Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə13/56
tarix22.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#190670
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t

To‘g‘rilagich deb o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgarmasga o‘zgartiruvchi elektron qurilmaga aytiladi. To‘g‘rilagichning asosiy vazifasi – to‘g‘rilagich kirishiga berilgan kuchlanish yo‘nalishi o‘zgarganda, yuklamdan oqib o‘tayotgan tok yo‘nalishini o‘zgartirmay saqlashdan iborat. Yarimo‘tkazgich diodlar asosidagi to‘g‘rilagichlar ulardagi diodlar soni va ulanish sxemalari bilan farqlanadilar. To‘g‘rilagichlarning ba’zi sxemalari bilan tanishamiz.
Yarimo‘tkazgich diod asosidagi, aktiv yuklamaga ulangan, bir fazali, yarim davrli sodda to‘g‘rilagich sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

2-rasm. Bir fazali, yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi.


Bir fazali, yarim davrli to‘g‘rilagich kirishidagi o‘zgaruvchan kuchlanishning faqat bitta yarim davrini chiqishiga o‘tkazadi (3.3- rasm).



a)


b)


3-rasm. Bir fazali, yarim davrli to‘g‘rilagich kirshidagi (a) va
chiqishidagi (b) kuchlanishlar diagrammasi.

Bunday to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati quyidagi formulaga muvofiq topiladi:


(6)
bu yerda, Um – trasformatorning ikkilamchi o‘ramidagi kuchlanish; T – kirish kuchlanishining davri; ω –signal chastotasi, ω = 2π/T.
Yarim davrli to‘g‘rilagich chiqishidagi signal davri kirish signali davriga, dioddagi maksimal teskari kuchlanish qiymati, kirish kuchlanishining maksimal qiymatiga teng:
. (7)
Ikki fazali, to‘liq davrli to‘g‘rilagich sxemasi 4-rasmda keltirilgan. Rasmda keltirilgan sxema parallel ulangan ikkita bir fazali to‘g‘rilagichlardan tuzilgan.



4-rasm. To‘liq davrli to‘g‘rilagich sxemasi.

Bir fazali to‘g‘rilagichlar transformator ikkilamchi o‘ramlarining yarmidan elektr ta’minlanadilar. Natijada, ikkita qarama-qarshi fazali kuchlanish to‘g‘rilagichlar hosil qilinadi. Bunday to‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish diagrammasi 5-rasmda ko‘rsatilgan.


Ikki fazali to‘liq davrli to‘g‘rilagichda transformator unumliroq ishlatiladi. To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati quyidagi formula bilan topiladi:

UЧИҚ
(8)

UТЎҒ
To‘liq davrli to‘g‘rilagich chiqishidagi signal davri yarim davrli to‘g‘rilagichnikiga nisbatan ikki marta kichik bo‘ladi. Har bir dioddagi maksimal teskari kuchlanish qiymati transformator ikkilamchi o‘ramlaridagi maksimal kuchlanish qiymatidan dioddagi to‘g‘ri kuchlanish pasayishining UTO‘G‘ ayirmasiga teng:
(9)

a )


b)


5-rasm. Ikki fazali to‘liq davrli to‘g‘rilagich kirishidagi (a) va chiqishidagi (b) kuchlanishlar diagrammasi.

Bir fazali to‘g‘rilagichning ko‘prik sxemasi (6-rasm) kirish va chiqish kuchlanishlari diagrammasi hamda chiqish kuchlanishining o‘rtacha qiymati to‘liq davrli ikki fazali to‘g‘rilagichnikidek bo‘ladi. Ko‘prik sxemasi uchun maksimal teskari kuchlanish qiymati transformator ikkilamchi cho‘lg‘amidagi kuchlanish qiymatiga teng bo‘ladi.


Bunday to‘g‘rilagich ikki fazali to‘liq davrli to‘g‘rilagichdan farqli ravishda transformatorsiz ishlay oladi. Uning kamchiligi sifatida diodlar soni ikki baravar ortishini ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin