2-asosiy savol bayoni:
78
Markaziy va Janubi-Sharqiy Hindixitoy, Malakka yarimorolining
shimoli va G’arbiy Nusantara orollaridagi mon-kxmerlar va
austroneziyaliklar, G’arbiy Hindixitoydagi protobirmaliklar va monlar,
shuningdek zamonaviy Yunnanning bir qancha tay-austroosiyo
guruhlarining ajdodlarida ilk sinfiy davlat madaniyati va mafkurasining
shakllanishi qadimgi Sharq sivilizatsiyalari bilan aloqalarning
kuchayishi sharoitida kechgan.
Hindiston hamda Shri-Lankadan hinduiylik va buddizmning kirib
kelishi diniy me’morchilik va ikonografiyaning umumqabul qilingan
qoidalarining shakllanishiga olib keldi.
Arxeologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Hindixitoy yarim
orolining janubidagi Bapnoma shahri kabi nisbatan taraqqiy etgan
markazlarda, hind markazining yodgorliklari kirib kelishidan avvalroq
qurilishning g’isht va tosh qo’llanilgan avtoxton an’analari mavjud
bo’lib, ilk kxmer animistik e’tiqodlariga xizmat qilgan ibodatxonalar
barpo etilgan.
Bu hududlarda o’ziga xos obrazlar va mavzularga ega diniy va
dunyoviy haykaltaroshlik, naqsh-bezak san’ati mavjud bo’lgan.
Milodiy II-V asrlarda Bapnom va Janubiy dengizdagi dengiz
kommunikatsiyalarining forpostlari mahalliy madaniyatning hinduiylik
va buddizm bilan keng tutashgan zona bo’lgan. Ushbu dinlar austrik
xalqlarning ajdodlarga sig’inish e’tiqodi va tabiatning iloha-ruhlari, boy
diniy-mifologik an’analariga moslashtirilgan. Me’morchilikda bu
podsho hokimiyatining vorisiyligi muqaddaslashtirilgan, Tog’
Podshoning Shiva qiyofasidagi hinduiylashtirilgan e’tiqodi bilan
bog’liq ibodatxonalarning barpo etilishida namoyon bo’ldi.
Bapnom Oy sulolasining so’nggi podsholari (kurunglar) (V-VI asr
boshlari) Angkor-Boreya rayonida Shivaning Podshoning ilohiy timsoli
bo’lgan, muqaddas Tog’da istiqomat qiladigan Girishi va Maxeshvara
qiyofasidagi ibodatxonalarini barpo etishgan. Bu an’ana Chenla
(Kambudjadeshining o’tmishdoshi) tomonidan qabul qilingan va uning
bosh ibodatxonasi Lingvi Vat Pxuda aks etgan.
Mazkur mafkuraviy tasavvurlar bilan bog’liq ibodaxona
me’morchiligining yana bir markazi milodiy IV asrda Shiva-
Bxadreshvari sulolaviy e’tiqodi yoyilgan qadimgi Tyampa (Janubiy
Vyetnamning
Markaziy qismidan to shimoligacha) bo’lgan.
Kxmerlarda Tog’ Podsho Eysora nomi bilan ma’lum bo’lgan va
ibodatxonalar shahri Misonda Shivalingi ibodatxonalari barpo etilgan.
79
Demak VI asrdayoq mahalliy mahobatli ibodatxona qurilishining
ilk shakllari yaratilgan va u keyinchalik o’rta asr klassik
me’morchiligiga, aynan “tog’-ibodatxona” shakliga asos bo’lgan.
Mahalliy an’analarning hinduiylik (shivaizm, vishnuizm) va
buddaviylik tasavvurlar bilan uyg’unlashuvi tufayli “tog’-
ibodatxona”ning
minorasimon
yoki
piramidasimon-terassali
konstruktsiyasi austroosiyo (monlar, kxmerlar va boshqalar) va
austroneziya xalqlari me’morchiligining barqaror modeliga aylandi.
Buddizmning tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan yana bir muhim
me’morchilik yodgorligi qo’ng’iroqsimon yoki dubulg’asimon stupalar
bo’lib, ular “tog’-ibodatxona” bilan bir qatorda qadimgi va o’rta asr
Janubi- Sharqiy Osiyo davlatlari diniy me’morchiligining asosiy
tuzilmasini tashkil etdi. Dastlab stupalar Quyi Birma va Tailand
monlarida va O’rta Iravaddagi pyularning ilk Birma podsholigida keng
tarqaldi.
Hindixitoy yarimoroli va Nusantara orollarida ma’lum bo’lgan
diniy ikonografiyada dastlab Budda tasvirlari milodiy II-III asrlardagi
Amavarati maktabi va uning Shri-Lanka mahalliy variantlari ta’sirida
yaratilgan. Dong – Ziong (Vyetnam), Pong-Tuk (Tailand), Sungey-
Budjang (Malakka yarimoroli) dagi haykallarni esa Gupta davri hind
obrazlarining mahalliy an’analar bilan uyg’unlashgan budda
ikonografiyasi namunalari sifatida baholash mumkin. V-VI asrlardagi
so’nggi Bapnom budda ikonografisida qadimgi kxmer mahobatli
haykaltaroshligining ilk namunalaridan bo’lgan yirik yog’och
haykaltaroshlik ajralib turadi.
Mahalliy toshga va yog’ochga ishlov berish va bronza quyish
san’ati chuqur ildizlarga ega bo’lganligi sababli antrpomorf tosh va
metall budda haykaltaroshligi tez rivoj topdi. VSh asrning birinchi
yarmida yuzaga kelgan Pnom Da uslubidagi Budda, Vishnu va boshqa
hinduiylik xudolarining tasvirlarida mahalliy va antik an’analar
uyg’unligi ko’zga tashlanadi.
Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegarasida Janubi-Sharqiy Osiyo
xalqlarining klassik san’ati xarakterini belgilab bergan alohida siyosiy-
mafkuraviy omillarni sanab o’tish lozim. Birinchidan, yirik davlat
birlashmalarining mavjudligi - Chenla (Kambudja), Tyao-Pray
havzasidagi monlarning Dvaravat davlati, Iravad vodiysidagi
Tarekkitar (Shrikshetra) ilk Birma podsholigi, hozirgi Janubi-G’arbiy
Xitoydagi Dal (Nanchjao), Tyampa austroneziya davlati, Shrividjay
(markazi Sumatra orolida) va Yava orolidagi Mataram. Navbatdagi
80
omil hinduiylik va buddizm qobig’ida hukmdor-xudo rasmiy
e’tiqodining, ajdodlarga sig’inish e’tiqodining turli an’anaviy
shakllarining yanada rivojlanishidir. ”Keng yo’l” (maxayana)
buddizmining va ayniqsa vajrayana buddizmi afsonaviy mafkurasining
tarqalishi yana bir muhim omil bo’lgan.
Badiiy madaniyatning muhim yutuqlari bu omillar bilan bog’liq
bo’lgan va ilk o’rta asrlar klassik me’yorlariga asos bo’lgan.
1.
“Tog’-Ibodatxona” me’morchilik obrazi kxmerlarlarning
prasat, tyamlarning kalan, yavaliklarning chandi, malayyaliklarning
biaro modellariga asos bo’lgan. Bu me’morchilik shakllarining barchasi
zinapoyasimon piramida “tog’” ning yuqorisida barpo etilgan
minorasimon, terassa-minorali ibodatxonalardir. Me’morchilikning
ahamiyatga ega mahalliy yo’nalishlarining barchasida ibodatxona
qurilishiga o’z an’analariga mos holda o’zgarishlar kiritilgan.
2. Haykaltaroshlikning yetakchi yo’nalishlari yuqorida qayd
etilgan me’morchilik, ya’ni ibodatxona majmualari bilan bog’liq
bo’lgan. Kxmerlarning Sambor Prey Kuk va Prasat Andetdagi
hinduiylashtirilgan xudolari va ayniqsa mashhur Xarixara (Shiva-
Vishnu) haykallarida hukmdor hokimiyatining muqaddasligi va uning
o’limidan so’ng ilohiylashtirilishi bilan bog’liq g’oyalar aks etgan.
3. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar chegaralarida mahobatli
san’atning budda aqidalari doirasidagi mahalliy me’yorlari ishlab
chiqilgan. Masalan, Markaziy Yavadagi Borobudur ibodatxoan
majmuasida (VIII asr oxiri - IX asr boshi) muqaddas Tog’, stupa va
piramida obrazlari birlashtirilgan.
4. Vyetnam madaniy arealida “shimoliy mustaqillik” davrida
(m.a. I asr – milodiy IX asrlar) xitoy sivilizatsiyasining ta’siri
Dongshon sivilizatsiyasi vakillari-lakvyetlar an’analari bilan to’qnash
keldi. Dxyana buddizmining qabul qilinishi va adaptatsiya qilinishi
o’ziga xos qirralarga ega alohida me’morchilik, haykaltaroshlik va
naqsh san’ati yodgorliklarining paydo bo’lishi bilan birga borgan
(Dayla va Lyuilaudagi budda va fuqarolik inshootlari, Tenzudagi
stupalar modellari, turli dafn buyumlari).
Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo sivilizatsiyalarining badiiy merosi
hozirda ushbu hududda istiqomat qiladigan etnoslar an’anaviy
madaniyatining ajralmas qismini tashkil etuvchi madaniy qadriyatlarni
yetkazishda katta rol o’ynadi.
Dostları ilə paylaş: |