Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti



Yüklə 291,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix07.01.2024
ölçüsü291,7 Kb.
#202442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanili

Operatsion tizimlar 
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari yaratilish tarixi. Sakkiz 
razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion tizim SR/M-
80 (Control „rogramm for Microcomputers, mikrokompyuterlar uchun 
boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research 
kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo‟lgan. 
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g‟oyasini dasturlar yaratuvchi 
Microsoft
(Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill 
Geyts ilgari surgan. IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo‟ladi. 
Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi 
va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so‟ng 16 
razryadli kompyuterlar uchun operatsion tizimlar yaratish jadallashdi va 1981 yilda 
shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M operatsion tizimining ko‟p 
g‟oyalarini o‟zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation System 
- Maykrosoft diskli operatsion tizimi) operatsion tizimi 1981 yil paydo bo‟ldi. 
MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo‟lgan kompyuterlarga mo‟ljallangan 


bo‟lib, o‟zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O‟sha paytda yetarli deb hisoblangan 
bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o‟yinchoqqa» aylandi. Chunki 
hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi birnecha Gegabaytlarga 
tenglashdi. 
Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom etirib, uning MS DOS 1.1, MS 
DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 laxjalarini taklif etishdi va nihoyat, 1984 
yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga 
asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga, mo‟ljallangan operatsion tizimi 
yaratildi. 1986 yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga 
asoslangan IBM kompyuterini chiqardi. 
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan „C/2 („ersonal system - 
shaxsiy tizim) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan 
kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo‟lishi mumkin edi. Ammo 
MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bo‟lgan kompyuterlarga moslashgan edi. 
Shuning uchun MS DOS tizimini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987 yil MS 
DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya`ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash 
imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir 
nechta masalalar yechishga qodir bo‟lgan OS/2 operatsion tizimi ishlab chiqildi. 
Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o‟sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari 
ko‟pchilikni qoniqtirar edi. hozirda biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux 
amaliyot tizimlaridan keng foydalangan bo‟lsakda MS DOS o‟z kuchini yo‟qotdi 
deyaolmaymiz. 
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander tizimlari 
turli klavishlar kombinatsiyasidan iborat buyruqlar bilan ishlashga mo‟ljallangan 
bo‟lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi. 
Operatsion tizim funksiyalari. Agar operatsion tizim tushunchasini qisqacha 
izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy 
resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. 
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo‟linadi.
Fizik resurslar bu: 

xotira; 

vinchester; 

monitor; 

tashqi qurilmalar va boshqalar. 
Dasturiy resurslar bu: 

kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; 

kompyuter ishlashini tahminlaydigan boshqaruvchi dasturlar; 

berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; 

drayverlar; 

virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi 
dasturlar.
Fayl va katalog tushunchasi. Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada 
biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu 
kabi mahlumotlar. Fayllar 2 xil ko‟rinishda bo‟ladi: matnli va ikkilik. Matnli 
fayllar foydalanuvchining o‟qishi uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ixtiyoriy belgilardan 


tuzilgan satrlardan tashkil topadi. har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va 
yangi satrdan boshlangan bo‟ladi. Mahlumki, matnni tahrirlash va ko‟rish paytida 
Enter klavishasining belgisi ekranda ko‟rinmaydi. 
Fayl nomi MS DOS ning dastlabki laxjalari va uning Windows 3.1 qobiq 
dasturlarida 8 tagacha lotin xarflari va raqamlar xamda ayrim belgilar 
kombinatsiyasidangina iborat bo‟lishi mumkinligi talab qilinar edi. Nom ichida 
bo‟sh joy va nuqta belgilari ishlatish mumkin emas edi. 
Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK 
tomonidan faylga qo‟shimcha tur beriladi. Tur sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha 
bo‟lgan lotin harflari, raqamlar va bahzi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman 
olganda, tur ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to‟liq nomi ikki qismdan iborat 
bo‟lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl turi yoziladi. Odatda 
fayl turini - fayl kengaytmasi deb yuritiladi. Masalan: 
Command.com 
Sartak.bat 
rog.bas 
Misol.txt. 
Bu yerda Command, Sartak, rog va Misol lar fayl nomlari, com, bat, bas va 
txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo‟lishi 
shart emas. Agar u bor bo‟lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va 
foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. har bir faylni tashkil qilayotganda yoki 
uning tarkibida o‟zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda ShK tomonidan sana 
va tizimdan olingan vaqt fiksirlab boriladi.
Fayl atributlari deb, shu faylni arxiv (keyinchalik o‟zgartirish imkoniyati bor), 
yashirin (ko‟rinmas) yoki faqat o‟qish uchun ochishga ruxsat beriladigan sifatlari 
tushiniladi.
Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari 
haqidagi mahlumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. 
Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo odatda kengaytma ishlatilmaydi. har 
bir diskda bir nechta katalog bo‟lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog 
joylashgan bo‟lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog 
sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh (uni ildiz yoki tub deb xam atashadi) 
katalog bo‟lib unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich 
joylashgan bo‟ladi. Joriy disk yoki katalog deb ayni shu vaqtda ishlatilayotgan disk 
yoki katalogga aytiladi.
Kataloglar Windows operatsion sistemasida papkalar deb atala boshlandi. 
Papka va fayllarning nom uchun 8 ta o‟rniga 254 tagacha belgi ishlatish mumkin. 
Nomda kirill va boshqa alifbo xarflarini xam ishlatish imkoniyati paydo bo‟ldi. 
Nom ichida bo‟sh joy va nuqta belgilari xam ishlatishga ruxsat berildi. 

Yüklə 291,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin