Dunyo madaniyati va ma`naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomusiy olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir. Abu Rayhon Beruniy, U.I.Karimovning ta`kidlashicha, milodiy 973 – yilning 4 - sentyabrida (hijriy 362-yil zulhijja oyining 2 - kunida) Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyatda tavallud topdi. 1009-1017 - yillarda Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma`mun ibn Ma`mun saroyida xizmat qilib, katta obro’ - e`tibor qozongan. 1017 yilda Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan so’ng Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham G`aznaga yo’l olishga majbur bo’ldi va umrining oxiriga qadar shu yerda ijod qildi.
U o’z davridagi barcha fan sohalari bo’yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha etib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas`ud qonuni» hamda «Saydana» nomi bilan mashhur bo’lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o’rganildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.
Mahmud Koshg`ariy
Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg`ariy salmoqli o’rin egallaydi. U tilshunoslikning juda ko’p sohalari bo’yicha qalam tebratdi. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist - fonolog, leksikolog, leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi sanaladi.
S.Mutalibov ta`kidlaganidek, Mahmud Koshg`ariy yaratgan «Devonu lug`otit turk» asari faqat o’sha davr uchungina katta voqea bo’lib qolmay, bugungi turkologiya fani uchun ham o’z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi.
Mahmud Koshg`ariyning hayoti haqida juda oz ma`lumotga egamiz. Uning to’liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariyning tug`ilgan yili aniq emas. Lekin «Devon»ning oxirida bu «kitob umrini oxiriga etkazganini» quyidagi misralarda bayon qiladi: