Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja



Yüklə 273,01 Kb.
səhifə75/153
tarix13.05.2022
ölçüsü273,01 Kb.
#57813
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Glossariy. Glossariy – bu kursda ishlatiladigan terminlar va tushunchalar

lug„atidir. Glossariy funksional ravishda talabalar va o„qituvchilar uchun quyidagi

imkoniyatlarni beradi:

Lug„atda terminlar kategoriyalar bo„yicha guruhlanadi;

Talaba lug„at yozuviga izoh qo„shishi mumkin;

Izohlar o„qituvchi tomonidan baholanadi;

Lug„atlar XML orqali oson eksport va import qilinishi mumkin;

Lug„atlar izoh moduliga ega bo„lishi mumkin.



Forum. Forumlar – bu kursni o„rganish davomida kurs qatnashchilarining

(talabalar va o„qituvchilar) muloqot vositasi.

Forum talabalarga savollar berish va boshqa talabalarning savollariga

javoblar berish imkoniyatini beradi. Bu kurs o„rganish jarayonida tortishuv olib

borishga ruxsat beradi.

Siz savol berishingiz mumkin, talabalar esa unga faqat javob berishi

mumkin. Agar talabalarga boshqa talabalarning javoblarini ko„rishga ruxsat

berilgan bo„lsa, u holda ular boshqa talabalar qo„yilgan masalani qanday

yechayotganligini ko„rishlari mumkin bo„ladi.

Seminar. Seminar – bu shunday dars ko„rinishiki, unda talabalar nafaqat

o„zining ishini bajaradi, balki boshqa talabalarning ishini baholashadi. Yakuniy

baho nafaqat mustaqil ishlarning sifatiga, balki talabalarning taqrizchilar sifatidagi

ishiga ham qo„yiladi.



Chat. “Chat” elementi kurs qatnashchilariga Internet orqali real vaqt

davomida birgalikda muloqot olib borishga ruxsat beradi. Chatlarni talabalarni

o„qituvchi bilan onlayn muloqotlar o„tkazish uchun ishlatish mumkin.

Har bir qatnashchisi o„ziga qulay vaqtda xabarlarni yuborishi va o„qishi

mumkin bo„lgan forumlardan farqli ravishda chatning barcha qatnashchilari

o„zlarining kompyuterlarining yoniga bir vaqtda yig„iladilar, shuning uchun har bir

xabarga javob vaqti soat yoki kun bilan emas, balki sekund bilan o„lchanadi.

Wiki (Wiki). Wiki – bu birgalikda yaratiladigan sahifalar to„plami. "Wiki

wiki" gavay tilida “juda tez” ma‟nosini beradi. Sahifalarni yaratish va yangilash

tezligi – Viki texnologiyasining asosiy aspektlaridan biridir. Wiki bir nechta

odamlarga birgalikda ko„rsatmalarning oddiy tili yordamida hujjatlarni yozishga

ruxsat beradi. Moodle da ko„pincha bir nechta talabalar bitta hujjat ustida ish olib

borganda ishlatiladi.

Wiki bitta sahifadan boshlanadi, keyin har bir muallif ixtiyoriy sahifalarga,

ular mavjud bo„lmagan hollarda ham, havolani qo„shishi mumkin. Hujjat ustida bir

vaqtda ish olib borilganda ko„pincha bosh muharrir bo„lmaydi, natija barcha

hujjatga o„zgartirishlar kiritadiganlar tomonidan ta‟minlanadi.

Ko„p hollarda o„zgartirishlar kiritishdan oldin material tekshirilmaydi va

shuning uchun ko„pgina Vikilar keng jamoatchilikka yoki Viki serveriga kirishga

ruxsat berilganlarga ochiq hisoblanadi.

Wiki talabalarga hujjat bilan ish olib borgan holda uning tarkibini

qo„shishga, kengaytirishga va o„zgartirishga ruxsat beradi.


Yüklə 273,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin