Jami – Yig„indi ballar va Maksimal baho – agar talaba testning barcha
savollariga to„g„ri javob berganda talaba yig„adigan ballar soni. Boshqa hollarda
ballar soni quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi [12]:
,
qayerdaki pi - i-nchi savolga javoblar to„g„riligi o„lchami (pi =1, agar javob to„g„ri
bo„lsa; pi =0, agar xato bo„lsa, 0< pi <1, agar javob qisman to„g„ri bo„lsa), vi – i-chi
savol og„irligi, M – maksimal baho, n – testdagi savollarning maksimal soni.
Ko„rish vkladkasida har bir talabaning ixtiyoriy urinishi haqidagi barcha
kerakli axborotlarni ko„rish mumkin.
Jadval ostida talabalarni guruhlar bo„yicha ajratish vositasi bor (agar
berilgan kursda guruhlar bo„yicha ajratish ko„zda tutilgan bo„lsa). Ro„yxatni
familiyaning aniq harfidan boshlab ko„rish mumkin, bu funksiya bizning alifbomiz
uchun, saralash funksiyasi kabi, har doim aniq ishlamaydi.
Berilgan jadvallarni qiymatlari bo„yicha ixtiyoriy ustunda saralash mumkin:
- talabaning familiyasi va ismi;
- urinishni bajarishni boshlash sanasi va vaqti;
- unga sarf qilingan vaqt;
- yig„ilgan ballar soni;
- testning har bir savoli uchun javoblar bahosi.
Buning uchun mos ustun nomiga bosish kerak. Saralashning tanlangan usuli
mos strelkalari bilan tasvirlanadi.
Test natijalarini ko„rish uchun o„qituvchi test nomiga bosadi, keyin esa
Dostları ilə paylaş: |