Kurs elementlari mavzularida to„la yoritilgan.
Moodle rollar. Rol – aniqlangan darajalarda (sayt, kategoriya, kurs va
sh.o„.) konkret foydalanuvchilar tomonidan belgilanadigan, butun tizim uchun
aniqlangan ruxsatlar (huquqlar) to„plami.
Sayt darajasida rollar administrator tomonidan tayinanadi.
Kurs o„qituvchisi o„qituvchilarga rollarni o„zining kursi va uning tarkibi
chegarasida tayinlashi mumkin.
Guruhlarni boshqarish. Kursni o„rnatishda talabalarni guruhlarga ajratish
lozimmi yoki yo„qmi, shuni aniqlash kerak. Guruhli rejim hamkorlikda ishlashga
mo„ljallangan alohida (guruhlar bo„yicha) yoki umumiy kurs elementlarining
tasarrifidagi ishini aniqlaydi, masalan, forumni. Bundan tashqari, guruh tasarrufi
alohida guruhlar bo„yicha hisobotli axborotni olishga (pastda Jarlik, Baholarga
qarang) ruxsat beradi.
Siz uchta guruhli rejimdan birini tanlashingiz mumkin:
o Guruh yo„q – talabalar guruhlarga bo„linmaydi, ular bitta uyushma
hisoblanadi;
o Alohida guruhlar – talabalarga o„zining guruhi yagona hisoblanadi, boshqa
guruhlarning ishi ularga ko„rinmaydi;
o Mavjud guruhlar – har bir guruh talabalari o„zining guruhining
chegarasida ishlaydi, ammo ularga boshqa guruhlarning ishi ko„rinib turadi.
o Kursdan qo„shimcha nusxa olish. Serverdagi texnik uzilishlar vaqtida
kurslarni saqlashni ta‟minlash maqsadida saytda joylashtirilgan har bir kursning
muhim nusxasini saqlash uchun, kurs sahifalaridan nusxa olishni davriy
bajaradigan va ularni lokal diskda saqlaydigan kurs o„qituvchisiga mas‟uliyat
yuklaydi.
o Kursni qayta tiklash. Arxiv nusxadagi kursni qayta tiklash uchun Boshqarish
blokida Qayta tiklash havolasidan foydalaniladi. Natijada kerakli arxiv fayl ismi
ro„parasida Qayta tiklash havolasi bosilganda, backupdata papkasi ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |