Nazorat uchun savollar:
1. Kavkazorti sivilizatsiyalari qanday o’xshash va o’ziga xos
xususiyatlarga ega?
2. Kavkazorti sivilizatsiyalari taraqqiyotida antik dunyo ta’siriga baho
bering.
3. Kavkazorti sivilizatsiyalarining yutuqlari qadimgi Sharq madaniy
taraqqiyotida qanday rol o’ynadi?
68
8-mavzu: Qadimgi va ilk o’rta asrda Eron
Asosiy savollar:
1. M.a. IV-I ming yilliklarda Qadimgi Eron sivilizatsiyalarining
shakllanishi va taraqqiyoti
2. Ahamoniylar sulolasi va Parfiya davrida Eron.
1-savolning bayoni:
Qadimgi Eron tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Elam sivilizatsiyasining vujudga kelishi va gullab-yashnashi (m.a. IV
ming yillik oxiridan m.a. VII asr oxirigacha); Midiya davri (m.a. VIII-
VI asr o’rtalari); Ahamoniylar davri ( m.a. VI asr o’rtasidan 330
yilgacha); Parfiya davri ( m.a. III asr o’rtasidan – taxminan 224
yilgacha).
Eron janubi-g’arbiy qismining tub aholisi elamliklar bo’lgan.
Zagrosning g’arbiy tog’oldi hududlarida va shimoliy-g’arbiy Eronda
kelib chiqishi hind-yevropalik bo’lmagan qabilalar, jumladan xurritlar,
manneylar, lullubeylar va boshqalar istiqomat qilishgan. M.a. XII-XI
asr chegaralarida G’arbiy Eronga midiya va fors qabilalari kirib kelgan,
ular keyinchalik butun Eron tog’ligini egallab, avtoxton aholini
assimilyatsiya qilgan.
Eronning hozirgi Xuziston viloyatini egallagan Elamda ishlab
chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud
edi. Eng qadimgi dehqonchilik madaniyati shaklangan hududlardan biri
bo’lgan tekislik qismida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, jumladan
kulolchilik ravnaq topdi. Elamning tog’li qismi esa qurilish xom-
ashyosiga, qazilma boyliklarga boy bo’lib, aholi asosan chorvachilik
bilan shug’ullangan. M.a. III ming yillik boshlarida bu hududda
qabilalarning ilk davlatchilik birlashmalari vujudga keldi.
Shunday birlashmalardan birining poytaxti bo’lgan Suza Elamni
Ikkidaryo oralig’i va Sharqiy Eron bilan bog’lab turuvchi muhim savdo
yo’llarining chorrahasida joylashgan edi. Bundan tashqari Elamda
Avan, Anshan, Kimash va Simash davlatlari mavjud edi.
Asta-sekin davlat boshqaruvining o’ziga xos tizimi shakllandi.
Sukkalmax (buyuk vakil) unvoni bilan Suzada hukmronlik qilgan oliy
hukmdordan tashqari uning o’rinbosari, odatda kichik uka va bo’lajak
merosxo’r katta rol o’ynagan. U Simash sukkali (vakili) deb atalgan.
Davlat iyerarxiyasida uchinchi o’rinni Suziana viloyatining noibi,
podshoning katta o’g’li turgan. Kichikroq viloyatlarni esa mahalliy
69
shaxslar - «otalar» («adda») boshqargan, ularning vafotidan so’ng
hokimiyat jiyanlarga (singillarning o’g’illari) o’tgan. M.a. XIII asrdan
podsho taxti ota tomonidan meros qoladigan bo’ldi, ya’ni otadan
o’g’ilga o’ta boshlagan.
M.a. III ming yillikda Elamdagi iqtisodiy va ijtimoiy tashkilotning
asosiy shakli barcha erkin shaxslar kirgan va oqsoqollar tomonidan
boshqarilgan qishloq jamolari edi. Ammo m.a. II ming yillikdan
boshlab qul mehnatidan foydalaniladigan xususiy xo’jaliklar jadal
rivojlana boshladi. Qishloq jamolarining o’rniga paydo bo’lgan
qarindoshlardan tashkil topgan uy jamoalari ham mulkiy tengsizlikning
kuchayib borishi tufayli bora-bora o’z ahamiyatini yo’qotdi.
Elamning siyosiy tarixi Mesopotamiya tarixi bilan chambarchas
bog’liq bo’lgan. Ikki davlat bir-birlari bilan urushlar olib borgan,
tinchlik shartnomalarini tuzgan hamda qizg’in savdo va madaniy
aloqalariga ega bo’lgan. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad
davlati tarkibida bo’lgan. M.a. XXII-XXI asrlarda Urning III sulolasi
davrida ham Elam Ikkidaryo oralig’ining hukmronligi ostida bo’lgan,
biroq XXI asrning ikkinchi yarmida mustaqillikka erishgan. M.a. XIV
asrdan m.a. XII asrgacha Elam bobilliklarga qaram bo’ladi. M.a.XII
asrda Elam mustaqilligini qo’lga kiritib, hatto Bobilning ko’plab
shaharlarini bosib olgan. Eronning o’zida Elam janubda Fors
ko’rfazidan shimolda hozirgi Hamadon shahrigacha bo’lgan
hududlarda hukmronlik qilgan.
M.a. VIII asrda uzoq davom etgan Ossuriya – Bobil urushlarida
Elam bobilliklarning ittifoqchisi bo’lgan. Urush so’ngida Elamning
mag’lubiyati va Suzaning ssuriyaliklar tomonidan bosib olinishi bilan
yakun topdi. M.a. 549 yilda urushlar tufayli zaiflashib qolgan Elam
forslar tomonidan bosib olindi va o’z mustaqilligini yo’qotdi.
Elam sivilizatsiyasi Qadimgi Eronning ma’naviy va madaniy
hayotiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Elamliklar m.a. III ming yillikda
piktografik yozuvni kashf etishdi. Hozirgacha o’qishga muvaffaq
bo’linmagan protoelam yozuvida tushunchalar va so’zlarni anglatuvchi
150 ga yaqin asosiy belgilar mavjud edi. Protoelam yozuvida bitilgan
sopol taxtachalar nafaqat Elam hududida (Suza, Anshan va h.k.), hatto
Markaziy Erondagi Sialkda, Eronning janubi-sharqida (Tepa-Yahyo)
ham topilgan.
M.a. III ming yillikning ikkinchi yarmida Elamda chiziqli-bo’g’inli
yozuv ixtiro qilindi. 80 ga yaqin belgilar yordamida turli mazmundagi
70
matnlarni yozish imkoni bo’lgan. III ming yillik oxiridan to m.a. V
asrgacha elamliklar shumer-akkad mixxatidan foydalanganlar.
Elam dini ham Mesopotamiya dini ta’sirida bo’lgan bo’lsada,
o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan. Mamlakatning diniy markazi Suza
bo’lgan. Elam xudolar panteoniga xudolar onasi hisoblangan Pinekir,
Suza homiysi Inshushinaka, Xumban, quyosh xudosi Naxxunt kabi 37
ga yaqin ilohalar kirgan.
Elamliklar m.a. IV ming yillikdayoq o’ziga xos san’at yaratishgan.
M.a. II ming yillikda uning rivojiga Bobil san’ati katta ta’sir
ko’rsatgan. Malika Napirasuning bronza haykali Elam san’atining nodir
namunasidir. Elam me’morchiligining eng yirik yodgorligi m.a. XIII
asrda Dur-Untash (hozirgi Choga-Zambil) yaqinida barpo etilgan,
umumiy balandligi 42 metrni tashkil etgan zikkurat sanaladi.
Midiyalik va fors qabilalari m.a. I ming yillikning boshlarida
Eronga kirib kelishgan. Ular eron tilining turli lahjalarida so’zlashgan
va ko’pchiligi ko’chmanchi chorvachilik, shuningdek dehqonchilik
bilan shug’ullanishgan. Ossuriya manbalarida ular haqidagi ilk
ma’lumotlar m.a. IX asrga oid.
Midiyaliklar shimoliy–g’arbiy Eronda joylashishgan. M.a. IX
asrda bu yerda midiyaliklar va avtoxton aholini birlashtirgan o’nlab
mayda knyazliklar mavjud edi. Forslar Ossuriya manbalarida parsua
deb atalgan Markaziy Zagros tog’larida joylashgan viloyatda ko’plab
mayda qabilalarga bo’linib istiqomat qilishgan.
Tax. m.a. 800 yillarda forslar midiya qabilalaridan ajralib,
Eronning janubi-g’arbiga yo’l olishgan va vaqt o’tishi bilan Elam
hududlarini egallab olishgan. Bu hudud ularning nomi bilan Parsa
(hozirgi Fors viloyati) deb atalgan. M.a. VII asrning 40-yillariga qadar
forslar Elam podsholariga, so’ngra qisqa muddat ossuriyaliklarga
qaram bo’lishgan. Shu davrlardayoq forslar Ahamoniylar sulolasi
tomonidan boshqarilgan qabila ittifoqiga birlashgan. Fors qabila ittifoqi
6 ta dehqonchilik qabilasi va 4 ta ko’chmanchi-chorvador qabilalardan
iborat bo’lgan.
Ossuriyaliklarga qarshi kurashish zaruriyati midiyaliklarning
birlashish jarayonini kuchaytirgan. M.a. VII asr o’rtalarida Midiya
qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. M.a. 624 yilda Kiaksar
skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini
birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana (hozirgi Hamadon)
bo’lgan yagona davlat tuzadi.
71
Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi,
keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. M.a. 614 yilda
Midiya va Bobil qo’shinlari Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshurni,
612 yilda Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. M.a. 609-yilda ular
Xarran shahrida ossur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar.
Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda Fors,
Kaspiy dengizining janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani, Urartu,
skif davlatlari Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. M.a. 585-550
yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli
davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. M.a. 550-yilda
forslar Midiyaga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, uni bosib oladilar.
M.a. VII va VI asrning birinchi yarmida Midiya Eronning moddiy
va ma’naviy madaniyati markazi edi. Keyinchalik ularning yutuqlari
forslar tomonidan qabul qilib olindi. Midiya hududida aniqlangan
yodgorliklarni tadqiq qilish ularning ularning tarixiga oid boy
arxeologik ma’lumot berdi. Sakkiz shahridan topilgan xazina, Xasanlu
tepaligidan mustahkamlangan inshoot qoldiqlari, G’ilon viloyatidagi
Marlik qabristoni shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |