Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti



Yüklə 291,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix07.01.2024
ölçüsü291,7 Kb.
#202442
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili

Printer.
Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni 
bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, 
rasmlarni rangli va rangsiz ko‟rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar 
asosan uch xil bo‟ladi: matritsali, oqimli va lazerli.
 
 
 
 
 
 
 
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun 
ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham kata 


emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish 
formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar 
mavjud bo‟lib, albatta ignalar soni ko‟pligi yaxshi 
ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar.
Bunday printerlar maxsus 
(rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo‟li bilan 
ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu 
printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo‟lib, ularning-
kamchiligi siyohining tez tamom bo‟lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar 
matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar.
Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng 
yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo‟ladi. 
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (hP) 
firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer 
printerlarda chop etish juda qulay bo‟lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) 
chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan 
balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning 
tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. 
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog‟liq albatta. SHuning uchun lazer printerda 
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko‟paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem.
Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so‟zlaridan olingan bo‟lib, 
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma‟lumotlarni uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo aloqani o‟rnatishdir. U o‟zining kommunikatsion dasturlariga ega 
bo‟lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma‟lumotlarni uzatishi va qabul 
qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo‟lishi mumkin. hozirda ko‟p 
kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 
Skaner.
Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni 
avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko‟rinishda 
chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida hP (hewlett packard) firmasi ishlab 
chiqaradigan hP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi 
ma‟lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo‟lgan rangda (xususan qora rangli) ko‟rinishda 
chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal 
chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus 
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto 
qo‟lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei 
Form nomlari bilan ataladi.
Strimer. Ma‟lumotlarni kasetali tasma ko‟rinishidagi xotira qurilmasiga 
yozish va undan o‟qish uchun ishlatiladigan moslama.
Proektor. Kompyuterdagi ma‟lumotlarni proektsion ekranda kattalashtirib 
ko‟rsatish uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 291,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin