5 Ma’ruza. Mavzu: Ta’lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish va ularning
afzalliklar
Darsning maqsadi: Talabalarga ta‟lim jarayonida animatsiyalardan foydalanish va
ularning afzalliklarini o'rgatish.
Darsning metodik ta'minoti: adabiyotlar, ma'ruza matni va prezentasiya
Reja:
Reja:
1.Ikki o„lchovli kompyuter animatsiyasi tushunchasi
2.Flash texnologiyaisga kirish
3.Dasturning asosiy ish sohalari va tushunchalari.
Кompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to„laqonli grafik
tizimlar mavjud bo„lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animatsiyasi (КA)
atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning
barcha ko„rinishlari o„z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o„zgaruvchi tasvirlar bilan
ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik obyektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash,
o„zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar
sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo„lib, dasturiy-apparat hisoblash
komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o„rganadi.
Virtual fazoda hajmli obyektlarni yaratish usullarini o„rganuvchi soha uch o„lchovli (3D)
grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |