tasodifiy ketma-ketligi qo„shilmagan bo„lsa).
Testga qo„shilgan har bir savol uchun quyidagilar tasvirlanadi: Savol nomi,
uning Tipi (piktogramma ko„rinishida), Baho – shu testning boshqa savollariga
nisbatan berilgan savol og„irligi hamda savolni tahrirlashni boshlash
(parametrlar sahifasini ochish), testdan berilgan savolni olib tashlashga ruxsat
beradigan ikonkalar.
Talabalar test topshiriqlarini bajarib bo„lgandan keyin, oynaning pastida
joylashgan quyidagi tugmalardan birini bosamiz va natijada quyidagilarga ega
bo„lamiz:
Saqlash, ammo jo„natmaslik tugmasi testdagi javoblarni saqlab qoladi,
ammo javoblar variantlarini administratorga yubormaydi.
Sahifani jo„natish tugmasi to„g„ri javoblarni admintstratorga yuborishga
ruxsat beradi, bu yerda test tugatilmagan hisoblanadi va talaba ixtiyoriy vaqtda test
javoblarini o„zgartirishi mumkin bo„ladi.
Hammasini jo„natish va testni tugatish tugmasi bosilsa, test javoblari
adminstratorga jo„natiladi va test tugatiladi. Bunda talaba endi o„z javoblarini
o„zgartirish imkoniyatiga ega bo„lmaydi. Bu tugma bosilgandan keyin quyidagi
oyna ochiladi:
Bu yerda talabaning test topshiriqlariga bergan natijalar beriladi: testning
boshlanish va tugash vaqti, bali, bahosi. Bundan tashqari u nechta savolga to„g„ri
va nechtasiga noto„g„ri javob berganligi maxsus belgichalar bilan ko„rsatiladi, bu
esa talabani o„z ustida yana ishlashiga ko„mak beradi.
Savollar ro„yxatining pastida testda qatnashuvchi barcha savollar uchun
Dostları ilə paylaş: |