MTning statik stok – zatvorxarakteristikalar oilasi yoki o‘tish xarakteristikasi deb stok – istok kuchlanishi USI ning o‘zgarmas qiymatlarida stok toki IS ning zatvor– istok kuchlanish UZI ga bog‘liqliklari IS =f (UZI) ga aytiladi. Stok – zatvor xarakteristikalarni stok xarakteristikalardan foydalangan holda hosil qilish mumkin. Buning uchun USI kuchlanishning biror qiymatida zatvor – istok kuchlanishi UZI ning turli qiymatlari uchun stok toki ISning qiymatlarini stok xarakteristikalardan aniqlash yetarli bo‘ladi. Agar USI > UZI.BYeRK bo‘lsa, IS =f (UZI) bog‘liqlik USI ning barcha qiymatlari uchun amalda bir xil bo‘ladi, chunki bunda to‘yinish rejimi o‘rinli. Statik stok – zatvor xarakteristikalar oilasi 4,a-rasmda keltirilgan. Har qanday MTning to‘yinish rejimidagi stok – zatvor xarakteris-tikasi quyidagi bog‘lanish orqali approksimatsiyalanadi:
. (5)
Ushbu bog‘lanish parametrlari quyidagicha topiladi: Boshlang‘ich tok IS.max zatvor – istok kuchlanish UZI=0 bo‘lganda o‘lchanadi, UZI.BYeRK ni topish uchun da UZI* kuchlanish o‘lchanadi. (4) ifodadan ekani ma’lum bo‘ladi.
MTlar parametrlari va ularning temperaturaga bog‘liqligi. MTlarning ulanish sxemalari.
MTlar kuchaytirgich sifatida kichik signal rejimida ishlaganda chiqish xarakteristikalarining to‘yinish sohasi ishlatiladi. Bu sohada signallar minimal nochiziqli buzilishlar bilan kuchaytiriladi.