2-savol bayoni:
Forslarning davlat birlashmasi tarixi yarim afsonaviy xususiyatga
ega. Suloa asoschisi an’anaga ko’ra Ahamon sanaladi. M.a. 675-650
yillarda Ahamonning o’g’li Chishpish forslarni boshqargan. Ossuriya
manbalarida m.a. VII asrda Oshshurbanipalning zamondoshi bo’lgan
Kurush (Kir) tomonidan boshqarilgan Parsumash viloyati xususida so’z
boradi.
M.a. 558 yilda fors qabilalarining podshosi bo’lgan Kir II Fors
davlatining haqiqiy bunyodkoridir. Fors qabilalari ichida eng
yiriklaridan biri bo’lgan pasargadlar hududi forslar konsolidatsiyasi
markazi bo’ldi. Ular ko’p o’tmay Midiyaga qarshi kurash boshladi va
550 yilda uni mag’lub etdi. 549-548 yillarda forslar Midiyaga qaram
bo’lgan boshqa hududlarni (Парфия, Гиркания, Арманистон) ham
bo’ysundirdilar. M.a. 547 yilda Lidiya podsholigi vayron qilindi.
Shundan so’ng Kichik Osiyodagi yunon davlatlari Kirning
hukmronligini tan oldilar. M.а. 549-548 йилларда форслар M.a. 545-
va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg’oniston, O’rta Osiyo yerlarini
bosib oladi. Fors davlat hududi Hindistonning shimoliy-g’arbiy
chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy yonbag’irlari va Sirdaryo
havzalarigacha yetdi.
72
M.a. 539 yil kuzida Bobil bosib olingach, barcha g’arbiy
mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr chegarasigacha forslar
qo’liga o’tadi. Kayxusrav fors davlatining shimoliy-sharqiy chegaralari
xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan O’rta Osiyodagi ko’chmanchi
qabilalar ustiga yurish boshlaydi. Kayxusrav m.a. 530 yilda
Amudaryoning shimoliy qismiga o’tadi va massaget qabilalari bilan
bo’lgan jangda mag’lub bo’lib, o’zi ham halok bo’ladi.
Uning vorisi Kambiz (Kombiz, м.а. 529-522 yy) m.a. 525 Misrga
yurish qilib, uni bosib oladi va fir’avn deb e’lob qilinadi. M.a. 522
yilda Kambiz halok bo’ladi va hokimiyat uchun kurashdan so’ng taxtga
Doro I (m.a. 522-486-yillar) o’tiradi. Doro I taxtga o’tirishi bilan unga
qarshi Bobilda ko’tarilgan qo’zg’olonni bostirayotgan bir vaqtda
Fors, Midiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi
Afg’onistonda) O’rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo’zg’olon
ko’taradilar. Bir yil davom etgan qonli urushlardan so’ng bu
qo’zg’alonlar bostiriladi.
Erishgan zafarlarini abadiylashtirish maqsadida Doro I Bobil va
Ekbatani bog’lab turuvchi qadimgi karvon yo’li ustida joylashgan,
Kirmonshohdan 30 km. sharqdagi Bexistun qoyalarida 400 qatorli bitik
va relyeflar o’yib yozdiradi.
Doro olib borgan urushlar tufayli O’rta Osiyoda saklar, Frakiya,
Makedoniya, Hindistonning shimoliy-g’arbiy qismi bo’ysundiriladi.
Shu tariqa m.a. VI asr oxiriga kelib sharqda Hind daryosidan g’arbda
Egey dengizigacha, shimolda Armanistondan janubda birinchi Nil
ostonasigacha bo’lgan hududda cho’zilgan jahon tarixidagi birinchi
imperiya vujudga keldi. Ahamoniylar davrida shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar va madaniy ana’analar jahon tarixida katta rol
o’ynadi. Ammo ko’p o’tmay Ahamoniylar saltanati kuchli raqib –
Aleksandr Makedonskiy bilan duch keldi. M.a. 329 yilda Baqtriyaning
bosib olinishi bilan Ahamoniylar saltanati quladi.
Ahamoniylar turlicha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga va madaniy
an’analarga ega bo’lgan xalqlarni birlashtirgan. Bunday xilma-xil
viloyatlarni samarali boshqarish uchun Doro I tomonidan ma’muriy-
moliya islohoti o’tkazilgan. Mamlakat 23 ta (Gerodotda 20 ta)
satraplikka bo’lingan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va
etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-
o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar - Finikiya, Kichik Osiyodagi
yunon shaharlari mavjud bo’lgan.
Markaziy davlat boshqaruvi Ahamoniylar saltanatining ma’muriy
73
poytaxti – Suzada joylashgan. Podsho saroyi kuz va qishni Bobilda,
yozni - Ekbatanada, bahorni – Suzada, katta bayramlar vaqtini -
Pasargad va Persepolda o’tkazgan. Ahamoniylar saltanatining rasmiy
tili oromiy tili bo’lgan.
Satrapliklarni boshqarish uchun doimiy pochta xizmati yo’lga
qo’yilgan. Ulkan imperiyaning soliq tizimi ham puxta ishlab chiqilgan
edi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy
belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo’lgan. Gerodot
bergan ma’lumotga ko’ra fors podsholariga qaram bo’lgan xalqlar
yiliga 7740 bobil kumush talantini to’lashgan (232 200 kg). Hind
satrapligi esa o’lponni oltin qum bilan to’lagan. Pul solig’idan tashqari
o’lpon mahsulot tarzida ham to’langan.
Doro I butun saltanat uchun yagona pul birligini joriy etadi. Faqat
podsho tomonidan zarb ettirilgan 8,42 g. oltin tanga “doroyi” tangasi
deb atalgan. Mahalliy satrapliklarda esa turli qiymatdagi kumush
tangalar zarb etilgan. Oddiy savdoda zarb etilmagan kumush
quymalaridan keng foydalanilgan.
Xo’jalik taraqqiyoti, qulay dengiz yo’llari, eski va yangi karvon
yo’llarining namunali saqlanishi, pul muomalasining rivojlanishi
xalqaro savdoni gurkirab o’sishiga olib keladi. Turlicha tabiiy sharoitga
ega mamlakatlar o’rtasida rang-barang mahsulotlar bilan savdo
qilingan.
Mamlaktdagi barqarorlikni ta’minlash ko’p jihatdan qo’shinga
bog’liq bo’lgan, shu sababdan unga katta ahamiyat berilgan. Fors
podsholigining qudratini asosi fors va midiyaliklar tashkil qilgan
jangovar qo’shin belgilagan. Eng muhim urush harakatlari davrida har
bir qaram halq ma’lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini
olgan.
Qadimgi Eron mafkurasida m.a. I ming yillikda O’rta Osiyoda yoki
Sharqiy Eronda shakllangan diniy ta’limot - zardushtiylik muhim o’rin
egalladi. Zardushtiylik so’nggi Midiya podshosi Astiag davridayoq
rasmiy dinga aylangan edi. Doro I m.a. 520-yil atrofida zartushtiylikni
rasmiy davlat dini deb e’lon qildi. Biroq forslar o’zlarining qadimiy
diniy e’tiqodlaridan butunlay voz kechmaganlar va bo’ysundirilgan
xalqlarning e’tiqodlariga ham daxl qilmaganlar.
Ahamoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy
qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining
doimiy iqtisodiy – ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining
o’zaro ta’siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat
74
hududiga yashashi xalqlarning ilmiy bilimlari, san’at va
adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga xos
mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors mixxati 600 belgidan iborat
akkad alifbosidan farq qilgan holda bor-yo’g’i 43 belgidan iborat
bo’lib, deyarli alifboli yozuv bo’lgan. Fors saltanatida akkad, misr,
shumer va boshqa xalqlar yozularidan keng foydalanilgan. Doro I ning
uch tilda bitilgan Bexistun bitigi, Doro I ning Suzadan topilgan
haykalidagi to’rt tilli yozuv bunga misol bo’la oladi.
M.a. VI asrda Eronda 354 kunlik oy kalendari majud bo’lgan.
Shuningdek forslar 365 kunlik zardo’sht kalendaridan ham
foydalanishgan. Sosoniylar davrida u rasmiy davlat kalendari sifatida
tan olingan.
Qadimgi fors me’morchiligining ulug’vor inshootlari Pasargad,
Suza va Persepoldagi saroy majmualari edi. Pasargadda Kir II ning
dahmasi joylashgan. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib
borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Persepol
saroyiga 110 zinapoyali keng hashamatli pillapoyadan chiqilgan.
Doro I ning saroyi (apadana) balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli ulkan
zali (maydoni 3600 kv.m.) bilan mashhurdir. Apadana olib boruvchi
zinapoyaning bir tomonida relyeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj
olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey bo’lib,
unda turli xalq va qabilalarning o’ziga xos kiyimlari, qurollari, yuz
ifodalarining tasvirlari toshga o’yib tushirilgan. Persepoldan 3 km.
uzoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa
fors podsholarining qabrlaridagi relyeflar ham Eron tarixi haqida
qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Qadimgi fors san’ati, Eron madaniyati an’analari Bobil, Misr,
Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an’analari va texnika
usullarining sintezi edi. Qadimgi fors san’ati namunalari ichida nozik
did bilan podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotlar
tasviri tushirilgan tosh vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan
riton, zeb-ziynat buyumlari, muhrlar, lazurit haykallar mavjud. Fors
san’atida ayniqsa o’simlik va hayvonlarning hayotiy tasvirlari bo’lgan
badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.
Taxminan m.a. 250 yilda Amudaryo va Kaspiy dengizi o’rtasida
ko’chib yurgan parnlar qabilasi Atrek vodiysiga bostirib kiradi va m.a.
247 yilda Arshakni podsho deb e’lon qilishadi. O’z davlatini barpo
etgach, parnlar Salavkiylar davlatiga hujum boshlaydi. M.a. 239 yilda
75
Parfiyani bosib olgan parnlar bu yerda istiqomat qiladigan qardosh
parfiya qabilalari bilan qo’shilib ketadi.
M.a. 171 yilda Parfiya podshosi bo’lgan Mitridat I davrida ushbu
davlat qudratli saltanatga va Ahamoniylar siyosiy qudrati va qaysidir
darajada ularning madaniyati merosxo’riga aylandi.
Parfiya saltanati yaxlit tuzilishga ega emas edi. Xususan, Eronning
janubida, Forsda milodiy III asrda bir necha yarim mustaqil knyazliklar
mavjud bo’lgan. Ularning birida Soson hukmronlik qilgan. Sosoniylar
sulolasining vakili Artashir o’ziga tegishli hududlarni kengaytira borib,
butun Forsni birlashtirgan, Kermon va Xuzistonni ham qo’shib olgan.
Artashirning muvaffaqiyatlaridan xavotirga tushgan Parfiya podshosi
Artabon V unga qarshilik ko’rsatishga qaror qiladi, ammo 224 yilda
mag’lubiyatga uchraydi. M.a. 226 yilda Artashir parfiyaliklarga
qarashli Mesopotamiyada joylashgan Ktesifon shahrini bosib oladi va
o’zini Eron shohi deb e’lon qiladi. Shu tariqa Parfiya podsholigi vayron
bo’ldi va ahamoniy podsholarning qadimgi vatanida yangi Eron
imperiyasi- Sosoniylar saltanati vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: |