Hot Potatoes testlari. “HotPot” moduli o„qituvchilarga Moodle orqali Hot
Potatoes testlarini boshqarishga ruxsat beradi. Testlar o„qituvchi kompyuterida Hot
Potatoes dasturida yaratiladi va keyin Moodle kursiga o„rnatiladi. Talabalar testdan
o„tgandan keyin o„qituvchilarga talabalar har bir savolga qanday javob berganligi
haqidagi statistik ma‟lumotlar va xulosalarga ega bo„lishadi [17].
Kursni tahrirlash
Administrator tomonidan kurs yaratilganidan va sizni o„qituvchi qilib
tayinlashganidan keyin, kursni o„quv materiallari bilan to„ldirishingiz mumkin
(aniqrog„i – zarur!).
Kursni materiallar bilan to„ldirish va uni o„zgartirish tahrirlash rejimida
bajariladi (Boshqarish blokidagi Tahrirlash havolasi yoki navigasiya panelining
chap burchagidagi Tahrirlash tugmasi):
Tahrirlash rejimida quyidagi asboblarga (instrumentlarga) ruxsat berilgan:
- Tahrirlash – tugma resurs yoki kurs elementi tahrirlash rejimiga
chaqiradi.
- Yordam – tugma yordam faylini suzuvchi oynaga chaqiradi.
- Ochish / Yashirish – tugmalar berilgan elementni yoki kurs
resursini aktivlashtiradi/aktivlashtirmaydi. Bir vaqtning o„zida bu tugmalar
berilgan obyekt talabaga ko„rinishini ko„rasatadi. Talabalarning obyektga kirishini
man etish uchun, o„qituvchi “ochiq ko„z” - tugmasini bosishi kerak.
- “O„ngga joylashtirish”, “Chapga joylashtirish” tugmalari
ro„yxatda iyerarxiya hosil qilishga ruxsat beradigan, berilgan obyektning siljini
bajaradi.
- “Almashtirish” tugmasi obyektdan nusxa olmasdan, uni berilgan
kursning ixtiyoriy boshqa joyiga ko„chirishga ruxsat beradi. Obyekt
ko„chiriladigan joy “Shu yerga ko„chirish” rasmi bilan belgilanadi.
Siz obyektni bu joylardan ixtiyoriy biriga ko„chirishingiz mumkin.
- “O„chirish” tugmasi berilgan obyektni qaytmaydigan qilib, o„chirishga
ruxsat beradi. Bunda “Siz haqiqatdan ham shu obyekni o„chirmoqchimisiz?” degan
savolli xabar paydo bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |