34
3. Misr sivilizatsiyasining yutuqlari va uning jahon sivilizatsiyaisda
tutgan o’rni.
1-savolning bayoni:
Sivilizatsiya tug’ilgan qadimgi markazlardan biri Afrikaning
shimoli-sharqiy qismida shimoldan janubga tomon oquvchi sersuv Nil
daryosi vodiysi bo’lgan. Nil vodiysi aholisi o’z yerlarini Ta kemet
(Qora yer) deb atashgan. Qadimgi yunonlar
Memfisning nomlaridan
biri bo’lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos
(Egipet) deb o’zgartirishgan. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot
ta’rifiga ko’ra: “Misr – Nil tuhfasi”. Misr sivilizatsiyasining o’ziga xos
xususiyatlari ko’p jihatdan uning taqdirida ushbu daryoning o’ynagan
alohida roli bilan bog’liq.
Nil daryosining o’ziga xos suv rejimi, uning vaqti-vaqti bilan
o’zanlaridan toshi turishi katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan. Nil
vodiysida yillab yomg’ir yog’magan, quyosh nuri yerni va o’simliklarni
qovjiratib yuborgan, iyun oyiga kelib
daryo kengligi sezilarli
kichraygan. Ammo iyul oyi boshida daryo toshib, butun vodiyni suv
bilan qoplagan. Avgust-sentyabr oylarida suv toshqini o’zining avj
nuqtasiga yetgan, suvning sathi 14 metrgacha ko’tarilgan. Noyabr oyida
daryo o’z o’zaniga qaytganda, yerda serhosil loyqa qolgan. Nil
daryosining minglab yillar davomidagi faoliyati natijasi bo’lgan mana
shu yer Misr sivilizatsiyasining boyligi va gullab-yashnashiga asosidir.
Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy – geografik
joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo’lgan, savdo, siyosiy va
madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. O’rta
yer dengizi Misrni Old Osiyo qirg’oqlari, Kipr,
Egey dengizi orollari
va Bolqon yarim oroli bilan bog’lab turgan. Nil daryosi Yuqori va
Quyi Misrni hamda butun mamlakatni antik mualliflar Efiopiya deb
atagan Nubiya bilan bog’lab turuvchi kemalar qatnovini ta’minlovchi
arteriya bo’lgan.
Misr sivilizatsiyasini yaratgan qadimgi misrliklar Shimoli-sharqiy
Afrikaning turli qabilalarining aralashuvi jarayonida shakllangan.
Misrliklar bir tilning turli lahjalarida so’zlashganlar, bu esa Misrning
birlashish va yagona davlatning shakllanish sur’atlariga ijobiy ta’sir
ko’rsatgan.
Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo’lgan
barcha narsalar Misrning o’zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud
bo’lgan. Metallar, xususan mis Arabiston
sahrolari va Sinay yarim
35
orolidan, oltin Efiopiyadan, kumush va temir asosan Kichik Osiyodan
keltirilgan. Qizil dengiz bo’ylaridan rux va qo’rg’oshin, Nilni g’arbdan
sharqqa tomon o’rab turuvchi tog’lardan chaqmoqtosh, Qohira
atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning
qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakatning o’simlik va hayvonot
dunyosi ham boy bo’lib, misrliklarning xo’jalik hayotida muhim o’rin
tutgan.
Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo
bo’lishgan. Bu yerga ularni tashqi sharoit boshlab kelgan:
iqlim
quruqlashib, sahro bostirib kela boshlagan. Dastlab Nil vodiysi
chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik, chorvachilik, ov,
baliqchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan. Ilk dehqon jamoalari
m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrdagi Fayum vodiysida mavjud
bo’lgan. Fayum manzilgohida g’alla ekinlari ekilgan,
yirik va mayda
qoramol boqilgan va baliq tutilgan.
Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib,
ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik
madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badariy madaniyatini
ko’rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badariy madaniyati (mil. av. IV
ming yillik) ga mansub aholi o’troq tarzda, urug’ jamosi bo’lib yashab,
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Yerga motiga
bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham
shug’ullanishgan. Badariylar hunarmandchilik
sohasida katta
yutuqlarni qo’lga kiritganlar.
Mis va misdan yasalgan mehnat qurollarining paydo bo’lishi bilan
Nil vodiysini o’zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi
yarmida misrliklar havza sug’orish tizimini yaratishgan. M.a. IV ming
yillikning II yarmida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan
hunarmandchilik ajralib chiqqan. Urug’chilik munosabatlari emirilib,
ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo
bo’lgan.
Mashaqqatli kechgan Nilni bo’ysundirish
jarayonida misrliklar
hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat sharoitlari o’zgardi,
uni tashkil etish bilan asosan qabila boshliqlari va kohinlar
shug’ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab berdi. Har bir
sug’orish xo’jaligi insonlarni yagona hududiy birlikka, o’ziga xos
qo’shnichilik jamoasiga – nomlarga birlashtirdi. Davlat tashkil
etilishidan oldingi davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud
36
edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o’zaro raqobatchi ikki podsholik
– Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Ular o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash Quyi va Yuqori
Misrning homiylari bo’lgan xudolar Gor va Set o’rtasida borgan kurash
to’g’risidagi diniy afsonada o’z aksini topgan. Misr sivilizatsiyasi tarixi
davomida mavjud bo’lgan ikki mamlakat fir’avni
unvoni va davlat
ma’muriyatining ikkiga bo’linishi ham Yuqori va Quyi Misrning
alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo’lganligini
ko’rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi
bo’lgan qizil va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining
yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi.
Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash
olib borar ekan, o’z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to’ldirgan.
Yuqori Misr dehqonchilikning markazi bo’lgan bo’lsa, Quyi Misr –
chorvachilik, uzumchilik va bog’dorchilik markazi edi.
Dostları ilə paylaş: