Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#177075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
arb notiqligi

Yusuf Xos Hojib.

  • Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma`lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg`u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462- (milodiy 1069-70) yilda yozilgan. Muallif dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta`kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20 – yillari arafasida tug`ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani – Balasog`un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlari-dan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi.
  • «Qutadg`u bilig»ning uch qo’lyozma nusxasi ma`lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. Birinchi nusxasi XIX asrning 20 yillarida Istambulda topildi. – Hirot nusxasi. Ikkinchi qo’lyozma nusxasi 1896 yilda Qohirada topildi. – Qohira nushasi, 1913 yilda Namanganda topildi – Namangan nusxasi.

Ahmad Yugnakiy.

  • Ahmad Yugnakiy iste`dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan saqlanib qolgan yagona adabiy meros «Hibatul - haqoyiq» («Haqiqatlar armug`oni»), badiiy so’z san`ati va adabiy tilning juda qimmatli hamda nodir yodgorligidir.
  • Adib Ahmad Yugnakiyning shaxsiy hayoti va tug`ilib o’sgan yeri haqida ma`lumotlar kam. Ayrim manbalarda adibning hayoti haqida berilgan ma`lumotlar to’liq emas.
  • «Hibatul - haqoyiq»ning kim tomonidan yozilgani, muallifning ismi, otasining ismi, uning qayerda yashagani, boshqa adiblarga nisbatan tutgan mavqei, jismoniy zaifligi haqida asarda qisqacha ma`lumotlar mavjud:
  • Adib Ahmad otim, adab, pand so’zim,
  • So’zum munda qolur, borur bu o’zum.
  • Otim – adib Ahmad, so’zim-pand-nasihat, adab berishdan iborat, so’zim esa bu dunyoda qolib, o’zim u dunyoga ketaman.
  • Shoirning otasi Mahmud Yugnakiy ekanligini shaxsan o’zi aytib o’tishi Ahmad Yugnakiy chindan ham Yugnak degan shaharda tug`ilib o’sganligi va u yerda ijod etganligiga hech qanday shubha qoldirmaydi. Bundan tashqari Alisher Navoiy «Nasoyimul - muhabbat» degan asarida adib Ahmad Yugnakiy haqida ma`lumot beradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin