маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Nazorat savollari: 
1. Anatoliyaning qadimgi madaniyat markazlarini sanab bering. 
2. Finikiya sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini 
tahlil qiling. 
3. Xett podsholigining davlat tuzumiga baho bering. 
4. Yaxudo dini insoniyat tarixidagi birinchi yakka xudolikka 


52 
asoslangan din sifatida qanday rol o’ynadi? 
 
6-mavzu:  Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Qadimgi Afrika sivilizatsiyasi o’choqlari. 
2. Janubiy Arabiston sivilizatsiyalari taraqqiyotining omillari. 
1-savolning bayoni: 
M.a. IV ming yillikda Yuqori Misr va Shimoliy Nubiyada deyarli 
bir xil madaniyat tarqalgan bo’lsa, keyinchalik geografik omillar 
xususiyatiga ko’ra madaniyatlar taraqqiyoti turlicha yo’ldan ketdi.
Nilning uchinchi va beshinchi ostonalari oralig’idagi hududlarni 
asoan Kush podsholari nazorat qilgan, ba’zan esa ular o’z 
hukmronligini 
shimolda 
Asuandan 
janubda 
Xartumgacha 
kengaytirishga muvaffaq bo’lgan. Kushda asosan dehqon-chorvador 
birlashmalar istiqomat qilgan. 
M.a. III ming yillikda Misr fir’avnlarining istilochilik yurishlari
tufayli Nilning birinchi ostonasidan janubdagi hududlarda yuzaga 
kelgan madaniyatlar almashib turgan. Shimoliy Suriyadagi Kush 
hududida yashagan aholi sezilarli darajada negroid elementlari 
aralashgan Kerma madaniyatiga mansub bo’lgan. Kerma shahri 
xarobasi, bu yerdan topilgan buyumlar jamiyatning ancha yuksak 
darajadagi taraqqiyotidan dalolat beradi. Sopol idishlardagi naqshlarda 
qora Afrikaning kuchli ta’siridan dalolat beradi. Kerma aholisi Misr, 
Sharqiy Saxara, Xartum viloyatlari va Efiopiyaning chegara rayonlari 
bilan yaqin aloqada bo’lgan.
Kermaning gullab-yashnash davri Misrdagi O’rta podsholik va II- 
O’tish davriga to’g’ri keladi. Bu davrda Kerma ikkinchi ostonadan 
to’rtinchi Nil ostonasigacha bo’lgan hududni nazorat qilgan. Kush 
sivilizatsiyasining keyingi davriga oid markazlar - Kava, Napata va 
Meroyening dafn inshootlari ushbu sivilizatsiyaning mahalliy 
ildizlaridan darak beradi. Ushbu hududda mavjud bo’lgan oltin, 
chorvachilikni rivojlantirish, qimmatbaho yog’och navlari va asirlarni 
haydab ketish uchun qulay sharoit Misrni doimo qiziqtirib kelgan. Misr 
kolonizatsiyasi davrida Kush madaniyati Misr madaniyati bilan juda 
yaqinlashib ketgan, ammo mahalliy an’analar va qarashlar saqlanib 
qolgan.
XXV sulola davrida endi Misr Kush tomonidan istilo qilinadi. 
Kushlik fir’avnlar hukmronligiga Ossuriya qo’shinlarining qudrati va 
zarbasi chek qo’ydi. 


53 
Shimoldan bosqinchilarning hujumi xavfi yoki boshqa sabab 
bilan Kush sivilizatsiyasining markazlari janubga, Napata va Meroyega 
ko’chadi. M.a. VI-V asrlarda podsho oilasining qarorgohi Meroyeda 
joylashgan, ammo Napata bosh diniy markaz, podsholarning asoisiy toj 
kiyish marosimi o’tkaziladigan joy bo’lib qolavergan.
Mahalliy me’morchilik va san’atning eng yorqin namunasi 
Musavvarat-as-Sufradagi diniy majmuadir. Bu yerda sher boshli 
mahalliy xudo Apedemakkka topinilgan. Ushbu yodgorlik shaklan Misr 
an’analariga o’xshatib barpo etilgan, biroq u mazmunan Afrika 
madaniyatiga mansub. 
Meroye xatida bitilgan ilk yozuvlar m.a. II asrga oid, ammo u 
ilgaridan mavjud bo’lgan. Bu yozuv Afrika qit’asidagi eng qadimgi 
alifboli yozuv bo’lib, bevosita Misr iyeroglif va demotik yozuvi 
ta’sirida paydo bo’lgan. 
Meroye madaniyati rivojining butun tarixi qadimgi dunyoning 
buyuk davlatlari bilan bog’liq tarzda kechgan. Kushda ushbu 
davlatlarning ko’plab an’analari va yutuqlari qabul qilingan. Bunda 
ayniqsa Misrning ta’siri eng kuchli bo’lgan.
O’ziga xos va betakror Kush madaniyati qadimgi Sharq 
mamlakatlarining umumiy madaniy merosiga o’z hissasini qo’shgan, 
Sudan xalqlarining zamonaviy madaniyati manbai bo’lib xizmat qilgan.
Tropik Afrikada temir davriga o’tish bilan bir vaqtda yuzaga 
kelgan, o’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyatga ega bo’lgan 
markazlarni shartli ravishda sivilizatsiya deb atash mumkin. Bir-biridan 
ulkan masofalar ajratib turgan, ammo o’zaro bog’liq holda rivoj topgan 
bu qadimiy sivilizatsiyalarga G’arbiy Sudan va unga tutash bo’lgan 
Saxara hududlari, hozirgi Nigeriyaning markaziy va janubiy-g’arbiy 
qismlari, Lualaba daryosining yuqori qismi havzasi (hozirgi Zairdagi 
Shaba viloyati), hozirgi Zimbabve Respublikasining markaziy va 
sharqiy viloyatlari hamda Hind okeanining Afrika qirg’oqlarini kiritish 
mumkin. Ushbu qadimgi sivilizatsiyalar va Afrikaning o’rta asr 
sivilizatsiyalari - G’arbiy Sudanning buyuk davlatlari (Gana, Mali, 
Songai), Ife, Benin, Kongo, Zimbabve, suaxili sivilizatsiyalari orasidagi 
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik arxeologik tadqiqotlar natijasida isbotlab 
berilgan.
G’arbiy Sudan va Nigeriyada vujudga kelgan sivilizatsiyalar 
ayniqsa rivoj topgan. Markaziy Afrika o’choqlari temir va mis 
metallurgiyasi, shahar tipidagi yirik manzilgohlarning paydo bo’lish 
vaqtiga ko’ra orqada qolgan edi. Sharqiy Afrika markazi uning 


54 
shakllkanishida dengiz savdosi o’ynagan rol bilan bog’liq o’ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turgan.
Tropik Afrika sivilizatsiya o’choqlarining bir-biridan uzoq 
masofalar bilan ajratilganligi ularning o’rtalarida o’rtasida aloqalar 
o’rnatishga to’sqinlik qilmagan. Bu aloqa G’arbiy Sudan va Nigeriya 
o’chog’i, Nigeriya va Kongo havzasi o’rtasida kuzatiladi. Arxeologik 
ma’lumotlar hozirgi Zimbabve, Zambiya va Yuqori Lualaba, 
shuningdek, sharqiy Afrika qirg’oqbo’yi hududlari m.a. II ming yillik 
boshlarida o’zaro aloqada bo’lganligini tasdiqlaydi. Biroq ularning 
ko’pchiligi, masalan, Nigeriya va Markaziy Afrika o’choqlari 
Afrikadan tashqaridagi sivilizatsiyalar bilan to’g’ridan – to’g’ri aloqa 
bog’lash imkoniga ega bo’lmagan. 
Sahroi Kabir hududi orqali o’tgan savdo yo’llari bu yerdagi 
taraqqiyotga o’z ta’siri ko’rsatdi. Tropik Afrikadagi yagona G’arbiy 
Afrika bronza davri industriyasi va undan so’ng yuzaga kelgan 
metallurgiyani mana shu ta’sir natijasi deb baholash mumkin. 
Mavritaniyadagi (Akjujta) fransuz olimlarining tadqiqotlari bu yerda 
m.a. VI-V asrlarda mis va bronza davri industriyasining yirik markazi 
bo’lganligini ko’rsatib berdi. U Marokash janubida ilgariroq yuzaga 
kelgan metallurgiya markazi bilan bog’liq bo’lgan. 
Niger daryosi o’rta oqimining Gundam rayoni – Niafunkdagi 
yodgorliklar (dahmalar va megalitik inshootlar) esa miloddan oldingi 
davrdayoq shakllangan shahar hayoti an’analariga ega Mali 
sivilizatsiyasi bilan bog’liq.
Malidagi Jenna shahri xarobalarida amerikalik olimlar tomonidan 
o’tkazilgan tadqiqotlar bu yerda rivojlangan temir metallurgiyasi 
mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Radiouglerod tekshiruvlai an’anaga 
ko’ra VIII asrda paydo bo’lgan deb hisoblanib kelingan bu shahar m.a. 
III asrda vujudga kelganligini aniqlab berdi.
M.a. I ming yillikda Sahroi Kabirning suvsizlanishi va 
ko’chmanchilarning janubga kirib kelishining kuchayishi dehqonlarda 
bu hujumga qarshi tura oladigan ilk yirik tashkiliy siyosiy 
birlashmalarning vujudga kelishiga olib keldi. Milodiy III-IV asrlar 
chegarasida ushbu hududdagi eng qadimgi davlat birlashmasi bo’lgan 
Gananing vujudga kelishi aynan mana shu jarayonning mantiqiy yakuni 
bo’ldi.  
Qadimgi Markaziy Afrika sivilizatsiyasining Nigeriya o’chog’i 
to’g’ridan – to’g’ri G’arbiy Afrikada temir industriyasi bilan bog’liq. 
Ushbu o’choqning ko’pchilik sivilizatsiyalari u yoki bu darajada bu 


55 
regiondagi ilk temir asri madaniyati bo’lgan Nok madaniyati bilan 
aloqador (m.a. V asr).
Nok sivilizatsiyasi izlari ilk bor 1928 yilda Jos yassitog’liklarida 
ochilgan. 1943 yilda Nok qishlog’i yaqinida topilgan haykalchalar 
uning keng miqyosda o’rganilishini boshlab berdi. Nok sivilizatsiyasi 
hozirgi Nigerning markaziy va janubi-g’arbiy qismlarida, qisman Benin 
va Nigeriya hududlarida tarqalgan. So’nggi tadqiqotlar natijasida uning 
xronologiyasi taxminan m.a. 900 yildan milodiy 200 yillar bilan 
belgilanmoqda.
Nok sivilizatsiyasi vakillari Sahroi Kabirdan janubdagi hududda ilk 
bor 
sopol 
buyumlar 
tayyorlay 
boshlagan 
va 
metallurgiya 
ko’nikmalariga ega bo’lib, tosh davridan to’g’ridan-to’g’ri temir 
davriga o’tgan. Nok sivilizatsiyasi vakillari yaratgan ajoyib sopol va 
bronza haykalchalar ushbu madaniyatning sof Afrika ildizlariga ega 
ekanligini ko’rsatadi. Ushbu haykalchalar dafn marosimi uchun xizmat 
qilgan. Ular sof badiiy fazilatlaridan tashqari, an’anaviy afrika 
haykaltaroshligida bugungi kungacha saqlanib qolgan uslub aks 
etganligi bilan qiziqarlidir. 
Hozirgi yoruba xalqining ajdodlari tomonidan yaratilgan Ife 
sivilizatsiyasining Nok bilan aloqasi mashhur Ife bronzalarida o’z 
aksini topgan. Ifening bronza va sopol haykalchalari juda mukammal 
bo’lib, antik haykalchalarga o’xshab ketadi, biroq ularda tasvirlangan 
odamlar negroid irqiga mansub.
Lualaba daryosining yuqori oqimlarida ham o’ziga xos qadimgi
sivilizatsiyalar shakllangan. Bu hududda topilgan yirik Sanga (m.a. 
VII-IX asrlar) va Katoto (m.a. XII asr) dahmalaridagi boy arxeologik 
topilmalar - mis va temir buyumlar, fil suyagidan tayyorlangan 
buyumlar, 
sopol 
Buyumlar 
xarakteri 
buyumlar 
mahalliy 
hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Xronologik 
jihatdan Sanga Lualaba va Zambezi havzasi o’rtasidagi tovar 
ayirboshlash shakllangan davrga to’g’ri keladi.
Hozirgi Zambiya va Zimbabve hududlarida vujudga kelgan
sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to’g’ri keladi. 
Ammo uning shakllanish omillari ancha oldingi davrlarga oid. Bu 
hududdagi Inyango platosidan topilgan mis buyumlar VIII-IX asrlar 
bilan belgilanadi.
Zimbabve davlatining Masvingo viloyatida joylashgan Katta 
Zimbabve qadimgi Afrika shahrining ulkan tosh xarobalarian iborat. U 
shona (bantu guruhiga kiruvchi xalq) xalqi ajdodlarining bosh 


56 
ibodatxonasi va diniy markazi bo’lgan deb hisoblanadi. 1928-29 
yillarda ingliz arxeologi G.Katon-Tompson tomonidan o’rganilgan 
ushbu yodgorlik taxminan 1130 yillarda barpo etilgan. Ushbu 
hududning o’zlashtirilishi esa III asrdan boshlangan. Qadimda ushbu 
shahar Monomotapa yoki Buyuk (Katta) Zimbabve, Muene, Mutapa, 
munxumutapa nomlari bilan mashhur davlatning markazi bo’lgan. U 
hozirgi Zimbabve (ushbu nom aynan shu shahar nomidan olingan 
bo’lib, “tosh uylar”, “ibodat uylari” ma’nosini anglatadi) va Mozambik 
hududlarini o’z ichiga olgan.
O’rta asr Afrika sivilizatsiyalariga yorqin misol sifatida Suaxili 
sivilizatsiyasini ko’rsatish mumkin. I-VIII asrlar davomida shakllangan 
ushbu sivilizatsiyaning gullab-yashnashi XII-XIII asrlarga to’g’ri 
keladi.
Milodimiz boshlariga kelib Sharqiy Afrika allaqachon Qizil dengiz 
va Fors qo’ltig’i, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo bilan savdo va 
madaniy aloqalar bilan bog’langan edi. Suaxiliya sivilizatsiyasining ilk 
asoslari okean dengizchiligi va okean xo’jaligiga asoslangan. Bu 
hududda savdo va dengiz xo’jaligi bilan bog’liq holda paydo bo’lgan 
yirik manzilgohlar keyinchalik suaxiliya sivilizatsiyasi uchun xos 
bo’lgan Kilva, Mombasa kabi mashhur shahar-davlatlarga aylangan.
Sharqiy 
Afrikadagi 
turli 
arxeologik 
tadqiqotlar 
Suaxili 
sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri haqida ham, ya’ni hudud 
tarixining musulmon davriga oid ma’lumotlar beradi.
Shunady qilib VIII asrga kelib Tropik Afrika hududida ilk 
sivilizatsiyalarning bir qancha o’choqlari yuzaga kelgan va afrika 
madaniyatlarining keyingi taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat 
qilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin