Ma‟lumotlarni import qilish. Kursga boshqa kurslardan ma‟lumotlarni
olish uchun, bu kurslarning arxiv nusxalarini qilish shart emas. Boshqarish
blokidagi Import havolasidan foydalaniladi. Sizga o„zingiz o„qituvchi
hisoblanadigan kurslar ro„yxati beriladi va bu kurslardan birini tanlab amalni
bajarishingiz mumkin bo„ladi.
Kursni tozalash. Ba‟zan, masalan, o„quv yili tugagandan keyin kursni
eskirgan ma‟lumotlardan (ro„yxatdan o„tgan talabalar ro„yxati, gruppalar haqidagi
xabarlar, foydalanuvchining faolligi haqidagi jarlar(loglar), topshiriqni bajargan
talabalarni baholash, test natijalari, forumlardagi xabarlar va sh.o„.) tozalash
vaziyati yuzaga keladi. Buning uchun Boshqarish blokida Tozalash havolasidan
foydalaniladi.
Hisobotlar. Tizim har doim foydalanuvchilar faolligini kuzatadi va kursni
o„rganishda ularning qatnashchilari haqidagi hisobotlarni tuzadi. Siz qaysi
talabalar, qaysi kuni, kursning u yoki bu materialini qancha ko„p ishlatganligini
ko„rishingiz mumkin.
Savollar. Moodle da avval test savollaridan iborat ma‟lumotlar bazasi
tashkil etilishi, keyin esa test savollari bir yoki bir nechta testlarga qo„shilishiga
muvofiq keluvchi testlarni yaratishning moslashuvchan mexnizmi ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |