Forum – forumning 3 ko‗rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‗z mavzusi, standart
muzokara).
Chat – real vaqtdagi muzokara.
Materiallarning ba‘zilari talaba va o‗qituvchi hamkorligiga, ba‘zilari esa talabalarning
hamkorligiga asoslangan. Yana ko‗plab qo‗shimcha plaginlar va modullar mavjud
(http://moodle.org/mod/data/view. php? id=6009).
Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o‗qitish uchun ishlatishmoqda.
Moodle MO‗T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro‗yxatdan o‗tgan
foydalanuvchilar, 46 ming ta‘lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi.
Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL lisenziyasi ostida
(http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta‘minot
kabi tarqalmoqda.
Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o‗zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun
http://www.moodle.org manzil bo‗yicha kirish mumkin.
Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‗yicha qo‗shimcha axborotlarni
http://thinkingdistance.org/ manzil bo‗yicha olish mumkin.
―Moodle‖ so‗zi – bu ―Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment‖
so‗zining abbreviaturasidir.
Rus tilida ―Мудл‖ va ―Моодус‖ (Модулная объектно-ориентированная динамическая
управляющая среда) nomlari ham qo‗llaniladi [13,14].
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va
PHP ishlatilishi mumkin bo‗lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo‗lanilishi
mumkin. Ma‘lumotlar MySQL va PostgreSQL ma‘lumotlar bazasida saqlanadi, ammo
ma‘lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.
Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o‗tishda qiyinchilik va
yangilanishlar kelib chiqmaydi.
Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |