2-savolning bayoni:
Urartuning halokatidan keyingi davrda sinfiy jamiyat va
davlatchilikning shakllanishi yana uchta Kavkazorti markazida
yakuniga yetdi: Kolxida, Iberiya va Albaniya. Urartuning merosxo’ri
bo’lgan Qadimgi Arman podsholigidagi singari bu yerda ham
keyinchalik mahalliy va qadimgi Sharq madaniy an’analariga antik
sivilizatsiya katta ta’sir ko’rsatdi.
Shu tariqa Kavkazorti sivilizatsiyasini quyidagicha davrlashtirish
mumkin: m.a. I ming yillikning ilk asrlarida bu yerda sinfiy jamiyat va
davlatchilikning yagona markazi Urartu mavjud bo’lgan; so’ngra bu
hududga Kavkazortining Qora dengizbo’yi qirg’oqlarida yuzaga kelgan
qadimgi Kolxida; ellinistik davrda esa – bu regionning qolgan
hududlari - Iberiya (hozirgi sharqiy Gruziya ) va Kavkaz Albaniyasi
(hozirgi Ozarbayjonning shimoli va Dog’istonning bir qismi) ham
qo’shilgan.
Sobiq Urartu mulklarining katta qismi Midiya davlati, so’ngra
64
Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirdi. Ular bir necha satraplik
tarkibiga kiritilgan va markaziy hokimiyatga boj to’lagan. Shunday
satrapliklar doirasida m.a. VI-V asrlarda o’z ichiga urartlarning
avlodlari va boshqa qabilalarni qamrab olgan qadimgi arman xalqining
shakllanishi boshlangan.
Ahamoniylar boshqaruvga jalb etgan mahalliy zodagonlar ichida
satrapliklarning birini boshqargan Yervantitlar (yunoncha Orontitlar)
bor edi. Satrap va uning atrofidagilarning madaniyati va turmush tarzi
ahamoniylar namunasida tashkil etilgan. Erebunidan topilgan m.a. V
asrga oid yunon tangalari madaniy va savdo aloqalarining
kengayganligidan dalolat beradi. Qadimgi Eron diniy ta’limotlari,
xususan zardo’shtiylik, qadimgi Armanistonga katta ta’sir ko’rsatgan.
Biroq ommaviy, xalq madaniyati ko’p jihatlarda ururtu an’analarini
davom ettirgan.
Yervantitdar mulkining markazi Armavir bo’lgan. Armanistonning
mustaqilligi m.a. 220 yilda, Antiox III ning bu davlatni Salavkiylar
davlati doirasida tashkil etgan Buyuk Armanistonga qo’shishi bilan
nihoyasiga yetdi.
Salavkiylar davlati zaiflashgan davrda (m.a. II asr) Van ko’lidan
g’arbdagi hududda Zariadr (arm. Zarex) boshchiligida Sofen, Van va
Sevan ko’llari oralig’ida Armaniston kabi davlatlar barpo etilgan.
Armanistonning birinchi podshosi Artashes I (m.a. 189-161 yy)
Artasheslar sulolasiga asos soldi va yangi poytaxt Artashagni barpo
etdi.
M.a. 95 yilda parfiyaliklar yordamida Artasheslar taxtiga Tigran II
o’tiradi. Ko’p o’tmay bu uddaburon siyosatchi parfiyaliklarning o’zini
siquvga ola boshladi. Qadimgi Arman podsholigining qisqa yuksalishi
davrida Salavkiylarning sobiq mulklarining bir qismi va Van ko’lidan
janubi-g’arbdagi yerlarni qo’shib olib, ellinistik yunon polislari tipidagi
yangi poytaxt – Tigranokertni barpo etadi.
Biroq Old Osiyodagi umumiy vaziyat murakkablashib borib,
Tigran II rimliklar bilan kelishishga majbur bo’ladi. Pompey bilan m.a.
66 yilda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko’ra “Buyuk
Armaniston”ning chegaralari qisqaradi, “podsholar podshosi” o’zini
“rim xalqining do’sti va ittifoqchisi” deb tan oladi.
Trayan davrida, 114 yilda Armaniston Rimga tobe davlatga aylandi
va II asrgning ikkinchi yarmiga kelibgina o’z mustaqilligini qayta
qo’lga kiritdi. Armanistonni o’zlariga bo’ysundirishga intilgan
Sosoniylar kuchli qarshilikka duch keldilar. Qadimgi an’analarga ega
65
bo’lgan davlat mafkuraviy mustaqillikka ham erishishga harakat qilib,
Tiridat III (287-330 yy) davrida xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi.
Miloddan oldingi so’nggi asrlar va milodiy birinchi asrlarda
Armaniston yuksak madaniyatga ega davlat edi. Urbanizatsiya jarayoni
buning yorqin dalilidir. Doimiy rejalashtirish asosida barpo etilgan
qadimgi arman shaharlari ellinistik shaharsozlik qoidalari asosida barpo
etilgan. Milodiy I asrda bunyod etilgan Garnidagi Mixr ibodatxonasi
arman me’morchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi.
Armaniston haykaltaroshligi rang-barangligi bilan ajralib turadi, unda
ellinistik va mahalliy an’analar uyg’unlashib ketgan. Kulolchilik,
metallsozlik, zargarlik ham yuksak taraqqiy etgan.
Antik davrdagi Armanistonning ma’anaviy hayoti haqida u qadar
ko’p narsa ma’lum emas. Armaniston diniga sinkretizm xos bo’lib,
unda qadimgi mahalliy e’tiqodlar va Eron ta’siri qorishib ketgan.
Arman xudolarining panteonida Mixr, Anait va Vaxagn kabi xudolar
muhim o’rin tutgan.
Kavkazorti tarixida Kolxida alohida o’rin tutadi. Uning tarixi antik
mualliflar, arxeologik tadqiqotlar natijalari tufayli yaxshi o’rganilgan.
Kavkazortining boshqa davlatlaridan farqli ravishda Kolxida O’rtayer
dengizi madaniyatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan va m.a. VI
asrda yunon koloniyalashtirishining ob’ektiga aylangan. Qora
dengizning
sharqiy
qirg’oqlarida
vujudga
kelgan
yunon
koloniyalarining iqtisodiy asosini vositachilik savdosi tashkil etgan.
Kolxida davlatining yuzaga kelishida ilk temir davrida ishlab
chiqarishning rivoj topishi muhim omil bo’ldi. Kolxida temir
metallurgiyasining muhim markazlaridan biriga aylandi. Kolxidadagi
ijtimoiy tabaqalanish dafn yodgorliklarida yaqqol namoyon bo’ladi.
Masalan, m.a. V asrga oid ayol qabridan 1600 ta oltin buyum, shu
jumladan ho’kiz va ohuni ovlayotgan sher tasvirlangan ajoyib tillaqosh
topilgan.
Yuksak darajada rivoj topgan hunarmandchilik va savdo
Kolxidaning gullab-yashnashiga asos bo’ldi. Antik dunyoda Kolxida
haqida argonavtlar sarguzashtiga sabab bo’lgan “oltin mo’yna”
mamlakati sifatida ma’lum edi.
Dioskuriadada 70 ta qabila va xalq vakillari savdo uchun
to’planishganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Kolxidada nafaqat
mahalliy, balki tranzit savdoning ham taraqqiy etganligi pul
muomalasining ham erta rivojlanishiga olib keldi. Du yerda yunon va
mahalliy tangalar muomalada bo’lgan. M.a. V- III asrning birinchi
66
yarmida zarb etilgan mahalliy tangalarning old tarafida hukmdor, orqa
tarafida ho’kiz boshining tasviri bo’lgan. M.a. III asrda podsho Aka
nomidan tilla tangalar zarb etilgan. Ma’muriy jihatdan Kolxida
provintsiyalarga bo’lingan, ularning tepasida skeptux (tojdor) unvoniga
ega shaxslar turgan.
Kolxida madaniyatining o’ziga xos jihati unda mahalliy va yunon
an’analarining qorishib ketganligidir. Van shahri xarobalaridan
topilgan buyumlar, inshootlarda yunon ta’siri kuchli ekanligi ko’rinib
turibdi. Kolxida hududidan o’ziga xos tosh va bronza haykallar,
koroplastika, torevtika, gliptika namunalari topilgan.
Kolxida keyinchalik Rimning ta’siriga tushadi va I asrda Rimning
Kappadokiya viloyatiga qo’shiladi.
Milodiy III-IV asrlar antik manbalarida G’arbiy Gruziya Lazika
deb atalgan, mahalliry aholi esa uni Egrisi deb atagan. Poytaxti
Arxeopol. IV asrdan bu yerda xristianlik tarqalgan.
Ellinistik davrda Kavkazortida Iberiya davlati shakllandi va
mustahkamlandi. Yunon – rim mualliflari antik davrdagi Sharqiy
Gruziya podsholigini (m.a. III- milodiy III-IVasr) Iberiya
deb
ataganlar. O’rta asr gruzin manbalarida u Kartli deb yuritilgan. Iberiya
hozirgi Sharqiy va junubiy Gruziya yerlarini egallagan. Vaqt o’tishi
bilan u Kolxidaning ayrim hududlarini o’ziga qo’shib olishga muvaffaq
bo’ladi.
Iberiya davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi ellinistik
davrda sodir bo’ldi.Dedoplis-Mindoridan topilgan, m.a. II-I asrlarga
oid, mahalliy gruzin astral ilohalari bilan qo’shilib ketgan mazdakiylik
ilohalariga
bag’ishlangan
ibodaxona
majmuasi
Iberiyada
me’morchilikning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi.
Qadimgi Gruziya tarixiy an’analariga ko’ra, Iberiyaning ilk
podshosi Parnovaz o’z qarorgohini Armazi tog’ida barpo etgan.
Bagineti tepaligida joylashgan bu shahar arxeologlar tomonidan
o’rganilgan. Sarkine, Dazalisi, Urbnisi va boshqa joylardan ham Iberiya
shaharlarining xarobalari topilgan. O’ziga xos g’or-shaharlar ham
mavjud bo’lgan (Uplistsixe). Iberiya san’atida ham yunon-rim
madaniyatining ta’siri ko’rish mumkin. Masalan, Iberiyada Dionisga
e’tiqod qilish keng tarqalgan. Sarkinedan topilgan Dionis va Ariadna
tasvirlangan sopol niqoblar, Dionisiy doirasidagi ilohalar haykalchlari
shundan dalolat beradi.
Kavkaz Albaniyasi Kavkazortining boshqa viloyatlariga nisbatan
yunon-rim dunyosining markazlaridan uzoqda joylashgan va shu
67
sababdan uning tarixi va madaniyati antik mualliflar asarlarida kam
yoritilgan. Uning tarixi asosan arxeologik ma’lumotlar asosida
o’rganilgan. Bu yerda davlatchilik va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi
muammosi hanuz bahstalab bo’lib qolmoqda. Biroq bu jarayon ellinisik
davrda nihoyasiga etgan deb hisoblashga asos bor.
M.a. I asrda bu yerga ham rimliklar kirib kelgan. Boku yaqinidagi
Gobuston tog’idan topilgan m.a. I asrga oid XII legion senturioni
nomidan tuzilgan lotin yozuvi bunga guvohlik beradi. Keyinchalik
Kavkaz Albaniyasida hukmronlikni Arshakiylar sulolasi o’z qo’liga
oldi. Albaniya u yoki bu darajada Kavkazortidagi rim-parfiya
kurashlariga jalb etilgan.
M.a. I asrda Albaniyaning eng yirik shahar markazi va poytaxti
Kabala (maydoni 50 ga) edi. Bundan tashqari Shemaxa, Mingechaur,
Tazakent va mamlakatning shimoliy qismi, Dog’iston hududida ham
ko’plab antik davr shaharlari aniqlangan.
Albaniyada qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo taraqqiy
etgan. Aleksandr Makedonskiy draxmalariga taqlid qilib yaratilgan
mahalliy tangalar muomalada bo’lgan. San’atning haykaltaroshlik turi
keng tarqalgan. Kulolchilik namunalari antropomorf va zoomorf
shakllarda yaratilgan. Albaniya hayotida din muhim o’rin tutgan.
Straboning ma’lumotiga ko’ra, oliy xudolar uchligiga Selena, Gelios va
Zevs kirgan (Strabon mahalliy xudolarning yunoncha nomlarini
keltirgan). Bosh kohin podshodan keyingi o’rinda turgan.
Kavkazorti sivilizatsiyalari o’ziga xoslik bilan bir qatorda,
o’xshash jihatlarga ham ega. Bu esa ularning ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumidagi yaqinlik, tarixiy taqdirlarining tutashligi va uzoq vaqt
davomidagi aloqalar bilan izohlanadi.
Janub va shimolning doimiy bosimi ostida bo’lishiga qaramasdan
Kavkazorti xalqlari o’ziga xos sivilizatsiyalarni yaratish, saqlab qolish
va rivojlantirishga muvaffaq bo’lishdi. Qadimgi madaniy an’analar
bilan tashqi ta’sir uyg’unlashib ketgan bu sivilizatsiyalar jahon
madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi.
Dostları ilə paylaş: |