маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Afrikaning qadimgi madaniyat o’choqldrini sanab bering. 
2. Afrika sivilizatsiyalarining jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini 
tahlil qiling. 
3. Janubiy Arabiston sivilizatsiyalari taraqqiyotida uning tabiiy-
geografik o’rni qanday rol o’ynagan? 
4. Janubiy Arabistonda diniy tafakkurning rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatgan omillarni izohlang. 
7-mavzu: Qadimgi Kavkazorti o’lkalarning sivilizatsiyalari 
Asosiy savollar: 
1. Urartu davlati va uning Kavkazorti sivilizatsiyalari taraqqiyotida 
tutgan o’rni. 
2. Kavkazortining keyingi madaniyat markazlari: Kolxida, Iberiya va 
Albaniya. 
 
1-savolning bayoni: 
Kavkazorti sivilizatsiyasi tarixi jahon madaniyatining eng qadimgi 
sahifalaridan biridir. Bu hududda dastlab Urartu, so’ngra Kolxida, 
Iberiya, Armaniston, Kavkaz Albaniyasi kabi o’ziga xos sivilizatsiyalar 
vujudga keldi.
M.a. VI-V ming yilliklarda Kavkazortining Kuro va Araks 
daryolari vodiylarida o’troq dehqonlar va chorvadorlar madaniyati 
yuzaga keldi. Ular paxsa uylardan iboart uncha katta bo’lmagan 
manzilgohlarda istiqomat qilishgan, tosh va suyak qurollardan 
foydalanishgan. Keyinchalik mis qurollar paydo bo’lgan. M.a. III ming 
yillikda Armaniston tog’ligi va Kavkazortida kuro-araks madaniyati 
deb nom olgan ilk bronza davri madaniyatining yuzaga kelishi bilan 
madaniy-xo’jalik taraqqiyoti yanada yuksaldi.
Ibtidoiy munosabatlarning yemirilishi Van ko’li atrofida istiqomat 
qilgan va urartlar deb nom olgan qabilalarda jadal kechdi. Xurritlarga 
qarindosh bo’lgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida qabilalar 
ittifoqiga birlashganlar. M.a. XIII asrda Ossuriya manbalarida Uruatri 
degan umumiy nom bilan atalgan sakkizta davlat tilga olingan bo’lsa,
Ashshurnasirpal II hukmronligi davriga oid hujjatlarda ko’plab mayda 
mulklar o’rnida Urartu (Biayneli) nomi bilan atalgan yagona davlat 
qayd etilgan. Urmiya ko’li atrofida Mutsatsir deb atalgan yana bir 


61 
urartu qabilalari davlat birlashmasi yuzaga kelgan. Bu erda umumurartu 
diniy markazi joylashgan. 
Birlashgan Urartuning ilk podshosi Aram (864-845 yy) davrida 
mamlakatga Salmanasar III ning qo’shini bostirib kirgan. Ammo Urartu 
kuchayib boraverdi. Sardur I (835-825 yy) rasman Ossuriya podsholari 
kabi dabdabali unvonni qabul qilgan. Ururtu davlatining poytaxti Van 
ko’li atrofida joylashgan Tushpa shahri edi.
Urartu podshosi Ishpuini ( m.a. 825- 810 yy) faol siyosat yuritgan. 
Sardur davri yozuvlari ossuriya tilida yozilgan bo’lsa, uning davrida 
rasmiy matnlar bir oz o’zgartirilgan ossuriya mixxatidan foydalanilib, 
ururtu tilida bitilgan. Tushpa hukmdorlarining mulklari Urmiya 
ko’ligacha kengayib, Musatsirni ham o’ziga tobe qiladi. 
Yangi davlatni mafkuraviy jihatdan jipslashtirish uchun diniy 
islohot o’tkaziladi – uchta bosh iloha: osmon xudosi Xaldi, 
momaqaldiroq va yomg’ir xudosi Teysheb va quyosh xudosi Shivini 
asosiy o’ringa chiqadi. Urartu panteoninig oliy xudosi Xaldining bosh 
ibodatxonasi joylashgan urartu qabilalarining qadimgi diniy markazi 
Musasirning ta’siri mustahkamlandi.
Ururtu davlati podsho Menua davrida o’z qudratining cho’qqisiga 
chiqadi. Uning davrida Urartuda joriy qilingan annallarda hukmdorning 
faoliyati yilma-yil yoritib borilgan.
Menua davrida Urartu keng miqyosda istilochilik siyosatini olib 
boradi va uning hududi janubda Dajlaning chap qirg’og’i, shimolda 
Kavkazoritga qarab kengayadi. Menua Urartuda ma’muriy isloht 
o’tkazadi va mamlakat markaziy hukumat vakillari tomonidan 
boshqariladigan viloyatlarga jaratiladi. Uning davrida keng miqyosda 
qurilish ishlari ham olib boriladi. Tushpa hududida uzunligi 70 km.li 
kanal barpo etiladi, ba’zi joylarda suv balandligi 10-15 metrli 
akveduklar yordamida o’tkazilgan. 
Menuaning vorisi Argishti (m.а.786-764 yy) davrida Urartu 
qo’shinlari Shimoliy Suriyagacha, janubi-sharqda esa deyarli Bobil 
chegaralarigacha 
yetib 
boradi. Kavkazortida Urartu g’arbiy 
Gruziyadagi Kolxidaga yetib borib, Araksning chap qirg’og’idagi 
Sevan ko’ligacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Uning davrida keng 
bunyodkorlik ishlari olib borilib, Argishtixinili (m.a. 776 y.), Erebuni 
(m.a. 782 y.) kabi yirik shaharlar barpo etiladi. Argishtinixili hududidan 
to’rtta kanal o’tkaziladi, uzumzorlar va bog’lar barpo etiladi. Shahar-
qal’alarda ulkan don omborlari qurilib, davlat g’alla zahirasi to’planadi. 


62 
Argishtining ishlarini uning vorisi Sardur II (m.a. 764-735 yy) davom 
ettiradi. 
Ammo Tiglatpalasar III davrida erishilgan ichki barqarorlik 
Ossuriyaga 734 yilda Shimoliy Suriyadagi Arpad yaqinida bo’lgan 
jangda Ururtu boshliq ittifoqchilarni yengish imkonini beradi. 735 yilda 
Tiglatpalasar III Van ko’li atrofida Ururtuga qaqshatgich zarba beradi.
Podsho Rusa I (m.a. 735-713 yy) Urartu qudratini qayta tiklashga 
harakat qiladi. Tashqi siyosatda u Ossuriya bilan ochiq kurashga 
kirishdan tiyiladi, biroq hamma joyda Ossuriyaga qarshi kayfiyatni 
qo’llab-quvvatlaydi. Shimoldan Urartu yerlariga kimmeriyliklar 
bostirib 
kirishi 
vaziyatni 
yanada 
murakkablashtirardi. 
Biroq 
Kavkazoridagi Urartu yerlari kengayib bordi. Rusaxinili kabi yangi 
shaharlar barpo etildi.
M.a. 714 yilda Sargon II boshliq Ossuriya qo’shinlari yana 
Urartuga bostirib kiradi. Bu urushdagi mag’lubiyatdan so’ng Urartu 
Old Osiyodagi hukmronlik maqeidan mahrum bo’ldi va keyinchalik bu 
ikki davlat to’ridan-to’g’ri to’qnashmaslikka harakat qildi.
Argishti II (m.a. 713-685 yy) o’z istilochilik siyosatini sharqqa 
qaratdi va Kaspiy dengizi sohillarigacha chiqdi. Bu yerda ham Uarartu 
podsholarining an’anaviy siyosati davom ettirildi – yengilgan viloyatlar 
vayron qilinmadi, balki boj to’lash sharti bilan qaram qilindi. Argishti 
II va Rusa II (m.a. 685-645 yy) davrida barqaror iqtisodiy holat davom 
etdi. 
Kimmeriyliklar bilan kelishuv tuzishga muvaffaq bo’lgan Rusa II 
Kichik Osiyoga ham yurishlar tashkil etadi. Ammo Ururtuga yangi 
dushman – kimmeriyliklarni ham mag’lub etgan skiflar xavf sola 
boshladi. Zaiflashib qolgan Urartu m.a. VI asrning bohlarida Midiyaga 
qaram bo’lib qoladi va 590 yilda o’z mustaqilligini yo’qotadi.
Urartu davlati iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa sug’orish inshootlari 
va suv omborlari barpo etishga katta e’tibor bergan. Iqtisodiyotda 
podsho xo’jaligi katta rol o’ynagan. Teyshebaini qal’asini barpo etish 
bilan bir vaqtning o’zida podsho Rusa II kanal o’tkazib, keng qishloq 
xo’jalik yerlarini barpo etgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, 
Rusaxinilidagi podsho xo’jaligida 5500 kishi mehnat qilgan.
Ibodatxona xo’jaligi kmroq ahmiyatga ega bo’lgan.
Urartuning madaniyati va iqtisodi to’g’risida arxeologik 
qazishmalar boy ma’lumot beradi. Bu yerda shaharsozlik yuksak 
taraqqiy etgan. Teyshebaini (Karmir Bilur) va Erebuni (qadimgi 
Yerevan) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o’rab olingan. 


63 
Shaharlar hududi 200-300 gektardan 400-500 gektargacha yetgan. 
Muntazam rejalashtirishga ega bo’lgan shahaharlar odatda baland 
tepaliklar yonbag’rida barpo etilgan, eng yuqorida ark joylashgan. Ular 
bir, ko’pincha ikki, ba’zan uch qator mudofaa tizimiga ega bo’lgan. 
Saroy va ibodatxona me’morchiligi xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan.
Ururtuning mahobatli san’atini bizgacha yetib kelgan tosh 
relyeflar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar orqali o’rganish mumkin. 
Тош ҳайкаллар яққол икки хусусиятга эга. Ularning birinchisi Old 
Osiyo san’ati an’analari bilan bog’liq Urartu haykaltaroshligi 
namunalari. Masalan, Vandan topilgan kulrang bazalt haykalda
Urartuning ilk podsholaridan biri tasvirlangan. “An’anaviy-shartli” 
uslub esa bronza davri an’analarini davom ettirgan.
Urartuliklar amaliy san’at sohasida ham ulkan yutuqlarni qo’lga 
kiritgan. Урарту торевтикасининг намуналари Кичик Осиё 
(Гордион), Эгей денгизининг бир қатор ороллари (родос, Самос), 
қитъа Юнонистони (Делфа, Олимпия), ҳатто Этруриядан топилган. 
Ibodatxonalarga qurbonlik sifatida xizmat qilgan va relyefli bezaklar 
bilan bezatilgan qalqonlar, sovutlar, dubulg’alar Urartu san’atining 
yorqin namunasidir. Qazishmalar chog’ida ko’p miqdorda yuksak 
badiiy darajada ishlangan oltin va kumush taqinchoqlar ham topilgan. 
Urartu madaniyatining yutuqlari Midiya, so’ngra Ahamoniylar 
Eroni tomonidan qabul qilindi va Old va O’rta Sharq bo’ylab keng 
tarqaldi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin