Topshiriq (4 tipli) – o‗qituvchi javobni elektron ko‗rinishda olish uchun ishlatish mumkin
(ixtiyoiy formatda).‘
Ma‟ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‗lgan savol bilan tugaydigan
sahifalar to‗plami. Javobning to‗g‗riligiga bog‗liq holda, talaba keyingi sahifaga o‗tadi yoki
oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta‘lim yo‗nalishini aniqlashni va o‗qitiladigan fan tushunarsiz bo‗lib
qolmasligini ta‘minlaydi.
So„rovlar – talabalarning ovoz berishi.
Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari – berilgan mavzu bo‗yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan,
ma‘ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida tasvirlanadi.
Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar – turli variantli testlar to‗plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan,
to‗g‗ri/noto‗g‗ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |