Shakllar geometriyasini o‘zgarishi (shape tweening) asosidagi yaratilgan
animatsiya.
Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz boshqaruv kadrlar o„zgarishi (motion
tweening) asosidagi yaratilgan animatsiya hosil qilamiz. Faqat endi oxirida ikkinchi qatlamdagi
belgini butunlay o„chirib uning o„rniga kvadrat chizamiz. Shu harakatimizdan keyin kadrlar rangi
normal rangga qaytadi. Кeyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik tasvir belgini
Ctrl+B yoki Izmenit menyusidagi Razdelit otdelno (Breack appartack) buyrug„i yordamida
aloxida shakllarga bo„lib chiqamiz.
Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab Svoystva (Proprties)
yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusining shu nomli buyrug„ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi
hosil qilinidi va unda Tweening sohasida Motions urniga Shape holatini tanlaymiz. Shu
natijasida boshqaruv kadr rangi yashil rangga o„zgaradi. Endi iikinchi boshqaru kadrni ham
sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini Motions dan Shape ga o„zgartiramiz va oxirida
klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko„rishimiz mumkin.
Кurishimiz mumkin ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o„rtasidagi
masofa kadrlarni kompyuter o„zi avtomatik yaratgan va animatsiya to„g„ri chiziq bo„yicha
harakatlanyapti. Ammo agar bizga harakat traektoriya bo„yicha bajarilishi kerak bo„lsa, u holda
nima qilish kerak? Bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun bizning qatlamimiz ustida maxsus
harakat traektoriya qatlamini yaratish kerak bo„ladi. Va shu qatlamda qalam bilan qiyshiq
traektoriya chizig„ini chizamiz. Natijani ko„rish uchun klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz.
Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo„lgan yana bir effekt
mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlamini uchun asosiy qatlam ustida yangi bo„sh qatlam
yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib Maska - Mask buyrug„ini
tanlaymiz. Natijada qatlam ko„k rangga o„zgaradi va ikkala qatlamlar o„zgarishlardan
himoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani o„chirib, boshqaruv kadrda bir nechta
to„rtburchaklar chizamiz. Кeyin yana maska qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi Enter
tugmasini bosamiz va natijani ko„ramiz.
Maska qatlamdagi boshqaruv kadrni motion tweening animatsiyalashtirilsa harakatlanish
effekti yanada chiroyli bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |