davomida don mahsulotlari kushandasi bo’lib, donni o’zlari ajratadigan chiqindilar, po’stlari va o’zlarining murdalari bilan ifloslantiradilar.Ular ayniqsa sanitariya talablariga javob bermaydigan harorat va namlikda tez ko’payadi. Omborxona zararkunandalari bilan za-rarlangan don mahsulotlari va un ovqat uchun umuman yaroqsiz bo’lib qoladi. Donning omborxona zararkunandalaridan zararlanish darajasini aniqlashda 1 kg mahsulot tarkibidagi tirik namunalar hisobga olinadi.
1. Donning uzuntumshuq bilan zararlanishining 3 darajasi farqlanadi:
I daraja - 1 kg mahsulstda 5 nusxa;
II daraja - 1 kg mahsulotda 10 nusxagacha;
III daraja - 1 kg maxsulotda 10 nusxadan ko’p.

2. Donning kanalardan zararlanish darajasi:


I daraja - 20 ta kanagacha
II daraja - 20 tadan ko’p kana
III daraja - ko’p miqdordagi kana
Boshqa zararkunandalarning dondagi miqdori 1 kg ga 5 nusxadan oshmasligi kerak. Agar dondagi zararkunanda 5 nusxadan oshsa sertifikatda belgi qo’yiladi. Birinchi darajali ifloslanishda un ishlovga qabul qilinadi. II va III darajali ifloslanishda don maxsus ishlovga yuboriladi.



Yüklə 30,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin