Belgining turlari
Grafik tasvir (graphic) - bitta kadrdar va bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat belgi.
Aktiv tugma (button) – to„rtta kadrdan (Up, Over, Down, Hit) va bitta yoki bir nechta
qatlamlardan iborat belgi. Up - tugma oddiy ko„rinishi, Over - sichqoncha kursori tugmaga
ko„rsatib turgan ko„rinishi, Down - sichqoncha kursori tugmaga ko„rsatib bosilib tugran ko„rinishi,
Hit - tugma aktivlashish sohaning ko„rinishi. Animatsiyalashgan klip (movie clip) - cheklanmagan
kadrdar va qatlamlardan iborat belgi. Ushbu belgi o„z ichiga bir nechta boshqa belgilarni (grafik
tasvirlar, aktiv tugmalar va boshqa animasion kliplarni) olishi mumkin.
Belgilar kutubxonasi (Biblioteka - Library) - xar hil turdagi belgilar bilan ishlash uchun
Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+L yoki F11 yoki Okno menyusining
Biblioteka (Window Library) buyrug„ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni
ko„rishimiz, ularni tahrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o„chirishimiz, hamda ularni kadrlar
qo„shishimiz mumkin.
Animatsiya (Animatsiya - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animatsiya 2
hil bo„ladi: kadrli (pokadrovoe sozdanie) va avtomatik (avtomaticheskoe sozdanie
promejutochnыx kadrov). Кadrli animatsiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat bo„ladi. Avtomatik
animatsiya (tweening) boshqaruv hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat
bo„ladi. Flash dasturda ikki hil avtomatik animatsiya turi mavjud: shakllar geometriyasini
o„zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o„zgarishi (motion tweening) asosidagi
animatsiya. Xar hil animatsiya turlarini yaratish va ularni tahrirlash asoslari bilan biz keyingi
mavzularda tanishamiz.
Dostları ilə paylaş: |