7. Actionscriptda o‘zgaruvchilar va o‘zgaruvchilarning tipi.
Flashda rolik yaratayotgan vaqtda ma‟lumotlarni saqlash va ularni o„zgartirishga to„g„ri
keladi. Bunda o„zgaruvchi tushunchasidan foydalaniladi. O„zgaruvchi bu – xotiraning nomlangan
qismi bo„lib, turli xildagi ma‟lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Endi biror o„zgaruvchini yaratib
ko„raylik (o„zgaruvchini yaratish bu, uni e‟lon qilish demakdir). Buning uchun buyruqlar
oynasidan statements papkasini tanlang, undan so„ng variables papkasini va bu papkada
joylashgan var so„zi ustiga sichqonchani ikki marta chertib qo„ying. Kiritish maydoniga quyidagi
yozuv paydo bo„ladi:
►var;
Var so„zini klaviatura yordamida ham kiritish mumkin, lekin Actionscriptni yaxshi o„zlashtirgunga
qadar buyruqlarni Plus tugmasi yoki buyruqlar oynasi yordamida kiritish afzal. Nuqta verguldan,
o„zgaruvchining nomini yoziladi. Masalan x o„zgaruvchisini e‟lon qilamiz:
►var x;
O„zgaruvchining nomiga birqancha talablar qo„yilgan. Ular faqat harflar, sonlar va ajratib
ko„rsatish belgisi [“”] dan iborat bo„lishi kerak; probel, difis va tinish belgilarini ishlatish mumkin
emas. O„zgaruvchining nomi albatta ajratib ko„rsatish belgisi[“_”] yoki harf bilan boshlanishi
kerak. Masalan, o„zgaruvchining nomini “1x” deb yozilsa 21 xatolik yuz beradi, “x1” deb yozish
to„g„ri. Bulardan tashqari o„zgaruvchining nomi sifatida Actionscriptning rezervlashgan so„zlarini
ishlatish mumkin emas.
Actionscriptda bosh harf bilan nomlangan o„zgaruvchi bilan kichik harf bilan nomlangan
o„zgaruvchi 1 ta o„zgaruvchi ya‟ni “x” va “X” ayni bir o„zgaruvchilardir. Ma‟lumotlarning oddiy
tipiga belgilar, sonlar va mantiqiy tiplar kiradi. Bulardan tashqari Flashda yanada murakkab tiplar
mavjud. Bular: massivlar, obyektlar, movie cliplar va boshqalar. Actionscriptda
o„zgaruvchilarning tipini e‟lon qilish shart emas.
Har bir o„zgaruvhining tipini u avtomatik tarzda aniqlaydi. Hozir belgili va sonli tiplarga
to„xtalib o„tamiz. Quyida x va y o„zgaruvchisi e‟lon qilinib, x o„zgaruvchisiga 5 sonini va y
o„zgaruvchisiga 5 satri o„zlashtilrilgan.
►var x=5;
y=‟5‟;
Bu yerda “=” belgisi o„zlashtirish operatori bo„lib hisoblanadi. Ko„rinib turibdiki
o„zgaruvchilarning nomidan oldin var so„zi ishlatilgan so„ng birinchi o„zgaruvchining nomi,
o„zlashtirish belgisi va 5 soni. Agar 5 qo„shtirnoq ichiga olinmasa, u son sifatida, agar
qo„shtirnoq ichiga olinsa, belgi sifatida qabul qilinadi. Ikkinchi o„zgaruvchining nomidan oldin var
so„zini ishlatish talab qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: |