Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#177075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
arb notiqligi

Alisher Navoiy.

  • Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ildi.
  • Sharq madaniyatining salmoqli zarvaraqlarini tashkil etuvchi notiqlik san`ati tarixiga oid talaygina manbalar bor bo’lsa-da, ulardan hech biri Alisher Navoiy qoldirgan meros kabi qimmatli va boy emas.
  • Navoiy o’z davrining buyuk mutafakkiri, so’z ustasi bo’lish bilan birga, kishilarga yaxshi so’z bilan ta`sir eta bilish san`atini juda qadrlovchi, ulug`lovchi, bunday san`at ustalariga e`tibor qilib, ehtirom ko’rsatuvchi bir shaxs edi.

Navoiyning fikricha, voiz quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:

  • Voizning so’zlari ta`sirchan va foydali bo’lmog`i lozim. Voiz kerakki «qolalloh» so’z aytsa.
  • Nutq tinglovchi uchun yangilik bilimlar va o’zgarishlar xabarchisi bo’lmog`i lozim. «Va`z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur».
  • Notiqning o’zi biror sohani egallagan bo’lishi va undan so’ng va`z orqali kishilarga ta`sir etishi lozim.
  • Notiq olim va bilimdon har narsadan xabardor kishidur. «Voizkim, bo’lg`ay olim va muttaqiyaning nasihatidin chiqqan shaqiy».
  • Notiqning so’zi bilan ishi bir bo’lmog`i lozim. Aks holda nutqning ta`siri bo’lmaydi. «Ulki buyurib o’zi qilmag`ay, hech kimga foyda va asar aning so’zi qilmag`ay».

Hoja Muayyad Mehnagiy

  • Alisher Navoiy qadrlagan voizlardan biri – Xoja Muayyad Mehnagiy mashhurgina emas, balki notiq, donishmand, yuksak bilim egasi bo’lgan, mavjud bilimlarni o’rganib qolmasdan, ularni takomillashtirgan, to’ldirgan. U mozorda shayxlik qilsa - da, o’zini xalqqa juda yaqin tutgan va o’z bilimini ularga berishga intilgan: «va`z majolisi bag`oyat garm va pursho’r voqe` bo’lur erdi».
  • Xo’ja Mehnagiy muvaffaqiyatlari va mahoratining kaliti bilim doirasining keng, mazmunan chuqur ekanligida edi. Navoiy iborasi bilan aytsak, u «zohir ulumin» bo’lgan, ya`ni o’sha davrda ajdodlarimiz to’plagan bilimlarning deyarli hammasini puxta o’zlashtirgan, buning ustiga ularni boyitgan ham.
  • Mehnagiy o’z davrining zo’r suxandonlaridan biri, hokisor shayx bo’lishiga qaramay, benazir donishmandligi, zo’r voizlik zakovati tufayli hatto toj-taxt, arkoni davlat a`yonlarini ham ta`zim qildira oladigan notiq edi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin